Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Download 2,55 Mb.
bet139/217
Sana11.02.2023
Hajmi2,55 Mb.
#910050
TuriМетодические указания
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

MAVZU: SUT KISLOTALI BIJ~ISh
Reja:

  1. Sut kislotasi bilan sifatli reaktsiya o’tkazish.

  2. Sut kislotali bakteriyalarni morfologik belgilarini ko’rish (tuzlangan karam suvidan, sut zardobidan va sut mahsulotlaridan mazok tayyorlash).

Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Tuzlangan karam suvidan, sut zardobidan va sut mahsulotlaridan mazok tayyorlab, sut kislotali bakteriyalarning morfologiyasini o’rganish, hamda sut kislotali reaktsiya sifati aniqlaniladi. Har bir talaba sut kislota bakteriyalarini morfologik belgilarini ko’rish uchun mazok tayyorlaydilar. Sut kislota reaktsiya sifatini aniqlash uchun brigada usulidan foydalanadilar. Natijalarni daftarlarga yozib boriladi.
Metodik ko’rsatma:
Sut kislotali bijg’ishga sut kislotali bakteriyalari sabab bo’ladi. Sut kislota bakteriyalari – fakultativ anaeroblar, ammo ular anaerob sharoitni yaxshi ko’radi, shunday bo’lgach, sut kislota hosil qilib bijg’ish – ularning anaerob nafas olishi demakdir. Sut shu bakteriyalarning oziqlanishi uchun qulay muhitdir, chunki sutda shu bakteriyalarning hayot faoliyati uchun zarur qand va boshqa moddalar bor. Sut kislota bakteriyalari sutni bijg’itar ekan, bir talay sut kislotani hosil qiladi. Shu sababli qatiqda sut kislotali bakteriyalari va bir ozgina achitqilar bo’ladi. Bular uchun ham muhitning kislotali reaktsiyasi qulaydir. Xom sut 30-35o temperaturada saqlansa, sut kislota bakteriyalari sut kislotani hosil qilishi tufayli 10-12soatdan keyin achiydi.
Sut kislota bakteriyalari ikki guruhga bo’linadi:
Tipik sut kislota bakteriyalari – sporasiz, harakatsiz, gramm-musbat, fakultativ anaerob kokklar va tayoqchalardan iborat bo’lib, bir talay sut kislota hosil qiladi. Sut mahsulotlarida va achitilgan sabzavotlarda ko’p bo’ladi. Asosiy vakillari:
Sut kislota streptokokkiStreptococcis lactis sutda bo’ladi; yirik sut kislota tayoqchalari – Bact. bulgaricum (bulg’or tayoqchasi) bular ham sutda uchraydi; sut kislotaning mayda tayoqchalari - Bact. cucumeris fermentati – bodringni achitadi va Bact. brassicae – karamni bijg’itadi.
Bu bakteriyalar bilan tanishmoq uchun qatiq va sutdan hamda muzlagan sabzavotlar suvidan preparat tayyorlab quritilib spirt alangasida yoki Nikoforov aralashmasida qotirilib, metilen ko’ki yoki karbol fuksini bilan bo’yalib, mikroskop ostida immersion ob’ektiv bilan ko’riladi. Spirt va efir mikroblarni o’ldiradi, ularni oynaga yopishtiradi va preparatni bo’yashga xalal beradigan sut moyini eritib yuboradi. Mikroskopda ko’rilgan sut kislota bakteriyalarining rasmi daftarga chiziladi. Muhitda sut kislota borligini aniqlashda asosan quyidagi usullardan foydalaniladi.
1) qatiqda sut kislota borligini bilmoq uchun Uffelman reaktsiyasi o’tkaziladi. Buning uchun bir protsentli fenol eritmasidan 5 ml olib, kuchsiz FeCl2 eritmasidan bir necha tomchi qo’shilsa, sut kislotaning temirli tuzi hosil bo’lishi tufayli eritma sarg’ayadi.
2) sabzavotni achitadigan sut kislota bakteriyalarini aniqlash uchun tuzlangan bodring yoki karam suvidan 1-2 ml olib, filtrlab hosil bo’lgan filtratga 5 ml sulfat kislota va 10 tomchi to’yintirilgan mis kuporosi eritmasidan qo’shib yaxshilab aralashtirilib, 100o issiq suv hammomida 5 minut saqlab, so’ngra sovitiladi va 1-2 tomchi 0,2% tiofenning spirtdagi eritmasidan qo’shiladi. Agar filtratda sut kislota bo’lsa, filtrat to’q qizil rang hosil qiladi.
Tipik bo’lmagan sut kislota bakteriyalari – sporasiz, harakatchan gramm-manfiy tayoqchalardir. Ular qandni bijg’itganda bir ozgina sut kislota, sirka kislota SO2, N2 va boshqa moddalar hosil bo’ladi. Eng ko’p uchraydigan vakili – ichak tayoqchasi tabiatda keng tarqalgan bo’lib suv, tuproq, go’ngda, hayvon va odam ichagida va boshqa substratlarda uchraydi.
Tipik bo’lmagan sut kislota bakteriyalarining boshqa hillari ham ko’p. Ularning ba’zi xillari javdar unidan non pishirganda ishlatiladi.
Kerakli jihozlar: Mikroskop, buyum va qoplog’ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, shisha taeqchalar. Bo’yoqlar (fuksin va metilen ko’ki) 1% li fenol eritmasi, 0,2% mis kuporosi, efir, FeCl2 eritmasi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish