Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Download 2,55 Mb.
bet58/217
Sana01.12.2022
Hajmi2,55 Mb.
#875824
TuriМетодические указания
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

2-аsоsiy sаvоl boyichа oqituvchining mаqsаdi:tаlаbаlаrgа mikrоblаr o’sishigа хimiyаviy mоddаlаr tа’sirini хimiyаviy fаktоrlаr turlаrini tushuntirib bеring
Idеntiv oquv mаqsаdlаri:
1.1.Mikrоblаr o’sishigа хimiyаviy mоddаlаr tа’sirini bilаdi.
1.2.Mikrоblаrgа zаhаrli mоddаlаr tа’sirini аniqlаydi.
2-аsоsiy sаvоl bаyoni:
Mikrооrgаnizmlаrgа хimiyаviy mоddаlаrning tа’siri.
Хimiyаviy mоddаlаr turli mikrооrgаnizmlаrgа turlichа tа’sir etаdi. Bа’zi bir mikrоblаr tа’sir qilgаn хimiyаviy mоddаlаrgа yаqinlаshаdi, bоshqа хil хimiyаviy mоddаlаrdаn uzоqlаshаdi. Bu hоdisа хimiоtаksis dеyilаdi. U 2 хil bo’lаdi.
1.O’zigа tоrtuvchi-musbаt.
2.O’zidаn uzоqlаshtiruvchi – mаnfiy.
Bu hоdisаni quydаgi tаjribаdа ko’rish mumkin. Bir idishdаgi suvgа hаrаkаtchаn mikrоblаr sоlinib, ungа shаkаr eritmаsi to’ldirilgаn nаychа tushirilаdi. Nаtijаdа suvdаgi mikrоblаr nаychа tеshigi аtrоfidа to’plаnа bоshlаydi. Bu o’zigа tоrtuvchi хimiоtаksisdir. Аgаr nаychаgа kislоtа quyilgаn bo’lsа, mikrоblаr naychа аtrоfidаn uzоqlаshа bоshlаydi, bu uzоqlаshtiruvchi хimiоtаksisdir. Shungа o’хshаgаn hоdisа kislоrоdgа nisbаtаn hаm bo’lishi mumkin. Аerоblаr kislоrоd bоr jоygа to’plаnаdi, аnаerоb usul esа uzоqlаshtirаdi. Bu hоdisаgа аerоtаksis dеb аtаlаdi.
Zaharli moddalarning ta’siri. Ko’pchilik kimyoviy birikmalarning zaharli ta’siri amaliy va nazariy jixatdan katta ahamiyatga ega bo’ladi. Anorganik birikmalardan turli xil ogir metallarning tuzlari, xususan, simobning tuzlari (sulema), kumushning tuzlari (kumush nitrat), qo’rgoshinning tuzlari va hokazolar kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu tuzlar konsentratsiyasi 0,1—0,2% (1 : 1000 va 1 : 500) bo’lganda bakteriyalarning vegetativ hujayralari bir necha mi­nut ichida nobud bo’ladi. Tuzlar konsentratsiyasi 0,01% (1:10000) va hatto, undan past bo’lganda ham ba’zan bakteriyalar tez nobud bo’lishi kuzatiladi. Bunday zaharlarga bakteriyalar sporasi birmuncha chidamli bo’ladi. Ular bir-muncha yuqori konsentratsiyaga ancha vaqt bardosh bera oladi. Bu chidamlilikka sporalar tashqi po’stining tuzlarni kam o’tkazishi sabab bo’lib, shu tuzlarning zaharli ta’siri protoplazmaning fiziologik holatiga ta’siri bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Odatda ogir metallarning tuzlari protoplazmaning oqsil moddalarini ivitadi va ular bilan birgalikda suvda erimaydigan albuminatlar hosil qiladi. Buning natijasida protoplazmaning tuzilishi buziladi va hayot faoliyati normal holda bormaydi. Xlorli ohak (1 : 1000), xlor (1 : 1000000), vodorod peroksid, ozon, permanganat, perxlorat va boshqalar mikroorganizmlarning rivojlanishiga tahminan xuddi yuqoridagidek, ayrim hollarda esa un­dan ham qattiq ta’sir qiladi. Ular zaharli ta’sirining tabiati, hujayra protoplazmasidagi nobud qiluvchi oksidlanish jarayonlariga bog’liq bo’lsa kerak. Ulardan farq qilib, sulfit angidrid va sulfit kislota tuzlari hujayradagi oksidlanish jarayonlariga ko’rsatadigan ta’siridan tashqari, gidrolitik fermentlarning aldegid gruppasini bog’lashi va fermentlarning aktiv ishini buzishi mumkin.
Protoplazmaga ta’sir etish tabiati boshqacha bo’lsa ham, vodorod sulfid, uglerod (II)-oksid, sianli va rodanidli bi­rikmalarning zaharliligi ancha kuchlidir. Bu moddalar oksid­lovchi fermentlar (temir va rux) tarkibiga kiruvchi ogir metallarni oson bog’laydi va shu bilan birga ularni ishdan chiqaradi. Agar nafas olish fermentlari inaktivlangan bo’lsa, normal nafas olish mumkin bo’lmay qoladi, buning natijasida hujayraning hayot faoliyati ham to’xtaydi. Uglerod (II)-oksid ikki valentli temirni bog’laydi va oksidlanuvchi katalizning birinchi etapini, sianli tuzlar esa uch valentli temirni bog’­laydi va oksidlanuvchi katalizning boshqa etapini zaharlaydi. Ularning zaharli ta’siri 0,01 dan 0,001 mol gacha konsentratsiyada namoyon bo’ladi.
Ko’p organik birikmalar ham bakteriyalar uchun juda zaharlidir. Bularga, birinchi navbatda, yoglar va aromatik birikma­lar qatorining spirtlarini kiritish mumkin. Etil, propil, butil va amil spirtlar va ularning izomerlari bir-biridan zaharlidir. Spirtlarning zaharli ta’sirining tabiati ular­ning sirtqi aktivligiga va hujayra protoplazmasi ichiga osongina kirish xususiyatiga bog’liq. Spirtlar sirtqi aktivlikka ega bo’lganligi sababli protoplazmaning mitselyar yuzasida tanlanib adsorbilanadi va shu bilan birga protoplazmaning normallashini buzadi; xususan, ular nafas olish va azot to’plash jarayonlarining normal borishini izdan chiqaradi, chunki bu jarayonlar protoplazmaning struktura yuzasi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Karbol kislota nomi bilan ma’lum bo’lgan aromatik spirt-fenol ham bakteriologik amaliyotda keng miqyosda ishlatiladi. Bakteriyalarning vegetativ hujayralari fenolning 3—5% li eritmasida juda tez nobud bo’ladi, sporalari (Vas. anthracis) esa 5% li konsentratsiyasiga ikki xaftagacha chiday oladi. Krezol ham shunday zaharlidir. Krezolning sovunlar bilan aralashmasi (lizol) dan odatda yuzaki dezinfek­siya qilish uchun foydalaniladi. Formaldegid ham juda zaharli, buning ta’siri shunga bog’liqki, u aminokislota va peptidlarning amin gruppalari bilan o’zaro ta’sirlashadi va hujayraning fiziologik faoliyatini buzib, ularni bog’laydi.
Bakteriyalar hayot faoliyatining maxsullari ham ancha zaharlidir. Hammaga ma’lumki, sut kislotaning ko’payib ketishi tufayli sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar sekin-asta nobud bo’ladi. Bu kislotani mazkur bakteriyalarning o’zi hayot faoliyati davomida ishlab chiqaradi. yem-hashakni siloslash yoki sabzavotlarni tuzlash vaqtida sut kislota hosil qiluvchi formalarning almashinuvi ana shu bilan izoxlanadi. Bijg’ishning boshqa mahsulotlari: moy kislota, butil spirt, atseton, etil spirt va boshqalar ham mikroorganizmlarga xuddi shunday ta’sir ko’rsatadi.
Bir qancha birikmalarning mikroorganizmlar rivojlanishini tormozlovchi ta’siridan oziq-ovqat sanoatida foyda­laniladi, ya’ni ular oziq-ovqat mahsulotlariga qo’shiladi. Mana shu moddalar (antiseptiklar) dan ratsional foydalanish maqsadida ularni bakteriyalar uchun zaharli, odam uchun esa zaharsiz qilib tanlab olish kerak Biroq, bunday antiseptiklar xozirchalik yo’q. Bularning hammasi odam uchun ham ma’lum darajada zaharli, bu esa ulardan amalda foydalanishni birmuncha cheklab qo’yadi. SHuning uchun faqat oz miqdordagi antiseptiklar konservantlar sifatida ishlatiladi. Rezavor-meva suvlarini, yangi meva va rezavor-mevalarni konservalash uchun, masalan, sulfit kislota va uning tuzlaridan foydalaniladi. Bular odam uchun ham ancha zaharli hisoblanadi, lekin ularning bir afzalligi bor, ya’ni mahsulotlarni odatdagicha qaynatib yoki sulfit kislotani vodorod peroksid bilan sulfat kislotagacha oksidlab, ulardan osongina halos bo’lish mumkin, hosil bo’lgan sulfat kislota esa keyinchalik bo’r bilan ham neytrallanishi mumkin. Bu sohada vodorod peroksiddan foydalanish yana ham qulay bo’lar edi, u mikrofloraga ta’­sir qilgach, o’z-o’zidan buziladi, lekin uning kam chidamliligi konservalashda keng foydalanishga imkon bermaydi. A.Voytkevich va R.Davidov ma’lumotlariga ko’ra, undan faqat sutchilik xujaliklarida sutning saqlash va tashishga chidamliligini oshirish uchun bir oz foydalaniladi.
G’usht va baliqlarni dudlash ham antiseptiklarning bakteriyalarga nobud qiladigan ta’siriga asoslangan. Dudlanayotgan vaqtda mahsulotlarga uchuvchan birikmalar: xususan, tarkibida formaldegid, fenollar, smolalar va boshqalar tutuvchi dud singdiriladi. Sovuq dudlanganda dudning faqat antiseptik xususiyatlaridan foydalaniladi, issiq dudlangan­da esa yuqoridagiga qo’shimcha qilib, mahsulotlar ba’zan 100° dan ham ortiq temperaturada termik qayta ishlanadi. Mahsulotlar (g’o’sht va baliqlar) avval tuzlangandan keyingina dudlanadi, bunda tuz ham mahsulotlarning chidamliligini oshirishga yordam beradi, ayniqsa dud mahsulotlar ichiga juda qiyinlik bilan kiradi. Dudlangan mahsulotlarda hayotchan bakteriyalar (Proteus vulgaris va boshqalar) ning topilishi xuddi shu bilan tushuntnriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari yuzasida turli mikroorganizmlar tez rivojlanishi tufayli ular buzilibgina qolmay, balki mikroblar ishlab chiqqan turli xil toksinlar (zaharlar) to’planishi mumkin. Anna shunday mahsulotlardan odam zaharlanadi. Zaharlanishlar ichida eng havflisi Vas. botulinus ning ri­vojlanishi bilan bog’liq bo’lgan botulizm hisoblanadi. Vas. botulinus harakatchan kalta tayoqcha (0,8X2,5m) bo’lib, oziq muhiti tanlamaydi, lekin batamom anaerob sharoitda oqsil substratida yaxshi rivojlanadi. U hayot faoliyati jarayonida moy kislota, karbonat angidrid, vodorod sulfid hosil qiladi. Bundan tashqari, u alohida toksin ishlab chiqaradi va uni tashqi muhitga ajratadi. Vas. botulinus oddiy saprofit bo’lsa-da, infeksiya hosil qilmaydi, lekin u ajratib chiqargan toksin juda katta ta’sir etuvchi kuchga ega. Bu zahar bir millimetrining milliondan bir bo’lagi ham laboratoriya hayvonlarini o’ldiradi. Odam uchun mazkur zaharning birmuncha yuqori dozalari havfli hisoblanadi va ular ham grammning yuz mingdan bir o’lushi bilan o’lchansa kerak.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish