Metallmaslarning umumiy tavsifi. Galogenlar misolida ko’rgazmali tajriba malakalarini shakllantirish
Magdiyeva Dilafruz
REJA:
Metallmaslarning kimyoviy elementlar davriy sistemadagi o’rni. Atom tuzilishi.
Metallmaslarning umumiy xossalari
Galogenlarning davriy sistemadagi o’rni. Atom tuzilishi
Xlor, Vodorod xlorid, Ftor, Brom, Yod
Kimyoviy elementlar davriy sistemasida metallmaslar katta va kichik davrlar oxirida bosh guruhchalarda joylashgan. Metallmaslar p-elementlar oilasiga mansub (vodorod va geliy s-element). Ammo barcha p-elementlar ham metallmas boʻlavermaydi.
Kimyoviy reaksiyalarda metallmaslar atomlari oksidlovchi xossalarini namoyon qilib, elektronlarni biriktirib olishi mumkin. Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati bir davrda joylashgan metallmaslarda tartib raqami ortishi bilan kuchayib boradi, bu guruhda joylashgan metallmaslarda esa tartib raqami ortishi bilan kamayib boradi.

Elementlarning metallmaslik xossalari davrlarda tartib raqami ortgan sari kuchayib, guruhlarda esa kamayib boradi. Tashqi elektron pog’onasini tugallash uchun metallmas atomlar elektronlarni biriktirib oladi va oksidlovchilar hisoblanadi. Ular orasida elektronlarni eng shiddatli biriktirib oladigan ftor atomi hisoblanadi. Umuman olganda elektronlarni biriktirib olish qobiliyati quyidagi tartibda kamayib boradi:
F, O, Cl, N, S, C, P, H, Si
Bu elementlarni atomlarida elektronlar biriktirib olish xususiyatining kamayib borishi ular nisbiy elektromanfiyliklari qiymati kamayib borishiga mos keladi.
Metallmaslar tabiatda oddiy moddalar shaklida va turli birikmalar tarkibida uchraydi. Kosmosda vodorod va geliy eng ko'p tarqalgan metallmaslar boʻlsa, Yer qobigʻida (Yer qobigʻi massasiga nisbatan) kislorod (47%) va kremniy (27,6%) eng ko'p tarqalgan metallmas hisoblanadi.

Kislorod guruhchasi metallmaslari — xalkogenlar,
Ftor guruhchasi metallmaslari – galogenlar,
Geliy guruhchasi metallmaslari — inert gazlar deb ataladi.