Kimyoviy bog’lanish
Kimyoviy bog’lanishning quyidagi turlari mavjud.
Kovalent bog’lanish – Umumiy elektron juftlar hisobiga vujudga kelgan bog’lanish. Kovalent so’zi birlashgan degan ma’noni anglatadi.
METALLMAS--METALLMAS
Ikki turga bo’linadi:
a) Qutbsiz kovalent bog’lanish – elektromanfiylik qiymatlari teng yoki biroz farq qiladigan (0 dan 0,4 gacha) elementlar orasida hosil bo’lgan bog’lanish.
b) Qutbli kovalent bog’lanish – elektromanfiylik qiymatlari farq qiladigan(0,4 dan 1,8 gacha) elementlar orasida hosil bo’lgan bog’lanish.
Ionli bog’lanish – Qarama-qarshi zaryadli ionlar orasidagi o’zaro elektrostatik tortishuv kuchlari hisobiga vujudga kelgan bog’lanish. METALLMAS--METALL
Elektromanfiylik qiymati keskin farq qiladi. (1,8 dan katta.)
Metall bog’lanish – Nisbatan erkin elektronlarning metal ionlari bilan o’zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo’ladigan bog’lanish. METALL--METALL
Donor – akseptor bog’lanish – Bir elementning xususiy elektron jufti hamda ikkinchi elementning bo’sh orbitali hisobiga vujudga kelgan bog’lanish.
DONOR ZARRACHA—AKSEPTOR ZARRACHA
Vodorod bog’lanish – Elektromanfiyligi katta bo’lgan (F, O, N) elementlarning qisman musbat zaryadlangan vodorod atomi bilan hosil qilgan bog’lanish.
ELEKTROMANFIYLIGI KATTA ELEMENT---VODOROD---BOSHQA MOLEKULADAGI KUCHLI ELEKROMANFIY ELEMENT
Kovalent
– Kristal panjara tugunlarida molekula yoki atom tutadi
– Agregat holati: gaz, suyuq va qattiq moddalar
– Qaynash va suyuqlanish temperaturalari past(ba’zi vakillarida yuqori)
– Elektr tokini o’tkazishi:
a)qutbsiz bog’lanishli birikmalar o’tkazmaydi
b)qutbli bog’lanishli birikmalar o’tkazadi
– Eruvchanligi:
a) qutbsiz bog’lanishli birikmalar suvda erimaydi, qutbsiz erituvchi (benzol, spirt kabi) larda esa yaxshi eriydi, ionlar hosil qilmaydi
b) qutbli bog’lanishli birikmalar suvda yaxshi eriydi va ionlar hosil qiladi
– To’yinuvchanlik, yo’naluvchanlik, karralilik, qutblanuvchanlik xususiyatlariga ega
– Bog’lanish energiyasi yuqori
– Mo’rt bo’ladi
– Sublimatlanadi (J2, CO2 – quruq muz, naftalin)
Ion
– Ion kristal panjaraga ega
– Suyuqlanish va qaynash temperaturalari yuqori
– Bog’lanish energiyasi yuqori
– Qattiq holda elektr tokini o’tkazmaydi, suyuqlanmasi va eritmalari yaxshi o’tkazadi
– Suvda yaxshi eriydi va dissotsilanadi
– Qutbsiz erituvchilarda erimaydi
– Qattiqligi yuqori
– Yo’naluvchanlik, to’yinuvchanlik xususiyatlariga ega emas
– Har qaysi ion o’ziga teskari ishorali ionni istalgan yo’nalishida tortadi.
– Har qaysi ion o’ziga teskari ishorali ionni istalgan miqdorda tortadi
Metall
–Metall kristall panjaraga ega
– Kristal panjara tugunlari orasida erkin elektronlar harakatlanadi (elektron gaz yoki “daydi” elektronlar)
– Suyuqlanish va qaynash temperaturalari past(simob,fransiy,seziy) yoki yuqori(volfram,temir,xrom)
– Elektr tokini juda yaxshi o’tkazadi
– Issiqlikni yaxshi o’tkazadi
– Metall yaltiroqlikka ega
– Plastik va bolg’alanuvchan
– Bog’lanishi mustahkam. delokallashgan
Donor-akseptor
– Donor –––5,6,7 – bosh guruhcha elementlari
– Akseptor –––1,2,3 – bosh guruhcha elementlari va “d” elementlar
– Ham donor, ham akseptor ––– 4 – bosh guruhcha elementlari
Donor-akseptor bog’ quyidagi moddalar turida albatta mavjud bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |