Metaforaga berilgan ta‘rif uning tabiatini ko’rsatib bergan bo’lsa-da, amalda metaforani ajratib olish ancha qiyin. Metaforaga yondosh va o’xshash hodisalar anchagina bo’lib, ko’pincha ular metafora deb atalaveradi. Metaforaning yondosh hodisalardan farqi uni shu xil hodisalar bilan qiyosan olib o’rganganda ochiladi. Shuning uchun biz quyida metaforaning turli yondosh hodisalar bilan munosabatini ko’rib chiqamiz.
Metafora va ko‘p ma’nolilik. Metaforani ko’p ma‘nolilikni yuzaga keltiruvchi usullardan biri sifatida baholash an‘ana tusiga kirgan1. Bu bahoga qanchalik qo’shilish yoki qo’shilmaslik, avvalo, ko’p ma‘nolilik tushunchasini baholashni talab qiladi. Ko’p ma‘nolilik ilmiy tilshunoslikda, shuningdek, polisemiya va polisememiya atamalari bilan ham belgilanadi.
Polisemiya atamasi bir muncha keng tarqalgan bo’lib, masala mohiyatiga nazar tashlash bu atamaning o’zi belgilayotgan hodisa tabiati bilan mos kelavermasligini ko’rsatadi. Semalar – ya‘ni mazmun sememaning eng kichik bo’laklari deyarli hamma so’zda ham ko’p bo’ladi. Ko’p ma‘nolilik hodisasi esa semalarning emas sememalarning ko’p bo’lishini nazarda tutadi. Polisemiya atamasining bu kamchiligini sezib, Sh.Rahmatullaev polisememiya atamasini qo’llaydi va metaforani polisememiyani yuzaga keltiruvchi vositalardan biri deb baholaydi. Polisememiya tildagi eng aktiv hodisalardan biri hisoblanadi. Sh.Rahmatullaev hozirgi o’zbek adabiy tilidagi leksemalarning deyarli yarmi polisemantik ekanligini ta‘kidlaydi2. Semema so’zning ma‘no qismi bo’lib, unga muayyan ifoda (shakl) qismi mos kelishi kerak. So’zning yangi semema kasb etishi yangi so’z berishi lozim. A.A.Potebnya ana shu xususiyatga e‘tibor berib, masalani keskin xal etadi: ―... ko’p ma‘nolilik yolg’on tushunchadir: qaerda ikkita ma‘no bor, o’sha yerda ikkita so’z bor‖3. Albatta, bu fikrga qo’shilish qiyin. Bunday fikrlash metaforik qo’llangan so’zlarni ham yangi so’z deb nomlashga olib kelgan bo’lur edi va A.A.Potebnyaning o’zi shu xil yo’l tutadi. Ammo bu fikrda ayrim ratsional jihatlar ham yo’q emas. Agar sememani so’zning mohiyati, mazmuni deb olsak, mohiyat bir nechta bo’lmaydi. Mohiyat yagonadir. Yangi mohiyat, u naqadar boshqasiga o’xshamasin, yangi materiyadir. To’g’ri, mohiyat xilma-xil ko’rinishga ega bo’la oladi. Biroq bu uning serqirraligidan darak beradi, xolos. Uning har bir qirrasini alohida bir mohiyat deb tushunish emprizmga xos bo’lib, nazariya yaratuvchini mutlaqo qoniqtirmaydi. Bizningcha, metafora haqiqatan ham polisemiya (poliseme-miya) ni yuzaga keltirishda qatnashadi. Biroq polisememiya – bu metafora (yoki nom ko’chishning bir biror usuli) emas, yangi hodisadir. Metaforik va nometaforik so’zlarning komponent tahliliga nazar tashlasak, buni yaqqol ko’ramiz:
Metaforik so’z: Bosh – 1) a‘zo;
yuqorigi, birinchi;
miya joylashgan qism;
asosiy.
Polisemik so’z: Turmoq – 1) harakat-holat
tik holat;
o’rinlashgan holat;
g) o’rinlashmagan holat.
Har ikki so’zda ham to’rtta sema (shartli) ajratiladi. Farqi shundaki, bosh so’zning semalari alohida-alohida ham (metaforik qo’llanganda), hammasi birga ham (nometaforik) yuzaga chiqa oladi. Qiyoslang: boshim qattiq og’riyapti – nometaforik ifoda, hamma semalarbirga yuzaga chiqadi. Ko’cha boshida paranjili ayol ko’rindi – metaforik ifoda, 2-sema yorqinlashgan, qolganlari xiralashgan. Aql yoshda emas, boshda – metaforik ifoda 3-sema yorqinlashgan. So’zning bosh ma‘nosi ... metaforik ifodada 4-sema yorqinlashgan. Polisemantikso’z semalari esa bu xil imkoniyatga ega emas, 1-sema bog’lovchi, umumlashtiruvchi bo’lib, u 1 = (v) (yigit daraxt tagida turibdi), 1= (b) (kitob stolda turgandi), 1
= (v) (qiz cho’chib o’rnidan turdi) nisbatlarida yuzaga chiqishi mumkin. Asta-sekin shu nisbatlardan biri uziladi va omonimiya vujudga keladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, metafora polisemiya shakllanishida rol o’ynaydi. Biroq polisememiya shakllanishi bilan bu ikki hodisa orasidagi bog’liqlik uziladi. Polisememiya na unisi va na bunisining ko’rinishi yoki turi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |