“Жаңа Өзбекстанда еркин ҳәм
farovon yashaylik” mavzusidagi
“Mustaqillik darsi” bo‘yicha
METODIK TAVSIYALAR
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-dekabrdagi
PQ-4926-sonli qarori asosida butun mamlakat bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramini katta tantanalar nishonlash choralari ko‘rilmoqda. Ommaviy axborot vositalari orqali o‘tgan o‘ttiz yilda erishilgan yutuqlar haqida qizg‘in chiqishlar bo‘lmoqda. Mamlakatimizda mustaqillikka аerishilgandan keyingi yillarda, ayniqsa, so‘nggi besh yillikda amalga oshirilgan islohotlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Haqiqatan ham, e’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, Harakatlar strategiyasida va keyingi yillarda ishlab chiqilgan konseptual hujjatlarda jahondagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi ustuvor vazifalari chuqur tahlil etilib, milliy yuksalishning eng muhim tayanch tamoyillari aniq belgilangan.
O‘zbekistonda ayni shu asosda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish, tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xalq farovonligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatni innovatsion rivojlantirish, odamlarda faol fuqarolik pozitsiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish, huquqiy demokratik davlat negizlarini mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish bo‘yicha muhim vazifalar amalga oshirildi.
Yer osti va yer usti boyliklaridan, inson resurslaridan samarali foydalanish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, bozor munosabatlariga to‘liq o‘tish, xususiy mulk daxlsizligi va ustuvorligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng yo‘l ochish, barcha sohalarda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini faol qo‘llash kabi masalalarga alohida e’tibor berilmoqda.
Eng muhimi, bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotgan demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni yangi yuksak marralarni ko‘zlab, yanada olg‘a intilishga undamoqda. O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida fuqarolar qalbi va ongida yuz berayotgan yangi sifat o‘zgarishlari ularning hayot darajasi yuksalishi bilan uyg‘un holda kechmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqi har jihatdan jahon hamjamiyatining e’tiborini tortdi. Yirik xalqaro tashkilotlar tomonidan alohida e’tirof etilib, ma’ruzada ilgari surilgan takliflar mamnuniyat bilan qabul qilindi.
2021-yil 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov savollariga javoblari yuzasidan “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” nomli intervyusi e’lon qilindi. Intervyuda 2016-2021-yillarda jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilgan islohotlar hamda oldimizda turgan ustuvor vazifalar haqida chuqur tahliliy ma’lumotlar aks ettirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 20 avgustida tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi va unda nutq so‘zladi. Mazkur tadbirdagi ma’ruzada yoshlar uchun dasturulamal bo‘ladigan ilg‘or fikrlar ilgari surildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan nutq so‘zlanishi kutilmoqda. Albatta, ushbu ma’ruzada ham Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar va istiqboldagi dolzarb vazifalar aks ettirilishi, shubhasiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida keltirilgan barcha ma’ruzalari mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish, ma’ruzalarda ko‘tarilgan fikr va g‘oyalar asosida o‘quvchi va talabalarning bilimlarini yanada boyitib borish ta’lim tizimining oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu ma’noda, ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning so‘nggi ikki oyi davomida o‘tkazilgan yirik xalqaro va davlat tadbirlari hamda bayram tantanalarida so‘zlagan nutqlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga vakillariga bergan intervyulari asosida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Mustaqillik darsi”ni tashkil etishga qaror qaror qilindi.
E’tiboringizga mazkur “Mustaqillik darsi”ni o‘rta maxsus va professional ta’lim, oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya taqdim etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |