Glossariy Material - materialning bir qismi bо‘lgan modda.
Texnologiya - biron narsani tayyorlash uchun tayyorlash ishlarning ketma-ketligi
Metal qotishmalar - bir necha xil metallarni yoki metallarni metall bо‘lmagan jismlar bilan suyuqlantirib (yoki qizdirib) aralashtirish natijasida olingan murakkab modda.
Qattiq eritmalar - bir jinsli suyuq eritmalarning qattiq holatga о‘tishi.
Kimyoviy birikmalar. Turli metallardan yoki metall va metallmas moddadan hosil bо‘lgan qotishma.
Likvidus - lotin tilida suyuq.
Solidus – qattiq.
Evtektika - suyuq qotishmadan bir vaqtda kristallanadigan ikki yoki undan ortiq kristall turlari hosil qiladigan mexanik aralashma.