70-rasm.
Krivoship shtamplash pressi sxemasi:
1 – dvigatel; 2 – raaxovik; 3 – val; 4 – krivoshipli val; 5 va 6 – tishli g‘ildiraklar; 7 – friksion
mufta; 8 – lentali tormoz; 9 – shatun; 10 – polzun; 11 – stol.
5. Pokovkalarni uzil-kesil ishlash
Metallarni qizdirib shtamplash jarayonining yakunlovchi operatsiyalariga
pitrlarni qirqish, teshiklar ochish, pokovkalarni tekislash, termik ishlash, tozalash va
ba’zida sovuqlayin kalibrlash ishlari kiradi.
Pitrlarni qirqish.
Pitrlar qizigan holatda ham, sovigandan keyin ham qirqiladi.
Bu metall xossasiga bog‘liq, masalan, legirlangan va ko‘p uglerodli po‘latlar
shtamplanganda ularning pitrlari qizigan holatida kesiladi, chunki sovigandan keyin
kesilsa, darzlar hosil bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |