2-fasl. V-VII sinf “Adabiyot” darsliklarida o‘quvchilarning
yoshiga mos badiiy asarlarning berilishi
V sinf darsligida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga
olinganligini Ezop masallarining berilishidan ham payqash mumkin. Odatda,
bilimlari chuqur, hayotiy tajribalari boy bo‘lgan kishilar shunday so‘zlashadi.
Ana shunday so‘zlash usulini yevropaliklar «Ezop tilida so‘zlash» yoki
«Ezopona til» deb yuritishadi.
Xo‘sh, nega bunday ibora paydo bo‘lgan? Ezop degani kim? kabi
savollar tug‘ilishi tabiiy. Bu savollarga javob topish uchun qadimiy
Yunonistonga, ya’ni hozirgi dunyo xaritalariga Gretsiya, Makedoniya nomi
ostida kiritilgan mamlakatlar va o‘sha atroflardagi ko‘hna davlatlar, shaharlar
tarixiga murojaat qilishimiz kerak.
Rivoyatlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda
quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan
nihoyatda aqlli, ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand
bo‘lib, uni Ezop deb atashgan ekan. Uning asli kelib chiqishi o‘sha
davrlardagi Frigiya mamlakatidan bo‘lib, urushlar natijasida qul qilib olinib,
Yunonistonga kelib qolgan. Aql-u farosati, topqirligi bilan o‘z
xo‘jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan. Hatto
shaharlarni bosqinlardan asrab, podshohlarni qirg‘in-barot urushlardan
to‘xtatib qolgan. Oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez
saroyida xizmat qilgan, so‘ng Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon
3
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008.
12
darajasiga ko‘tarilgan. Keyinroq, haqgo‘yligi, adolatparastligi, kinoyali
achchiq tili uchun alamzada, hasadgo‘y dushmanlari uni Delfa shahrida tog‘
qoyasidan otib yuborib o‘ldirganlar.
Ezop hayoti haqidagi ma’lumotlar o‘sha davrdagi va undan keyingi
asrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan rivoyatlar, ibratli
hikoyatlar orqali yetib kelgan. Uning 500 ga yaqin masallari qadim
davrlardayoq jamlanib, «Ezop masallari» nomi ostida kitob qilingan va
donishmandlik o‘gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan.
«Ulug‘ masalchi»
4
ning o‘zi haqida rivoyatlar ham juda ibratomuz.
Masalan, ularning birida hikoya qilinishicha, Ezopning xo‘jayini safarga
otlanar ekan, o‘z qullariga yuklarni bo‘lib olib, ko‘tarib ketishlari lozimligini
buyuradi. Ezop ularning oldiga kelib, o‘ziga yengilroq yuk berishlarini
iltimos qilganida, qullar uning o‘zi tanlab olishiga ruxsat beradilar. Ezop
borib, to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan qutini tanlaydi.
Atrofidagilar barchasi undan kulib, yengil narsa so‘rab, eng og‘ir yukni
tanlagani uchun ahmoq deya masxara qiladilar.
Xo‘jayini uning og‘ir yukka o‘zini urganini ko‘rib, Ezopni maqtab
qo‘yadi. Aslida Ezop olis safarga ketayotganlarini sezib, uzoqni ko‘zlab ish
tutgan edi. Anchagina yo‘lni bosib, kun peshinga yetganda, barcha to‘xtab,
ovqatlanishga o‘tiradilar. Shunda Ezop ko‘tarib kelgan qutidan barchaga non
ulashib, yukini ikki barobar yengillashtiradi. Kechga borib, yana yo‘lda
ovqatga unnaganlarida qutining ichidagi qolgan nonlarni ham ulashib,
yukidan tamomila xoli bo‘lib oladi va boshqa qullar manzilgacha olgan
yukini qiynalib ko‘tarishda davom etsa, Ezop qup-quruq qutini yelkalab,
oldinda o‘ynoqlab, chopib boradi.
4
Ahmedov Sunnat, Qosimov Begali, Qo‘chqorov Rahmon, Rizayev Sunnatilla. Adabiyot. 5-s. –T.: Sharq, 2011.
13
Yoki rivoyat aytuvchilar yana shunday ibratli voqeani hikoya qiladilar:
Ezopning xo‘jayini, Samos oroliga yetib kelishgach, uni shu yerlik
mashhur faylasuf Ksanfga sotadi. Ezop Ksanfni eng og‘ir vaziyatlarda
qutqarib, hech kim yecholmaydigan jumboqlarni yechib, xo‘jasiga sadoqat
ko‘rsatadi. Ammo Ksanf o‘ta yengiltak, kaltafahm odam edi. Kunlarning
birida u o‘z og‘aynilari bilan maishat qilib o‘tirib, mast holatda inson hamma
narsaga qodir deb da’vo qilib qoladi. Shunda og‘aynilaridan biri Ksanfni mot
qilish uchun «Inson dengizni ichib yuborishi mumkinmi?» deb so‘raydi.
«Nega mumkin emas, mana men ham dengizni ichib yuborishim mumkin»
deya Ksanf katta ketadi. U o‘zini bilmaydigan darajada mast edi. Shunda
og‘aynisi u bilan garov o‘ynab, kim yutqazsa, o‘zida bor barcha mol-mulkini
g‘olib bo‘lganga beradi, deb kelishadilar. Ertasi kuni Ksanfning uyiga garov
bog‘lashgan og‘aynisi shaharning obro’li odamlarini guvohlikka chaqirib,
birga boshlab keladi. Ksanf Ezopning oyoqlariga yiqilib, qutqarib qolishini
so‘raydi. Shunda Ezop xo‘jayiniga yo‘1-yo‘riq ko‘rsatib aytadiki, «Sen o‘z
so‘zlaringdan qaytma. Dengiz bo‘yiga borib, barcha guvohlarning oldida
senga bir kosa dengiz suvidan olib berishlarini buyur va og‘ayningdan garov
shartlarini yana bir bor so‘rab ol. Shundan keyin ularga ayt, dengizga juda
ko‘p daryo va irmoqlarning suvlari quyiladi. Men faqat dengiz suvini
ichishga garov bog‘lashganman. Shuning uchun og‘aynim avval o‘sha daryo
va irmoqlar suvini ajratib bersin, ana undan keyin men dengiz suvini
ichaman». Shunday qilib, Ksanf faylasuf Ezopning yordami bilan garovda
yutib chiqadi. Biroq xavfdan qutulgach, unga yordam bergani uchun o‘zini
qullikdan xalos etishini so‘ragan Ezopni arzimas bahona topib, kaltaklashga
buyuradi.
Bu hikoyadan ko‘rinadiki, quldorlik zamonida qullar har qancha aqlli,
topqir, sadoqatli bo‘lmasin, ularning qismati juda ayanchli edi. Xo‘jasini eng
14
og‘ir damda qutqarib qolganiga qaramay, undan minnatdor bo‘lish o‘rniga,
o‘zining kaltabin va ahmoqligini tan olishdan orlanib, qulni jazolashga
buyuradi. Ayni paytda Ezop hayotidan olingan bu hikoyatlar uning
naqadar donishmand va oliyjanob bo‘lganini, har qanday sharoitda bilim
va mulohaza bilan ish ko‘ra olishini anglatadi. Bular Ezopning hayot
ibratlari, uning kechmishlari va insoniy xususiyatlari borasidagi rivoyatlardir.
Shu bilan birga, Ezop tomonidan yaratilgan masallar bilan ham yaqindan
tanishsangiz, hayot yo‘lingizda hamisha kerak bo‘ladigan yana ko‘p o‘git va
pandlarni o‘qib, o‘zlashtirib olasiz, nihoyatda zarur xulosalar chiqarasiz.
V sinf darsligida yana bir buyuk ingliz adibi Jonatan Svift va uning
asarlari haqida ma’lumot uchraydi. U 1667- yilda Irlandiyaning poytaxti
Dublinda tug‘ildi. Otasidan erta ajralgan yosh Jonatan uzoq yillar
muhtojlikda kun kechiradi. Badavlat qarindoshlarining ba’zan ko‘rsatadigan
yordamini hisobga olmaganda uning tirikchiligi nochor edi. Tabiatan
tirishqoq, ilmga tashna Jonatan o‘n to‘rt yoshida maktabni bitirgach, Dublin
universitetining diniy bilimlar fakultetiga o‘qishga kiradi, uni bitirmay,
Angliyaga ketadi. U bir necha yil Qirollikning sobiq ministri Vilyam
Templning saroyida kotib bo‘lib ishlaydi. Templning boy kutubxonasidan
foydalanish Svift dunyoqarashining kengayishida muhim omil bo‘ladi.
Keyinchalik Svift universitetni bitiradi, dissertatsiya yoqlab, magistrlik
unvonini qo‘lga kiritadi.
Svift badiiy ijod bilan shug‘ullana boshlaydi. Uning ilk asarlari tezda
xalq o‘rtasida shuhrat qozonadi. Adibning ketma-ket «Kitoblar jangi»,
«Bochka cho‘pchagi», «Movutfurush xatlari» kabi hajviy kitoblari nashr
etiladi. Biroq Sviftga haqiqiy shuhratni uning «Gulliverning sayohatlari»
romani olib keldi.
5
Asarning to‘liq nomi «Lemyuel Gulliverning jahondagi
5
Ahmedov Sunnat, Qosimov Begali, Qo‘chqorov Rahmon, Rizayev Sunnatilla. Adabiyot. 5-s. –T.: Sharq, 2011.
15
bir necha olis mamlakatlarga, avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha
kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari» deb atalib, u 1726- yilda
yaratilgan.
Roman ajoyib-g‘aroyib voqealarga, kulgili holatlarga boy. Asar bir
qarashda shunchaki kulgi uchun bitilgan bo‘lib tuyulsa-da, uning zamirida
achchiq kinoya, zaharxanda yotibdi. Muallif bu asar orqali Angliya
davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi. «Gulliverning
sayohatlari» romani to‘rt qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda
Gulliverning liliputlar - mitti odamlar mamlakatidagi sarguzashtlari hikoya
qilinadi. Mitti odamlarning hayot tarzi, davlat tartiblari Angliyanikiga
o‘xshash. Mitti odamchalar yashaydigan mamlakatda ham qirol, ministrlar,
harbiylar, dengiz floti va turli-tuman qonunlar mavjud. Liliputiyada ham
Angliyadagi kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o‘z manfaatlarini
o‘ylab janjallashadilar, bahslashadilar. Bu partiyalar baland poshnalilar va
Do'stlaringiz bilan baham: |