3
|
Kirish
|
2-8
|
|
|
|
4
|
Umumiy qism. Jarayon nazariyasi
|
5-8
|
6
|
6
|
|
5
|
Texnologik qism. Jarayon hisobi
|
13-8
|
15
|
21
|
|
6
|
Asosiy dastgohni tanlash va hisoblash
|
2-8
|
45
|
66
|
|
7
|
Hayot faoliyati xavfsizligi yoki ekologiya
|
3-8
|
25
|
91
|
|
8
|
Xulosa
|
1-8
|
5
|
96
|
|
9
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
|
1-8
|
2
|
98
|
|
10
|
Kurs ishi himoyasi
|
2-8
|
2
|
100
|
|
Rahbar:_________ass. Qarshiyev H.K
Mundarija
Kirish 3
I.Nazariy qism. 7
1.1Po’lat ishlab chiqarishda elektr pechlari. 9
1.2 Elektr pechlarda po’lat ishlab chiqarish jarayonining nazariyasi 12
1.3 Yoyli pech elektrodlari 16
1.4 Elektr pechlarda po’lat eritib olish. 19
Eritishning oksidlash davri va erish davri materiallarning fizik-kimyoviy tavsifi. 22
Erishning tiklash jarayoni davrining fizik-kimyoviy tavsiflari. 24
II. Yoyli po’lat eritish pechining texnalogik hisobi 26
2.1 Material balansi 27
2.2Pechning asosiy o'lchamlarini aniqlash. 32
Texnika xavsizligi 40
Xulosa 43
Foydalanilgan adabiyotlar 44
Kirish
Butunjahon po‘lat assotsiatsiyasining 2021-yil yanvar oyi boshidan dekabr oyi oxirigacha qamrab olingan so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Xitoy 1 milliard 32 million 800 ming tonna mahsulot ishlab chiqarib, dunyoda mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi.
Yetakchi beshlikda — Hindiston (118 million 100 ming tonna), Yaponiya (96 million 300 ming tonna), AQSh (86 million tonna), Rossiya (76 million tonna).
Yetakchi o‘nlikda — Janubiy Koreya (70 million 600 ming), Turkiya (40 million 400 ming tonna), Germaniya (40 million 100 ming tonna), Braziliya (36 million tonna), Eron (28 million 500 ming tonna).
2021-yil davomida dunyo bo‘yicha 1,911 milliard 900 ming tonna po‘lat ishlab chiqarilgan, bu 2020-yilga nisbatan o‘sish 3,6 foiz ekanini ko‘rsatadi.
2021- yilda dunyoda polat ishlab chiqarish 1,912 milliard tonnani tashkil etdi, bu 2020-yilga nisbatan 3,6 foizga o'sdi. Osiyo va Okeaniyada po'lat ishlab chiqarish 0,6 % ga o'sdi, 1,382 milliard tonnaga, shu jumladan, Xitoyda- 3% ga kamaydi, 1,033 milliardga, Hindistonda- 17,8 % да, 118,1 mln, Shimoliy Amerika mamlakatlarida 117,8 million tonna (16,6 foizga o'sish) ishlab chiqarilgan, shu jumladan, AQShda bu ko'rsatkich 18,3 foizga oshib, 86 million tonnani tashkil etdi, Janubiy Amerika po'lat ishlab chiqarishni 17,8 foizga 45,6 million tonnaga, shu jumladan, Braziliyani 14,7 foizga 36 million tonnagacha oshirdi. Germaniya 40,1 million (12,3 foizga o'sish), Afrikada 16 million tonna po'lat ishlab chigarilgan (o'sish 26,7 %), Yaqin Sharqda-41,2 milion (o'sish 1,2 %), shu jumladan Eronda 28,5 million tonna (1,8 foizga pasayish), Yevropa Itifoqi mamlakatlari 152,5 million tonna polat ishlab chiqardi (15,4 foizga o'sdi), shu jumladan Boshqa Yevroра mamlakatlari pо1at ishlab chiqarishni 11,6 % ga 51,2 million tonnagacha oshirdi. MDH davlatlari, dastlabki malumotlarga ko'ra, polat ishlab chiqarishni 5,6 foizga, 105,6 million tonnagacha, shu jumladan: Rossiyada- 6,1 foizga, 76 million tonnagacha oshirdi. Butunjahon polat assotsiatsiyasi (worldsteel) tomonidan e'lon qilingan oylik ishlab chiqarish malumotlari joriy yilning noyabr oyida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) mintagasida polat ishlab chiqarish sezilarli darajada oshganidan dalolat beradi. Mintaqada mahsulot ishlab chiqarish hajmi otgan yilga nisbatan 7,0 % oshdi. Eritish o'tgan yilning shu oyidagi 7,701 million tonnaga nisbatan 8,243 million tonnani tashkil etdi.Rossiya mintaqadagi po'lat ishlab chiqaruvchi yetakchi bo'di. Rossiyada eritish 5,855 million tonnani tashkil etdi, bu otgan yilning noyabr oyiga nisbatan 1,9 foizga ko'p - 5,746 million tonna. Shu bilan birga
Qora metallar, umuman po‘latning xalq xo‘jaligidagi axamiyati juda ham katta.Xalq xo‘jaligida qora metallar ishlatilmaydigan soha topilmaydi.
Mustaqil Respublikamiz O‘zbekiston o‘zining yer osti boyliklari bilan xaqli ravishda faxrlansa arziydi. Unda Mendeelev davriy sistemasining qariyb barcha elementlari mavjud bo‘lib, rangli va qora metalli foydali qazilmalar alohida o‘rin tutadi. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan ratsional va kompleks foydalanishdir.
“O‘zmetkombinat” AJ mamlakatimiz sanoatining eng ko‘zga ko‘ringanlaridan biri. Metallurgiya sanoati juda ko‘p tarmoqlarning taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Shuning uchun metallni, haqli ravishda, hayotimiz tayanchi, metallurgiyani esa iqtisodiyotimizda muhim o‘rin tutadigan asosiy sanoat tarmog‘i, deyish mumkin.
2021 yilda kombinat po‘lat eritish va prokat mahsulotlari ishlab chiqarishda yuqori sur'atlarga erishdilar. O‘tgan yilda po‘lat erituvchilar 975, 9 ming tonna po‘lat eritib, belgilangan rejani 103,8 foizga bajarishdi. Bu mahsulotning hammasi Elektrda po‘lat eritish sexida ishlab chiqarildi. Sexda shu paytgacha shuncha ko‘p po‘lat eritilmagan edi.
2020 yilga nisbatan 24, 9 ming tonna ko‘p mahsulot ishlab chiqarilib, o‘sish sur'ati -102, 6 foizni tashkil etdi.
Prokatchilar erishgan natijalar ham salmoqli bo‘ldi. O‘tgan yili kombinatda 1 million 75 ming tonna prokat mahsulotlari tayyorlandi. Yillik reja 104, 8 foizga bajarildi.Bu natija ham kombinat tarixida eng yaxshisi. Bungacha 2019 yilda kombinatda 1 million 60 ming tonnalik marra rekord hisoblanardi.
O‘tgan yilga qaraganda 65 ming tonna ko‘p prokat mahsulotlari tayyorlanib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur'ati 106, 5 foizni tashkil etdi. Shu jumladan 240 ming tonna po‘lat zoldirlar ishlab chiqarildi. Bu 2020 yilga nisbatan 57 ming tonnaga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur'ati 130,9 foizni tashkil etdi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kombinatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati jahon andozalari talablariga to‘liq mos keladi.
O‘tgan yili rangli metallar ishlab chiqarishda ham yaxshi natija qayd etildi. Bu boradagi reja 158, 5 foizga bajarildi.Avvalgi yilga qaraganda o‘sish sur'ati 166, 6 foizni tashkil qildi.Issiqlikni o‘tkazmas materiallar ishlab chiqarish rejasi 112, 7 foizga, sirlangan po‘lat idishlar tayyorlash rejasi 103, 6 foizga ado etildi. 2020 yilga nisbatan o‘sish sur'ati mos ravishda 108, 8 foiz va 113, 9 foizni tashkil qildi.
“O‘zmetkombinat” AJ 2021 yilda barcha ishlab chiqarish-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha prognoz parametrlarini muvaffaqiyatli bajardi. Ko‘pgina ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2020-yilga nisbatan sezilarli darajada o‘sishga erishildi.
Yangi investitsion g‘oyalar tufayli kombinat yangi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish borasida iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarildi.
Sex tarkibida quyuv uchastkasi, qolip tayyorlash, mexanika va rangli metallar bo‘limlari mavjud. Bu jamoa oylik rejalarni ortig‘i bilan bajarib kelmoqda. Quyuvchi-mexaniklar kombinatimizning tarkibiy bo‘linmalaridan kelayotgan buyurtmalarga asosan rangli metallar va po‘latdan turli xildagi ehtiyot qismlarini tayyorlab, ularni buyurtmachilarga o‘z vaqtida yetkazib berayaptilar.
Hozirgi kunda ushbu sex mehnatkashlari tomonidan Elektrda po‘lat eritish, Temir-tersaklarni qayta ishlash, 1-son navli prokat va Ta'mirlash mexanika sexlariga kerakli bo‘lgan ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda.
Shundan so‘ng “Quyish-mexanika tsexi sharoitida 6ХБ2С-sinfli po‘lat quyish texnologiyasini o‘zlashtirish” loyihasi amaliyotga joriy etila boshlandi. Bu loyiha orqali mahalliylashtirish va import o‘rnini bosuvchi po‘latning yangi navlarini eritish texnologiyasini qo‘llagan holda kombinatning prokat ishlab chiqaruvchi sexlarini prokat mahsulotlarini kesish uchun yuqori sifatli pichoqlar bilan ta'minlash ko‘zda tutilgandi.
Malakali mutaxassislarning sa'y-harakatlari bilan yaqinda sexda po‘latning yangi 6ХБ2С sinfi o‘zlashtirildi va undan Ta'mirlash mexanika sexida prokat mahslotlarini kesish uchun pichoqlar tayyorlanmoqda.
“O'zmetkombinat" 2021-yil yakuniga ko'ra 1,08 million tonna metall buyumlar ishlab chiqardi, bu 2020-yilga nisbatan 6,5 foizga ko'p.
Do'stlaringiz bilan baham: |