1
METALLARNI BOLG‘ALASH
1. Umumiy ma’lumot
Qizdirilgan metallni bolg‘a babasining boyogi zarbi (yoki press bosimi) ta’sirida
deformatsiyalash jarayoni
erkin bolg‘alash
deb ataladi. Bolg‘alash natijasida zarur shaklli
pokovka olinibgina qolmay, uning strukturasi, binobarin, xossasi ham yaxshilanadi.
Shuning uchun og‘ir sharoitda ishlovchi mashina detallar zagotovkalari (tishli g‘ildiraklar,
turbina rotorlari, disklari, vallari, shatunlar) erkin bolg‘alash yo‘li bilan olinadi.
Odatda, zagotovka sifatida og‘irligi 1
t
gacha bo‘lgan pokovkalar uchun sort prokat
mahsulotlaridan, og‘irligi 2-3
t
li pokovkalar uchun prokatlaridan va og‘irligi 200
t
va
undan ortiq bo‘lgan yirik pokovkalar olishda quymalardan foydalaniladi. Pokovkalar
kamdan-kam dastaki, ko‘proq mashinalarda bolg‘alash yo‘li bilan olinadi. Dastaki
bolg‘alash usulining ish unumi haddan tashqari pastligi sababli undan, asosan, ta’mirlash
ishlarida, mayda pokovkalar olishdagina foydalaniladi. Mashinada bolg‘alash usuli
pokovkalarni ko‘plab ishlab chiqarishda va katta pokovkalar olishda keng qo‘llaniladi.
2.
Erkin bolg‘alashdagi asosiy operatsiyalar
Bolg‘alash yo‘li bilan olinadigan pokovkalarni olish texnologik jarayon ma’lum
ketma-ketlikda bajariladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo‘ladi.
Shuni ham qayd etish kerakki, birgina bolg‘alash operatsiyalaridan tashqari
pokovkani tayyorlash texnologik kartalarda qayd etiladi, unda zagotovkani bolg‘alashga
tayyorlash operatsiyalari (qirqish, o‘lcham va sifatlarini kuzatish, qizdirish va boshqalar)
ham kiradi.
2
62-rasm.
Asosiy bolg‘alash operatsiyalari sxemasi:
a – cho‘ktirish; b – cho‘zish; d – teshish; e – bukish; f – burash g – kesish; h –
payvandlash.
Erkin bolg‘alash jarayonining asosiy operatsiyalariga quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin:
1.
Cho‘ktirish – zagotovkaning ko‘ndalang kesimini bo‘yi hisobiga
kattalashtirish (62-rasm, a).
2.
Mahalliy cho‘ktirish – zagotovkaning bir qisminigina ko‘ndalang kesimini
kattalashtirib, bo‘y o‘lchamlarini qisqartirish.
3.
Cho‘zish – zagotovkaning uzunligini ko‘ndalang kesimi hisobiga uzaytirish
(62-rasm, b).
4.
Mahalliy cho‘zish zagotovkaning ma’lum qisminigina cho‘zish.
5.
Yumaloqlash – zagotovkani aylantirib ketma-ket zarblash yoki uni siqish
yo‘li bilan doiraviy jism shakliga keltirish.
6.
Qisman yumaloqlash – zagotovkani aylantirib ketma-ket zarblash yoki uni
siqish yo‘li bilan bir qismini yumaloqlash.
7.
Teshish – zagotovka bir qismini siqib chiqarish hisobiga bo‘shlik hosil qilish
(62-rasm, d).
8.
Teshikni kengaytirish – zagotovka bo‘shligi yoki teshigining o‘lchamlarini
kattalashtirish.
3
9.
Bukish – zagotovkani zarb bilan bukish (62-rasm, g).
10.
Tekislash – zagotovka yuzasini zarb bilan ishlash yo‘li bilan bir tekis qilish.
11.
Kesish – metallning bir qismini ikkinchi qismidan kesib ajratish va boshqalar.
63-rasmda esa bolg‘alashda ishlatiladigan ba’zi asboblar keltirilgan.
63-rasm.
Metallarni bolg‘alashda ishlatiladigan asboblar: a – bolg‘acha; b –
bosqon; d – sandon; e – ombirlar; f – silliqlagichlar; g – qisqichlar: (1 – ustki; 2 –
ostki), h – podboykalar: (1 – ustki; 2 – ostki), i – zubilolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |