Metalmas materiallar va uni o’qitish usullari
Muhayyoxon Akramjonovna Hudoynazarova
Farg’ona davlat universiteti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada texnologik ta’lim dars jarayonlarida metalmas
materiallar haqida ma’lumot berish va uni o’quvchilarga o’rgatish usullari haqida
fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
Polimer, kompozitsion material, shina, keramika, rezina,
kauchuk, shina rezinasi.
Non-metallic materials and teaching methods
Muhayyohon Akramjonovna Hudoynazarova
Fergana State University
Abstract:
This article discusses ideas about non-metallic materials in
technology education and how to teach them to students.
Keywords:
Polymer, composite material, tire, ceramic, rubber, rubber, tire
rubber.
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat
faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni
egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz
Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va
ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-
ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.
Bu maqolada o’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini
egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib
o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari
har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim
va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining
rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda.
Ijodkorlik - bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir.
Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni
o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor insonlartomonidan
yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1221
natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega
kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda
voyaga yetib, tanlagan kasbingizni mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z
hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. Bu vazifalarni uddalashingizda
muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Asosiy qism:
Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va
axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn»,
«Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz
ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va
dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or
buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik
asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz
mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasb-
hunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini
egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz
ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz.
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic
texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik
tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi.
Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq.
«Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish
maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo
va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi.
Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - fan
deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida
e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan
Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini
«Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq
hisoblayman.
Metallmaslar
- metallarning xossalariga ega boʻlmagan kimyoviy elementlar.
Metalmaslar metallar kabi yaltiroqlikka, choʻziluvchanlikka va yassillanuvchanlikka
ega emas, issiklik va elektr tokini yomon oʻtkazadi, aksariyat hollarda kimyoviy
reaksiyalar jarayonida elektronlarni qabul qilib oladi. Metalmaslarga 22 element
kiradi: bor B, uglerod C, kremniy Si, azot N, fosfor P, mishyak As, kislorod O,
oltingugurt S, selen Se, tellur Te, ftor F, xlor S1, yod I, brom Vg , astat At, vodorod
H, inert gazlar - argon Ag , geliy Ne, kripton Kg , ksenon Xe, neon Ne, radon Rn.
Metalmaslar davriy sistemada elementlar guruhlarining oʻng tomonida joylashgan.
Elementlarning metallar va Metalmaslarga boʻlinishi maʼlum darajada shartlidir.
Metallar guruhi bilan Metalmaslar guruhi orasiga keskin chegara qoʻyib boʻlmaydi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1222
Yarim metallik va yarim metallmaslik xossalarini namoyon qiladigan elementlar
(germaniy, qalay, koʻrgʻoshin, vismut, poloniy) ham bor. Metalmaslar atomlarining
sirtqi elektron qavatidagi elektronlar soni oʻsha element joylashgan guruh raqamiga
teng boʻladi. Metalmaslar atomlari elektronlarni biriktirib olishga moyil, shuning
uchun ularning ionlanish potensiali yuqori. Metalmaslardan vodorod, azot, kislorod,
ftor, xlor va inert gazlar xona haroratida gaz holatida boʻladi; brom suyuq, bor,
uglerod, kremniy, fosfor, oltingugurt, margimush, selen, tellur, yod va as-ma/iqattiq
moddalardir. Metallardan farqli ravishda Metalmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar
- kislota angidridlari hosil qiladi (mas, fosfat angidrid R2O5, sulfat angidrid SO3,
peroxlorat angidrid S12O7 va boshqalar) M.ning baʼzi oksidlari (mas, SO, N0)
betaraf oksidlar deyiladi. Metalmaslarning kislorod bilan birikishida oksidlanish
darajasi qancha yuqori boʻlsa, hosil boʻlgan oksidning kislotaligi ham shuncha
yuqori, shunga koʻra, unga toʻgʻri keladigan kislota ham kuchli boʻladi (mas, H2SO3
ga qaraganda H2SO4, HNO2 ga qaraganda HN03 kuchli). Metalmaslar vodorod bilan
uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Koʻpchilik Metalmaslar vodorodli birikmalarning
suvdagi eritmasi kislotalardir. Inert gazlardan boshqa Metalmaslar yuqori elektr
manfiylikka ega. Metalmaslarning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta.
Shunday qilib, har xil fizik- ximik, elektr va mexanik xususiyatlarga ega bo’lgan
yuqori molekulyar birikmalarni (polimerlarni) sanoat miqyosida ishlab chiqarish,
mashinasozlikning progressiv texnologiyasini tashkil etishga mashina va
mexanizmlarning tannarxini va solishtirma og’irligini kamaytirishga, shuningdek,
sanoat estetikasi talablarini tobora to’laroq qondirishga yordam beradi. Polimerlarda
mujassamlangan mexanik, antifriksion, elektroizolyatsiya, antikorrizion va shunga
o’xshash muhim xossalar ularni mashina qismlarida qora va rangli metallarni,
shuningdek ularning qimmatbaho qotishmalarini qisman almashtirishga imkon
beradi. Bu sohada Belorusda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdki, bunday
materiallar ishqalanishda ishlatiladigan an'anaviy babbit, bronza, cho’yan kabi
materiallar bilan bemalol bellasha olar ekan.
Hozirgi zamon sanoatida va qishloq xo’jaligida ishlatiladigan mashinalar juda
ko’p ishqalanish yuzalariga (sirtlariga) ega bo’lib, ularning anchagina qismi kuchlar
ta'sir etuvchi sharoitlarda ishlaydi. Ishqalanish juftlarini takomillashtirish mavjud
materiallarni modifikasiyalash va yangi materiallarni, xususan, polimerlarni qo’llash
hisobiga bo’lishi mumkin. Laboratoriya izlanishlari va antifriksion polimer
materiallarining qo’llanishdagi tajribalar ko’rsatdiki, eng iqtisodiy samaradorlik va
texnologik jihatdan qulaylik ularni qoplama sifatida qo’llashda erishilar ekan.
Masalan, mashina va mexanizmlarning ishqalanish juftlarida polikaproamid (kapron)
qoplama ko’p tarqalgan. Bunday qoplamalar metallni qizdirilgan yuzasiga poroshok
holidagi polimerni purkash yo’li bilan olinadi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1223
Do'stlaringiz bilan baham: |