4
3. Shtamplash mashinalari
Shtamplash bolg‘alarining oddiy temirchilik bolg‘alaridan farqi shundaki,
bularda shtamp pallalari o‘zaro aniq urilishi uchun baba yo‘naltiruvchisi rostlanib
zarbda shtampning yarim pallalari bir-biriga aniq tushishi lozim. Bolg‘a stoykalari
bevosita shabotga o‘rnatilgan bo‘lib, zarb ta’siridan staninada hosil bo‘ladigan
kuchlanishdan va bolg‘aning ayrim elementlarini sinishdan saqlash uchun asosiga
mahkamlanish boltlarining gaykalari ostiga elastik prujinalar qo‘yiladi.
Shtamplashda aniq shaklli buyum hosil qilish uchun zarur bo‘ladigan aniq zarb olish
maqsadida shabotning og‘irligi bolg‘aning tushuvchi qismlari og‘irligidan 20
baravar ortiqroq qilinadi. Tushuvchi qismlarning og‘irligi 0,5 dan 20
t
gacha bo‘lgan
bolg‘alar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: