Mening Vatanim mening faxrim



Download 13,58 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2022
Hajmi13,58 Kb.
#531619
  1   2
Bog'liq
Safarboeva Gulnoza 1-kurs


Mening Vatanim - mening faxrim

Mehribon va rahmli yaratgan Egamga behad hamd-u sanolar va behisob shukronalar bo’lsinki, O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtni bizga Vatan ayladi.
Shu yurtda tug’ilib kamol topayotganimdan benihoya baxtiyorman.Vatan insonning kindik qoni to’kilgan tuproq,uni kamol toptiradigan tabarruk go’sha.
Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir.
Vatan. Mehr bilan, muhabbat bilan tilga olinadigan so'z. Uning har bir harfida viqor mujassam.
Vatan haqida so'z ketganda mening qalbimda doim quyidagi misralar jaranglaydi:
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim.
O‘zim xoqon,
O‘zim sulton
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim...
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi,
Oftobdan ham o‘zing mehri
Ilig‘imsan, Vatanim.
Bu qatorlar shoir Muhammad Yusufga tegishli. Bu she'rni eshitganimda ko'zimga yosh keladi, qalbimda Vatanga bo'lgan sevgim jo'sh uradi.
Ona Vatanimiz O'zbekiston o'z gerbiga, madhiyasi, bayrog'i va konstitutsiyasiga ega. Davlat madhiyamiz shunchalar ta'sirliki, u yangrasa qo'llarimiz ko'ksimizga intiladi. Bayrog'imiz esa shunchalar ulug'vorki, u boshing uzra hilpiraganda ko'zda yosh qalqib osmon sari mag'rur boqasan. Davlat timsolimiz esa shunchalar teranki, unda har bir inson ezguligin, bag'rikengligin his qilasan.
O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va jannatmakon go'sha. Uni umrida hech bo'lmasa bir bor ko'rish niyatida yurganlar qancha deysiz. Bizlar esa ushbu betakror go'sha bag'rida yashaymiz, uning toza suvlaridan, shirin mevalaridan, musaffo havosidan bahramand bo'lamiz. O'zbekiston ikki daryo oralig'ida joylashgan beqiyos o'lka. Vatanimizning qon tomiri hisoblangan Amudaryo va Sirdaryo qadimdan ajdodlarimizni hayot manbai bo'lgan suv bilan ta'minlab kelgan. Vatanimiz bag'rida juda xilma-xil boyliklar jamlangan. Suv, tuproq boyliklari deysizmi, o'simlik va hayvonot dunyosi deysizmi, foydali qazilmalar deysizmi – bularning hammasi O'zbekistonning yuksak rivojlanishi uchun xizmat qiladi va bu borada Vatanimiz hech bir davlatdan qolishmaydi. Hozirda O'zbekiston rivojlanayotgan davlat sifatida iqtisodiy o'sish darajasi bo'yicha ko'pgina davlatlardan oldinda. Davlatimiz iqtisodiyoti yildan yilga tez sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Ammo bir narsani, ayniqsa biz yosh avlod aslo unutmasligimiz kerak. Buyuk maqsadlarga osonlikcha erishib, buyuk ishlarni osonlikcha qilib bo'lmaydi. Bunda sabr, matonat, iroda, harakat va aql bilan ish ko'rish talab etiladi. Bu bilan nima demoqchiman, davlatimizning bu darajaga erishishi oson bo'lmadi. Xalqimiz bugungi kunga yetishguncha qanchalar og'ir va murakkab yo'lni bosib o'tgan. Sobiq ittifoq davridagi holat, o'sha vaqtdagi tuzum Vatanimizni rivojlanishiga, uning gullab yashnashiga to'sqinlik qilardi. Ammo xalqimiz orasidan shunday qahramon chiqdiki, u yurtimizni qaramlik zanjirlaridan xalos etdi, milliy qadriyatlarimiz, tilimiz va bayramlarimizni, umuman milliyligimizni qayta tikladi. Xalqimizni bir maqsad yo'lida birlashtira oldi. Buning uchun buyuk bobomiz, birinchi prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimovga har qancha tashakkurlar aytsak ham kam. Chunki uning qilgan ishlari buyuk. Biz, bizdan keyingi avlod ham bularni doim yodimizda saqlaymiz, ular umrbod qalbimizdadir.
Ha, bizning Vatanimiz buyuk insonlar, allomalar, sarkardalar, shoirlar yurti. Kimdir sizning yurtingizdan qanday allomalar yetishib chiqqan desa, g'urur bilan ularni ayta olaman. G'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy, buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur, falakshunos olim Mirzo Ulug'bek, Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino. Bunday insonlar shunchalar ko'pki ular haqida soatlab, kunlab, haftalab gapirish mumkin. Ularning hammasi shu go'zal diyordan yetishib chiqqan. Ularning bizga meros qoldirgan bebaho meroslari - qimmatli bilimlar yozilgan kitoblari dunyoga mashhurdir. Men bundan faxrlanaman. Men shunday buyuk insonlarning avlodi ekanimdan faxrlanaman. Ha, avval aytganimdek bunday baxt hammaga ham nasib etavermaydi. Bunday tinch yurt menimcha dunyoda boshqa yo'q. Har kuni yangiliklarda dunyoning turli joylarida sodir bo'layotgan notinchliklarni ko'rib, Vatanim tinchligiga shukronalar keltiraman. Bizning xalqimiz azal-azaldan tinchliksevar xalq. Ular bir-biriga oqibatli, bir-biriga tirgak. Biz o'zbek xalqida oila juda ulug'lanadi. Chunki oila bu Vatan ichra Vatandir. Oila muqaddas darhoh. Avvalombor, Vatanga muhabbat olilaga muhabbatdan boshlanadi.

Download 13,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish