66-rasm.
Bug‘-gidravlik pressning sxemasi:
1 – plita; 2 – kolonna; 3 va 4 – bayok; 5 – traversa; 6 – plunjer; 7 va 8 – silindr; 9 –
truboprovod; 10 – klapan; 11 – kichik silindr; 12 – shtok; 13 – bug‘ silindri; 14 –
porshen; 15 – rezervuar; 16 – dasta.
Bolg‘aning ish silindrida baba porsheni yuradi va u shatun orqali krivoshipdan
harakatga keltiriladi. Silindr (9) kompressor vazifasini bajaradi. Kompressor silindri bilan
ish silindri yuqorigi va pastki kanallar vositasida o‘zaro tutashtiriladi, bu kanallar havo
taqsimlovchi 6 va 7 mexanizmlar vositasida rostlanadi. Kompressor porsheni pastga
tomon harakatlanganda ish silindr porsheni yuqorigi va pastki bo‘shliqlaridagi havo
bosimlarining o‘zgarishlari natijasida pastga tushadi.
Zarblar soni krivoshipning aylanishlar soniga teng, ya’ni o‘zgarmas bo‘ladi. Bu
bolg‘alarning pastga tushuvchi detallar massasi 1–8 bo‘lib ularda massasi asosan 20–350
kg. gacha bo‘lgan pokovkalar olinadi
.
Gidravlik bolg‘alash presslari.
Bunday presslardan birining tuzilish sxemasi 66-
rasmda ko‘rsatilgan.
U to‘rtta po‘lat kolonna (2) yordamida yuqorigi plita (arxitrava) bilan bog‘langan,
pastki plita (1) dan iborat (arxitrava rasmda ko‘rsatilmagan). Pastki qisuvchi muhra (
3)
pastki plitaga, yuqorigisi muhra (
4)
esa harakatlanuvchi traversa (5) ga mahkamlangan,
bu traversalarning harakatini kolonnalar (2) yo‘naltiradi. Traversa arxitrovkaga
mahkamlangan silindr (7) ga kiradigan plunjer (
6)
ta’sir etadi. Traversani dastlabki
vaziyatga qaytarish uchun qaytaruvchi silindrlar (
8)
dan foydalaniladi; bu silindrlarga bug‘
9
8
7
8
1
2
3
4
5
6
15
16
11
12
13
14
8
qozondan yoki havo kompressordan keladi. Bunda ish suyuqligini (suvni) silindr (7) dan
plunjerli truba (
9)
va ochiq klapan (
10)
orqali rezervuar (75) ga haydaydi, natijada bu
yerdagi bosim 2–4
at
ga yetadi. Pressning ish sikli oldidan silindrlar (
8)
ning porshenlari
ostidagi bug‘ chiqariladi va yuqori bosimli trubo (9) kichik silindr (
11)
hamda ish silindri
(7) suv bilan to‘ldiriladi. Suv esa havo klapani orqali ish silindri (7) kichik silindr (
11)
ga
va yuqori bosimli gidravlik rezervuar (
15)
dan to‘ldirish klapani (
10)
orqali yuboriladi.
Shundan so‘ng klapan (
10)
berkitilib, multiplikatorga bug‘ (yoki siqilgan havo) 7–10
at
bosim ostida kiritiladi, multiplikator shtok (
12)
ga o‘tkazilgan porshen (
14)
li katta bug‘
silindri (
13)
dan iborat shtok (
12)
ning yuqorigi uchi kichik gidravlik silindr (
11)
ning
plunjeri vazifasini bajaradi. Multiplikatorning ishi suyuqligida hosil bo‘ladigan bosim
350–600
at
ga yetadi. Press richaglar tizimi orqali dasta (
16)
bilan boshqariladi.
Presslarda bolg‘alash operatsiyalarni bajarish uchun k prik kranlar va
manipulyatorlardan foydalaniladi. Manipulyator aravagacha o‘rnatilgan, mashinaning
xartumiga mahkamlangan mexanikaviy qisqichi bo‘lib, pokovkani qamrab olish uchun
xizmat qiladi. Mashinaning xartumi istalgan yo‘nalishda turlicha harakatlanishi mumkin.
Manipulyatorlar («temir qo‘llar») 2 dan 20 m gacha yuk ko‘tara oladigan qilib yasaladi.
Zagotovkalarni tanlash, bolg‘alashga tayyorlash, qizdirish, bevosita bolg‘a yoki
press ostida ishlash natijasida uni kutilgan shaklli va o‘lchamga o‘tkazish va pokovka
sifatini tekshirish ishlari texnologik jarayonga kiradi. Pokovka ishlab chiqaruvchi
zavodlarda pokovkalar olishning texnologik kartalari tuzilib, unda pokovka chizmasi
bolg‘alash operatsiyalari va bajarish ketma-ketliklari qayd etiladi.
Shuni qayd etish zarurki, zagotovka tanlashda ishlov operatsiyasiga ko‘ra, masalan,
cho‘ktirish usuli bilan pokovka tayyorlashda zagotovka egilib ketmasligi uchun doiraviy
kesimli zagotovkaning bo‘yi diametridan, ko‘pi bilan 2,5 marta ortiq bo‘lishi kerak. Agar
pokovka cho‘zish usuli bilan tayyorlanadigan bo‘lsa, zagotovkaning ko‘ndalang kesimi
pokovkaning eng katta ko‘ndalang kesimidan bolg‘alanish darajasiga teng holda katta
bo‘lishi kerak. Prokat zagotovkalari uchun bolg‘alanish darajasi 1,1–1,5 bo‘ladi. Bu holda
bolg‘alanish darajasi metallning mexanikaviy xossalarini oshirish va uning
makrostrukturasini yaxshilash maqsadidagina emas, balki asosan, bolg‘alash jarayonda
zarur ko‘ndalang kesimli pokovka hosil qilish uchun hisobga olinadi. Bolg‘alanish
darajasi detalning tolalari yo‘nalishi bilan detal ishlashida unga ta’sir etuvchi
kuchlanishlar yo‘nalishlari tomon keladigan holga olib borilsa, ko‘ngildagidek bo‘ladi.
Yirik pokovkalar uchun mo‘ljallangan quymalarni bolg‘alash billetirovka
operatsiyasidan boshlanadi. Bu operatsiyada qobiq osti nuqsonlar ochilib, darz, yuluq va
9
boshqa sirtqi nuqsonlarga aylanishining oldini olish maqsadida zagotovkaning qirra va
yoqlarini kuchsizroq siqiladi. So‘ngra katta kuch bilan bolg‘alanishi mumkin.
Pokovkalardan tayyorlashga mo‘ljallangan detallarni loyihalashda bolg‘alash
texnologiyasi xususiyatlarini nazarda tutish va bu detallarning oddiy, simmetrik, to‘g‘ri
tekisliklar bilan chegaralangan aniq shaklli bo‘lishiga harakat qilish kerak. 67rasmda
bolg‘alanishi to‘g‘ri maqbul bo‘lgan
(a)
va noto‘g‘ri maqbul bo‘lmagan
(b)
shakllar
ko‘rsatilgan.
67-rasm.
Pokovkalar shakllarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlanishiga
misollar: a – to‘g‘ri; b – noto‘g‘ri.
Pokovkalar, bolg‘alash yo‘li bilan noto‘g‘ri olingan b lsa, mexanikaviy ishlashga
bu esa detallarni qimmatlashtirib yuboradi. Xuddi shu sabablarga ko‘ra, bobishkalar,
bikrlik qovurg‘alari, ichki yuzalarda chiqiqlar bo‘lmasligiga ham harakat qilish lozim.
a
b
Do'stlaringiz bilan baham: |