O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
ENERGO-MEXANIKA fakulteti
METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH
VA O`ZAROALMASHINUVCHANLIK
fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:15B-19 MT guruh Shavqiddinov Ubaydullo
Qabul qildi: ____________________________
Navoiy-2020
Mavzu:O’tkazmalar turlari haqida umumiy ma’lumot
Reja:
Teshik tizimidagi o’tkazmalar
2.Val tizimidagi o’tkazmalar
3.Val
4.Foydalanilgan adabiyotlar
GOST 25346-82 (ST SEV 145-75) GOST 25347-82 (ST SEV 144-75) va GOST 25348-82 (ST SEV 177-75) larga muvofiq ISO va ESDP tuzimida 1 mm dan 500 mm gacha o`lchamlar uchun, 500 mm dan yuqori 3150 mm gacha o`lchamlar uchun, ESDPda esa shuningdek 3150 mm dan yuqori 10000 mm gacha o`lchamlar uchun cheklamalar va o`tkazmalar belgilangan. ESDP da 1 mm dan kichik o`lchamlar uchun cheklama maydonlari aloxida ajratib ko`rsatilgan. Tajriba, nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida qonuniy tuzilgan va andozalar ko`rinishida va rasmiylashtirilgan quyimlar va o`tkazmalar qatorlarining majmuasiga cheklamalar va o`tkazmalar tizimi deyiladi. Tizim minimal zarur, ammo mashina detallarini tipaviy (umumiy) birikmalari cheklama va o`tkazmalarning amaliyot uchun etarli variantlarni tanlash uchun mo`ljallangan, qirquvchi asboblar va kalibrlarning andozalashtirish imkoniyatini beradi. Buyumlar va ularning qismlarini loyixalash, ishlab chiqarish va o`zaro almashinuvchanligiga erishishini engillashtirish, shuningdek, ular sifatini oshirishni asoslaydi. Bizning mamlakitimizda ilgari umuittifok (OST) va davlat (GOST) standartlari bilan rasmiylashtirilgan cheklama va o`tkazmalar tizimlari qo`llanilgan edi.
Hozirgi vaqtda dunyoning ko`p mamlakatlarida ISO-ning cheklama va o`tkazmalari tizimlrini qo`llayaptilar. ISO tizimlari metallga ishlov berish sanoatida xalqaro texnik aloqalarni engillashtirish maqsadida cheklama va o`tkazmalarning milliy tizimlarini unifikatsiya qilish uchun yaratilgan. ISO ning xalkaro tavsiyalarini milliy andozalarga kiritish bir tipli detallar, tarkibiy qismlar va buyumlarning (turli mamlkatlarda tayyorlangan) o`zaro almashinuvchanligini ta`minlash uchun sharoitlar yaratadi. UIEK ga a`zo mamlakatlar cheklama va o`tkazmalarning yagona tizimiga (ESDP) va o`zaro almashinuvchanlikning ISO ning andozalari va tavsiyalariga asoslanadigan asosiy me`yorlariga o`tdilar. ESDP detallar silliq elementlar o`lchamining cheklamalariga va bu detallarni biriktirishda hosil bo`ladigan o`tkazmalarga tarqaladi. O`zaro almashinuvchanlikning asosiy me`yorlari rez’balarga, tishli uzatmalarga, konuslarga va boshqalarga cheklamalar va o`tkazmalarining tizimlarini o`z ichiga oladi. O`tish turli mamlakatlar sanoatini ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirishni rivojlantirish, xalqaro savdoni rivojlantirish va bunga MDH ichida ham, undan tashqarida ham texnik to`siqlarni yo`kotish zarurati bilan bog’liq. Bu shuningdek MDH ga a`zo mamlakatlar mahsulotlarining raqobat qobiliyatini oshirishni ta`minlaydi. MDH andozalarini joriy qilish O`zbekiston Respublikasida MDH ning o`xshash andozalariga mos keladigan GOSTlar orqali amalga oshiriladi, hozirgi vaqtda O`zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan xalqaro savdo va ilmiy - texnik aloqalari imkoni boricha kengayapti, shu munosabat bilan Uzbekistonda ISO ning cheklamalar va o`tkazmalar tizimlari qo`llaniladi.
Masalan: Andijon viloyati Asaka shaxrida UzGM avtomobil’ zavodi avtomobillarini asosan ISO ning cheklama va o`tkazmalar tizimlarini qo`llash bilan ishlab chiqaradi.
ISO va ESDP ning cheklama va o`tkazmalar tizimi tipoviy mashina detallari uchun yagona printsiplar bo`yicha tuzilgandir. Teshik tizimida (TT) (SO) va val tuzimida (VT) (SV) o`tkazmalari ko`zda tutilgandir. (3.3-shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |