Metall konstruksiyada ishlatiladigan materiallarning asosiy xususiyatlari



Download 65,73 Kb.
bet1/5
Sana05.07.2022
Hajmi65,73 Kb.
#741322
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3- amaliy mashg’ulot. Po’lаtning аsоsiy hususiyatlаri.


3- amaliy mashg’ulot. Po’latning asosiy hususiyatlari.


METALL KONSTRUKSIYaDA IShLATILADIGAN MATERIALLARNING ASOSIY XUSUSIYaTLARI
Metall konstruktiv material bo‘lganligi tufayli uning mexanik xususiyatlariga, payvandlanuvchanligiga va uzoq muddat ishlashiga qarab baholanadi. Po‘latni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, mo‘rtlik

darajasi, yuqori haroratda «oquvchanligi» sifatini belgilaydi. Payvandlanuvchanlik po‘latning kimѐviy tarkibiga va uni ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq.


Konstruksiyada po‘latning uzoq muddat ishlashiga va uning kuchlanganlik holatiga konstruksiyaning shakli, tashqi ta’sirlarning turlari va miqdori, yo‘nalishi va ta’sir tezligi, muhitning tajovuzkorlik darajasi va harorati katta ta’sir ko‘rsatadi.


2.1. Materiallarning asosiy xususiyatlari
Mustahkamligi bo‘yicha po‘latlar uchta guruhga bo‘linadi:

  1. Mustahkamligi oddiy Ryn= -185285 MPa, Run= -365390 Mpa;

  2. Mustahkamligi yuqori Ryn= -295390 MPa, Run= -430540 Mpa;




  1. Mustahkamligi baland Ryn= - 440 ∞ MPa, Run= - 590 ∞ MPa.

Po‘latlarning mexanik xususiyatlari ichki atom tuzulishiga bog‘liq. Uning asosini ferrit degan zarrachalar tashkil qiladi. Ferrit o‘zi kam mustahkamga ega va o‘ta plastik materialdir. Uning mustahkamligini oshirish uchun uglerod qo‘shiladi (kam uglerodli po‘lat) ѐki boshqa metall qo‘shishadi (marganes, kremniy, vanadiy, xrom va b.). Legirlash va tovlash usullar bilan baland mustahkamlikga ega po‘lat olinadi. Kam uglerodli po‘latning atom strukturasi kub shakliga o‘xshagan. Kub markazida uglerod atomi joylashadi, qirralarining uchida temir G‘e atomi turadi.


G‘e3S-qorishma ferrit, karbid-sementit paydo bo‘ladi.
Kam legirlangan po‘latlarning atom strukturasi ham kam uglerodli po‘latning atom tuzilishiga o‘xshaydi.

Legirlashtirishda qatnashadigan kimѐviy elementlar bilan tanishamiz. Uglerod «U» po‘lat mustahkamligini oshiradi, plastiklik xususiyatini


kamaytiradi, payvandlash imkoni pasayadi. Shuning uchun qurilishda ishlatiladigan po‘latlarda uglerod 0,22% gacha bo‘lishi mumkin.


Kremniy «S» po‘lat mustahkamligini oshiradi, payvandlash imkonini pasaytiradi va zanglashga qarshiligini kamaytiradi. Shuning uchun, kam uglerodli po‘latda 0,3 % ,legirlangan po‘latda esa 1%gacha bo‘ladi.


Marganes «G» metallning mustahkamligini, qayishqoqligini oshiradi va po‘latga aralashgan oltingugurt bilan birikib, uning zararli ta’sirini kamaytiradi. Ammo, marganes miqdori 1,5% dan ortsa, unda po‘lat mo‘rt bo‘lib qolish xavfi bor.


Mis «D» mustahkamlikni va zanglashga qarshilikni oshiradi. Lekin, 0,7% dan ko‘payganda po‘lat tez eskirib qolishiga sabab bo‘ladi.


Xrom «X», vanadiy «F», volfram «V», molibden «M», titan «T», nikel «N»- bularning hammasi po‘lat mustahkamligini oshiradi va ayrimlari plastik xususiyatini ham oshiradi.

Turli toifali po‘latlarni kimѐviy tarkibini ifodalash uchun GOSTlarda quyidagi belgilash tartibi qabul qilingan: Dastlabki ikkita raqam foyizning yuzdan bir ulushida uglerodning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi, xarflar bilan esa po‘latning tarkibiy qismini tashkil etuvchi kimѐviy elementlarning shartli nomlari belgilanadi. Xarfdan keyingi raqamlar esa shu elementning foiz hisobidagi miqdorini ko‘rsatadi. Agar bu miqdor bir foizdan kam bo‘lsa u ko‘rsatilmaydi. Po‘latning tarkibiga kirgan qo‘shimcha elementlar miqdori 0,3% kam bo‘lganda ular belgida ko‘rsatilmaydi.





Download 65,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish