Metaforaning badiiy sanʼat hosil qilish xususiyatlari



Download 127,91 Kb.
bet8/15
Sana17.11.2022
Hajmi127,91 Kb.
#867677
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Metaforaning badiiy sanʼat hosil qilish xususiyatlari

Rahmi kelib bulutning
Yig’lab to’kar yoshini.
Qushlar qochar, majnuntol
Ko’taradi boshini. (―Manzara‖)
Rahmi kelish, yig’lash, yosh to’kish, bosh ko’tarish kabi xususiyatlar insonlarga xos bo’lib, shoir ularni bulut va majnuntolga ko’chiradi. Bu holat tabiat manzarasining shunchaki tasvirini emas, uning inson qalbi tomonidan qanday qabul qillinishini ifodalash maqsadida berilgan. Bunda inson faqatgina kuzatuvchi emas, ona tabiatning dardkashi sifatida jonlanadi va xuddi shu tuyg’u kitbxon ruhiyatiga ham ko’chadi.
Nozik didli faqatgina insonga xos xususiyatlarni jonsiz narsalarga emas, hayvon va qushlar jonsiz narsalarga xos xususiyatlarni insonga ko’chirish usullaridan ham unumli foydalanadi. Ma‘lumki, sayrash kushlarga xos harakatdir. U metaforik yo’l bilan insonlarga ham ko’chirish mumkin. Bunda mazkur so’z nutq vaziyatiga ko’ra gapirish harakatiga nisbatan so’zlovchining subyektiv munosabatini ifodalashda qo’llaniladi. Masalan:
Hay‘atlarda kekkayib, Yayrab yurar Matmusa. Biz undoq, biz bundoq deb,
Sayrab yurar Matmusa. (―Matmusaning charxpalagi‖)
Bu misrada sayramoq leksemasi ko’p gapirmoq, maqtanmoq, vaysamoq ma‘nolarida qo’llanganligi sababli konnotativ ma‘no yuzaga chiqqan. Shoir aynan sayramoq so’zini tanlash orqali baho munosabatini ifodalab pragmatik ma‘no hosil qilgan.
E.Vohidov she‘riyatida sifatlarning metaforik ma‘noda qo’llanishi konnotativ ma‘noga yo’l ochadi. Quyida kishining yosh belgisini ifodalovchi qari leksmasi muayyan predmetning, ya‘ni dunyoning belgisi sifatida qo’llangan:
Ne davronlar kechmish qoldirib shuhrat, Barchasiga shohid bu qari dunyo (―Iltijo‖)
Bu o’rinda qari leksemasi uzoq umr ko’rgan kishi ma‘nosini anglatmaydi. Uning dunyo so’ziga nisbatan qo’llanishi natijasida dunyoning qadimiyligi, uning ko’p voqealarga shohid bo’lganligi ifoda etiladi. Shoir mazkur o’xshatish orqali dunyoning boqiyligi to’g’risidagi oddiy haqiqatga ishora qiladi. Natijada, qari leksemasining metaforik qo’llanilishi pragmatik mazmunga yo’l ochgan. Pragmatik mazmunning yashirin ko’rinish kasb etishi esa she‘rning ta‘sirchanligini yanada oshirgan.
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov o’z she‘rlarining ta‘sirchanligini, obrazliligini oshirishda, umuman, konnotativ ma‘no hosil qilishda metaforalardan unumli foydalangan.

    1. Download 127,91 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish