d) O‘z-o‘zini tekshirish usuli. O‘quvchilar berilgan namunaga qarab
o‘z xatolarini tekshiradi (m-n.: o‘qituvchi o‘quvchilardan so‘raydi va
to‘g‘ri javoblarni doskaga yozadi).
e) O‘zaro tekshirish usuli. O‘qituvchi o‘quvchilardan o‘z ishlarini
almashish ni va ularga berilgan namuna asosida xatolarni tuzatishni
so‘raydi.
Qachon?
a) O‘quvchilar sinf mashqlarini bajarayotgan paytlarida Siz sinfni
tezda aylanib, uy vazifalarni ko‘rib chiqasiz.
O‘quvchilarda ikkita ish daftari bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Bittasi sinf
ishi uchun, boshqa biri uy vazifalari uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |