Metallarni payvandlash. Payvandlanuvchanlik



Download 5,26 Mb.
bet3/19
Sana03.06.2022
Hajmi5,26 Mb.
#633649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
КМТ-маърузалар

Tekshiruv savollari.
1. Payvandlash asosan nimaga qarab klassifikatsiya qilinadi?
2. Payvandlanuvchanlik nima?
3. Stal 20, U12A po’latlarning qaysi biri yaxshi payvandlanadi.
4. Qanday chok turlarini bilasiz?

Termik payvandlash

  1. Elektrik yoy yordamida payvandlash. Fizik asoslari.

  2. Yoyning issiqlik harakteristikasi.

  3. Payvandlash yoyini ta’minlovchi manbalar.

  4. Payvandlash elektrodlari.

  5. Payavandlash rejimini belgilash.

Elektrik yoy yordamida payvandlash mohiyati
Issiqlik manbai bo’lib elektr yoyi xizmat qiladi, qaysiqi elektrod bilan zagotovka orasida yonadi. Elektrodlarning soni va ularning materialiga qarab, ularni hamda zagotovkani elektr zanjiriga ulanishiga qarab, yoy payvandlash quyidagi turlarga bo’linadi.
1. Erimaydigan elektrod (grafitli yoki volframli) bilan yoy to’g’ri ta’sir qiladi (rasm., a):
Bunda birikma asosiy metallning erishi hisobiga yoki qo’shiladigan metall erishi hisobiga bo’ladi.
2. Eriydigan elektrod (metall) bilan, yoy to’g’ri ta’sir qiladi (rasm., b). Bunda ham elektrod ham asosiy metall eriydi va birikma payvandlash vannasini to’ldiradi.
3. Bavosita (kosvenno) yoy yordamida payvandlash (rasm., v). Ko’pincha elektrodlar erimaydi.
4. Uch fazli yoy yordamida payvandlash (rasm., g).

6.4 -rasm.
Elektrik yoy payvandlash sxemalari:
a-erimaydigan elektrod bilan; b-eriydigan; v-bavosita yoy yordamida;g-uch fazli yoy yordamida.
1-elektrod; 2-elektrik yoy; 3-asosiy metall; 4-qo’shiladigan metall; 5-bavosita yoy; 6-uch fazli yoy.


6.5 Elektr yoyi haqida tushuncha va uning xususistlari.

Ikkita elektrod orasidagi gaz muxitida atmosfera bosimi ostida ma’lum va^t utib turadigan elektrik razryad payvandlash yoyi deyiladi.




6.5-rasm. Metall elektrod bilan payvandlanuvchi metall orasida elektr yoinni yondirish sxemasi: a-elektrodning qisqa; b-suyuq metall yupqa pardasining hosil bo’lishi; v-buyin hosilbo’lishi; g-elektr yoyining hosil bo’lishi.

Yoy metall elektrod bilan payvandlanayotgan metall orasida yenib metall vannasini hosil qiladi. Yoy ustunida temperatura 6000°S ga, anod va katod uyalarida 2000-3000°S ga yetadi. Yoy hosil qilish uchun elektrod uchini asosiy metallga bir on qisqa to’tashtirib, 3-bmm uzoqlashtirish kerak. Bu jarayonii tushunib olish uchun yoy hosil qilish ketma-ketligini kuzatamiz. Elektrodni metallga tegizishda uning tegib turgan nuqtalaridagi zichligi nixoyatda katta: 20-100 Q/mm2. Bu tok ayrim-ayrim kontakt nuqtalardan utib ularni shu ondaek suyuqlantirib yuborati. Natijada elektrod bilan metall orasida metallning yupqa pardasi hosil bo’ladi. Keyingi dakikada, ya’ni payvandchi elektrodni yanada uzoqlashtirishida suyuq metallda buyin hosil bo’ladi. Buyinda tok zichligi, binobarin, metall temperaturasi yanada ortadi. Bu suyuq metallni bug’lanishga olib keladi va natijada buyin o’ziladi va oraliq gazlar bug’larga to’ladi.


Elektrodning qizigan yuzasidan elektronlar (elektrik mayon ta’sirida) katta tezlikda uchib chiqib asosiy metall (anod) tomon harakatda oraliqdagi gaz moleqo’lalari (metall bug’i atomlari) bilan urilib, ularni ionlashtiradi. Natijada yoy oraligidagi muxit elektr utkazgich muxit bo’lib qoladi va u orakli elektr toki o’taveradi. (Razryad mavjud)
Gazda elektronlar, musbat ionlar, manfiy ionlar bo’lganda bunday gaz ionlashgan gaz deb ataladi. Moddalarning elektr toki bilan zaryadlargan zarrachalari ionlashgan gaz muxitida elektr energiyasini tashiydi.

6.6 - rasm. Gazning hajmiy ionlash jarayoni sxemasi; 1-katod; 2-katod dogi;3-yoy ustupi; 4 -anod dogi; 5- anod; E1, E2-katta tezlikda harakatlanuvchi elektronlar; A1, A2-neytral atomlar; E'2-kichik tezlikda harakatlanuvchi elektronlar; -I-manfiy ion; +I-musbat ionlar.

Rasmda ko’rsatilganidek, katod gazidan erkin elektronlar uchib chi^a boshlagan bulsin. Bu xodisa elektronlar emissiyasi deb ataladi. Elektr maydoni ta’sirida katod zonasida elektronlar harakati keskin suratda tezlashadi. Katta harakat energiyasiga ega bo’lgan elektronlar gazning neytral atomlariga kelib urilganida nisbatan og’ir va shuning uchun ham unchalik harakatchan bulmagan atom kobigidan bir yoki bir necha elektronni urib chiqaradi. Ana shu elektronlar musbat zaryadlangan anodning elektr maydoni ta’sirida nisbatan yeekinroq tezlikda anodga tomon harakatlanadi. Manfiy elektr zaryadning bir qismini yo’qotgan atom esa musbat ionga aylanib, manfiy zaryadlangan katodga intiladi. Musbat ion katod yuzasiga kelib urilib, undan elektronlarni urib chiqaradi va bu elektronlardan bir qismini olib, yana neytral atomga aylanadi. Elektronlarning qolgan qismi esa yoy ustun orqali anodga boradi


Manfiy ionlar neytral atomlardan, ularning erkin elektronlarini tortib olish natijasida hosil bo’ladi. Hamma kimyoviy elementlar ham manfiy ionlarni hosil qila olishi mumkin bulmagani uchun ionlashgan gazlarda manfiy ionlar musbat ionlarga Karaganda kamroq bo’ladi.



Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish