Metaforaning badiiy sanʼat hosil qilish xususiyatlari


Metafora va vazifadoshlilik



Download 127,91 Kb.
bet11/15
Sana17.11.2022
Hajmi127,91 Kb.
#867677
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Metaforaning badiiy sanʼat hosil qilish xususiyatlari

Metafora va vazifadoshlilik. Biror narsaning nomi boshqasiga ular bajargan vazifadagi o’xshashlik asosida ko’chirilishi funksional ko’chirish deyiladi (lotincha funktio – ―faoliyat‖,
―vazifa‖). Funksional ko’chirish ham o’xshashlik asosida bo’ladi. Bu jihatdan u metafora yo’li bilan ko’chirishga juda yaqin turadi. Farqi shundaki, metafora yo’li bilan ko’chirishda predmetlar orasidagi tashqi ko’rinishi jihatidan, material jihatidan o’xshashlik asosga olinsa, funksional ko’chirishda vazifa jihatidan o’xshashlik nazarda tutiladi. Masalan, qush tanasida uchish uchun xizmat qiluvchi a‘zo qanot deyiladi. Shunga o’xshash vazifani bajaruvchi qism samolyotga nisbatan ham qanot deb nomlangan.
Biz metaforaning asosida nomsiz narsada mavjud bo’lgan motivlar, metaforik qo’llanuvchi so’z semalari orasidagi mutanosiblik, o’xshashlikni
ko’rgan edik. Bu mutanosiblik qanday jihatlarni (rang,shakl, vazifa va hokazo) qamrab olishi ahamiyatsiz. Shuningdek, mutanosiblik bir necha jihatli bo’lishi ham mumkin. Sh.Rahmatullaev ana shu jihatni ham qayd etadi: ―Funksional ko’chirishda ko’pincha shakliy o’xshashlik ham qatnashadi.
Metafora va metonimiya. Metonimiya ham nom ko’chish ususli bo’lib, narsalar orasidagi obyektiv bog’liqlikka asoslanadi. Bog’liqlik asosidagi ko’chish bir necha xil bo’lishi mumkin:

  1. Narsa nomi – shu narsa asosidagi boshqa bir narsa bir narsaga ko’chadi: Dasturxon

– stolga yoziladigan mato // dasturxon ishtaxamni ochib yubordi (dasturxondagi ovqatlar).

  1. Bir narsaning shu narsaga asoslangan o’lchov birligi nomi bo’lib xizmat qiladi: bosh, kalla – ―bosh‖ o’lchov birligi: ikki bosh uzum, bunda metafora ham qatnashadi – shakliy o’xshashlik bor.

  2. Bir narsaning nomi shu predmetdan hosil bo’ladigan predmetga ko’chadi: til (nutq a‘zosi), til (nutq).

  3. Belgining nomi shunday belgisi bor narsaga ko’chiriladi – ko’k (rang nomi) – ko’k (osmon)

Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib, Eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.
Cho’lpon. (―Go’zal‖)

  1. Harakatning nomi shu harakat natijasida hosil bo’ladigan narsaga ko’chiriladi: to’ymoq – to’y.

Metonimiyaning muayyan ko’rinishi – sinekdoxa butun va qism orasidagi bog’liqlikni nazarda tutadi. Metonimiya va metafora orasidagi farq nom ko’chish asoslaridadir. Metaforaga o’xshashlik, metonimiyaga bog’liqlik asos bo’ladi. Bu eng asosiy farq bo’lib, o’xshashlik va bog’liqlik munosabatlari orasidagi tafovut bu farqni yanada kuchaytiradi.
Bu tafovut shundaki, o’xshashlik qaysidir darajada erkin, ya‘ni subyekt o’xshashlikni ochadigina emas. Noo’xshash narsalar orasida mutanosiblikni topish qadimdan iste‘dod sanaladi. Metaforada qiyos asosi nihoyatda murakkab bo’lishi mumkin. Yuqorida ana shunday holatlar haqida gapirib, faqat so’zning semem tarkibiga suyanib turib bu xil metaforalarni ochish qiyin bo’lishi haqida gapirgan edik.
Metonimiyada esa bog’liqlik asos bo’ladi. Bog’liqlik obyektiv mavjud bo’lmasa, uni tiklab bo’lmaydi. Darhaqiqat, bog’liqlik (munosabati) xususiyati doimiy bo’lib, uni hamma tan oladi va qayd etadi. Ko’chaning oldingi qismini nima uchun bosh deb atalishiga umumtektologik-mantiqiy qonuniyatlar ko’rsatish qiyin. Biroq metonimiyaning xususiy ko’rinishi bo’lgan sinekdoxa – butunni qism, qismni butun bilan atash asosini kibernetika ham tushuntirib bera oladi. Chunki kibernetikaning asosiy qonunlaridan bo’lmish axborot nazariyasi bo’yicha har qanday butun qism haqida, har qanday qism butun haqida axborot tashiydi.

Download 127,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish