Uy vazifasini tekshirish Har bir tajribali o‘qituvchi o‘zining uy vazifalarini tekshirish usul-
lariga ega. Qu
yida tajribasi yo‘q o‘qituvchilarga bir necha tavsiyalar
berildi.
Qanday qilib? Uy vazifasini tekshirishning bir necha usullari bor.
a) An’anaviy usul. O‘qituvchi bolalarning ishlarini oladi va xatolarni
to‘g‘rilab chiqadi.
b) Noan’anaviy usul. O‘qituvchi ikki rangli ruchka yoki qalamlardan
tekshirish uchun foydalanadi.
Yashil rang — ogohlantirish.
O‘quvchi birinchi marta xato qilganda Siz uning tagiga yashil rang bilan
chizasiz. Bunda o‘quvchilar qilingan xato ustida ishlashadi.
Qizil rang — yomon.
O‘quvchining xatosi ko‘p mashqlarda takrorlansa uning tagiga qizil
ruchka bilan chizing. Bunda o‘quvchilar xato ustida qattiq ishlashi ke-
rak. Xatolarni o‘zingiz tuzatishingiz mumkin, lekin o‘quvchilarga uni
o‘zlari qi lishga imkon bersangiz yaxshiroq bo‘ladi. Quyidagi belgilarni
hoshiyaga yozish orqali Siz o‘quvchilarga o‘z xatolarini tuzatishga yor-
dam berasiz: Gr – grammatik xato; Sp – imloviy xato; WO – so‘z tarti-
bida xato; P – tinish belgisida xato.