Domna pechi to‘g‘risida umumiy ma’lumot. - Xozirgi zamon domna pechlari juda katta inshoatlar bo‘lib, bo‘yi 70 metirga etadi, hajmi 2700 m3 dan oshadi. Bitta domna pechida sutkasiga 480 t gacha cho‘yan ishlab chiqariladi. Domna pechlari qarshi oqimi tartibda ishlaydi, ya’ni yoqilg‘i (koks) ruda va flyus domna pechining tepasidan tushiriladi. Ular o‘z og‘irligi ta’sirida pechning tubiga tomon uzluksiz tushib turadi, pechning tubidan esa yoqilg‘ining yonishidan Hosil bo‘lgan yuqori temperaturali gazlar tepaga uzluksiz ko‘tarilib turadi.
Domna pechining tuzilishi. - Domna pechi beshta asosiy qismidan iborat: Gorn, zaplechnik, raspar, shaxta va kaloshnikdan iborat.
- Gorn. Bu domna pechining bu qismida yoqilg‘i yonadi, suyuq cho‘yan va shlak yig‘iladi.
- Gorning tubi leshchad deb ataladi. Suyuq cho‘yan shu leshchadga tushadi. Leshchaddan sal yuqorida suyuq, cho‘yan chiqarish uchun teshigi 2-ta va undan yuqorida shlak chiqarish uchun mo‘ljallangan teshik 4-ta hosil qilingan. Gorning yuqorida aylana bo‘ylab furmalar o‘rnatilgan. YOqilg‘ining yonishi uchun xavo shu furmalar orqali yuboriladi. Furmalar soni 16-ta va undan ortiqroq bo‘ladi. Qizdirilgan havo furmalarga trubadan keladi. Gornda temperatura 1800°S dan oshadi.
- Zaplechnik. Bu domna pechining bu qismida katta asosi tepaga qaragan kesik konus shaklida bo‘lib, unda temperatura 1900o S ga etadi va metal bilan shlak suyuqlanishi davom etadi.
- Raspar. Bu domna pechining keng qismi bo‘lib, silindr shakildadir. Rasparda tempearatura 1400° S gacha bo‘ladi. Domna pechining bu qismida ruda suyuqlana boshlaydi va shlak xosil qiladi.
- Shaxta. Bu domna pechining eng katta qismi bo‘lib, katta asosi pastga qaragan kesik konus shaklidadir. Domna pechining bu qismida ruda quriydi va darz ketadi. Bu erda temirning o‘z oksidlaridan qaytarilish jarayoni sodir bo‘ladi. SHaxtaning pastki qismida temperatura 1200 - 1300°S ga etadi. Tepada 200-300°S bo‘ladi.
- Koloshnik. Bu domna pechining eng ustki qismi bo‘lib, unga shixta solish aparati o‘rnatilgan, pechga shixta ulushlab tushiriladi, bu xar bir ulush kolosha deb ataladi.
-
Shixta solish aparati shixtani pechga bir tekisda taqsimlash uchun xizmat qiladi va pechga gazlarining atmosferaga chiqishi va atmosfera xavosining pechga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Domna pechining yon devoriga truba o‘rnatilgan bo‘lib, pechda xosil qilingan yonuvchi gazlar , karbonat angidrid, chang, azot aralashmasi gaz tozalash aparatiga yuboriladi. Bu gaz domna gazi yoki koloshnik gazi deb ataladi. Domna pechining temir betondan qilingan og‘ir fundamenti bo‘ladi. Domna pechining devori shamot g‘ishtidan terilgan bo‘lib, 12-20 mm li qalinlikda po‘lat kojux bilan qoplangan bo‘ladi. Gorn, zaplechnik, raspar va shaxta xajmlarini yig‘indisi pechning foydali xajmi deyiladi va 2000 m3 dan oshadi. Domna pechi beto‘xtov 6 yil ishlaydi.

Shixta solish aparati shixtani pechga bir tekisda taqsimlash uchun xizmat qiladi va pechga gazlarining atmosferaga chiqishi va atmosfera xavosining pechga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Domna pechining yon devoriga truba o‘rnatilgan bo‘lib, pechda xosil qilingan yonuvchi gazlar , karbonat angidrid, chang, azot aralashmasi gaz tozalash aparatiga yuboriladi. Bu gaz domna gazi yoki koloshnik gazi deb ataladi. Domna pechining temir betondan qilingan og‘ir fundamenti bo‘ladi. Domna pechining devori shamot g‘ishtidan terilgan bo‘lib, 12-20 mm li qalinlikda po‘lat kojux bilan qoplangan bo‘ladi. Gorn, zaplechnik, raspar va shaxta xajmlarini yig‘indisi pechning foydali xajmi deyiladi va 2000 m3 dan oshadi. Domna pechi beto‘xtov 6 yil ishlaydi
Domna pechining umumiy ko‘rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |