Alisher Navoiy -g‘azal mulkining sultoni



Download 113 Kb.
Sana28.01.2020
Hajmi113 Kb.
Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy –g‘azal mulkining sultonimavzusidagi tadbir ishlanmasi

Boshlovchi: Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hamdamova Shohida

Yuksak tog‘lar oralab o`kirgan sherning,

Na`rasiga tengdir aksi sadosi.

Ko`krak suti bilan boqqan o`g‘lini,

Ona yurt xalqlari qilmoqda qadr.

O`zbek deb atalgan ozod ulusning,

Otaxon shoiri qadrli ustod.

Oshiqlar g‘azalin kuyga solganda,

Ma`shuqlar dilining xonasi obod.

Boshlovchi: Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Ro`zieva Yulduz.

Besh yuz yil hurmating saqlagan o`zbek,

Kecha tug‘ilding deb qiladi faraz.

Etuk kishilarni yana ming yillar,

Xalq farzand ataydi jondan beg‘araz.

Alisher Mushtariy yulduzi kabi

O`zbek osmonidan balqigan chog‘i

Yana bir muhtaram o`g‘il ko`rganday

Kattaroq ochildi olam qo`chog‘i.

Boshlovchi:

Assalom, yurtimning shod nasllari,

Navoiy avlodi gulgun chehralar.

Baxtiyor avlodning sho`x o`g‘lonlari,

Barchinoy qizlari mohichehralari.

1-Boshlovchi:

9-fevral. Bu kun dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlarda o`zgacha shukuh, o`zgacha fayz, o`zgacha quvonch Bilan o`tadigan kun. Ha, bundan 570 yil muqaddam 9-fevral tongida Hazrat Mir Alisher Navoiy dunyoga kelgan edi. Oradan besh asrdan ko`proq vaqt o`tibdiki, bu tabarruk nom tillardan tushmay, hamon ahli-adab dilidan chuqur joy olib kelmoqda.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira.

Alisher Navoiy poeziya sir-sinoatini o`rganib, etuk ustozlari ijod dengizidan injular terib, “Hamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Majolis un- nafois” kabi asarlarini yaratdi.

To`qqiz yoshidanoq ijod olamiga sho`ng‘ib ketib, 10-12-yoshlarida ustozlari olqishiga sazovor bo`ldi.

Umrni zoya ketgazma mehnat qil.

Mehnatni soadating kaliti bil.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Jumaeva Gulnoza

Mana bugun biz buyuk shoirimiz, she`riyat mulkining sultoni, nazm osmonining quyoshi bo`lmish Mir Alisher Navoiy tavalludining 570 yilligi munosabati bilan o`tkaziladigan “G‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy” nomli badiiy kechamizni sizning e`tiboringizga havola etamiz. Kechamizga xush kelibsiz, aziz ustozlar!



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nurova Gulchehra

Azizlar, sizlarni parvardigor haq yo`lidan adashtirmasin, saodatli hayot garovi bo`lmish, iymon yo`lida sobitqadam bo`lishingizni nasibu ro`z aylasin.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Halilova Muborak

O`zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri, buyuk olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining buyuk siymolaridan biri Alisher Navoiy sevishga qodir insondir.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi eshpo`latova Shaxlo.

Alisher Navoiy butun hayoti davomida insonning baxtu-saodati uchun kurashgan xalq osoyishtaligiga intilgan, ilmi fan, san`at va o`zbek adabiy tili, mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog‘onasiga chiqishiga katta hissa qo`shdi.



To`garak kursi tinglovchisi raqs ijro etadi.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nasrullaeva Shoxista

Bu gulshan soz ekan soz

Ustiga soz etgali keldik.

Bu galshan soz, davramiz soz.

Sarafroz etgali keldik.

Kelinglar, do`st-u yoronlar

Ahli mehmon ahli donishlar

Xush kelibsiz Navoiyga

Sizni xushhol kutgali keldik.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hosilova Hilola

Navoiy nazmiga tushdi-yu ko`zim

Hayrat gulshanida unutdim o`zim

Sehrli ko`rindi bu charhli ko`lan

Ko`k bilan er uzra tuzib anjuman

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura

Falaxbaxsh zamonning fazosi ichra

Jannatga topilmas havosi ichra

Sarbaland tog‘lardek yuksalib turar

Dunyoga ko`rk bo`lib buyuk siymolar

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Tursunova Feruza

Buyuk tog‘lar ichra bo`lib buyukroq,

Suyuk tog‘lar ichra bo`lib suyukroq.

Navoiy ko`rinar ko`zimga mening,

Nafasi urilar yuzimga mening.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Qosimova Xursand

Islom olamning buyuk zotlari bizga shul muqaddas hikmatni bashorat qilmishlar.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura

Qay bir inson o`z qavmidan biror zotning xotirin yod aylasa, ul zotning pok ruhlari shul xonadonga tashrif buyurar ekan.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Temirova Oynisa

Shohona libosda bobom Alisher

O`ychan ko`zlarida ming yillik alam

Butun olam uni ahli donish der

ey, g‘azal mulkining sultoni salom.

Boshlovchi:

Buyuk yurtdoshlarimiz Zahriddin Muhammad Bobur Hazrat Alisher Navoiyning buyuk nomlarini tilga olib shunday degan ekanlar: “Alisherbek naziri yo`q kishi erdi. Turkiy til bila to she`r aytibdurlar, hech kim ancha ko`p va xo`p aytgan ermas.



Boshlovchi:

Assalom dono Alisher

Buyuk daho Alisher

Bugun to`ying dillar shod

Barhayotsan umrbod

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi)

Ko`nglimga ne ma`ni o`lsa erdi paydo,

Til aylar erdi nazm libosiga ado.

Ul nazmga jonin qilibon fido,

Solurlar edi gumbazi gardunga sado.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi qo`shiq ijro etadi.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Rahmonova Gulnora

So`zdirki nishon berur o`likka jondin,

So`zdirki xabar berur jong‘a jonondin.

Insonni so`z ayladi judo hayvondin,

Bilki guhari sharifroq yo`q ondin.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ne vajdin fuqaro ajib majlis qurmish?

Ushbu anjumanning boisi nedur?

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira

Sizdek dono ruhini shod etmak maqsad,

Bizning yurtda har bir o`zbek navoiyxon

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Nahotki shul damgacha xotirim yod eturlar?



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Jumaeva Gulnoza

Navoiy nazmi bilan tili chiqar farzandin,

Bobosidan faxr etmas topilmas bir qiz-o`g‘lon

Navoiy (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

A`shorlarimni hozir ham yod eturlarmi?



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nurova Gulchehra

Qur`ondek tavof etsa arzir sizning “Xamsa”ngiz

«Chor devon» kirmagan topilmas bir xonadon

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yangiboeva Qandolat.

Dunyo va ko`ngil. . .

Har ikkisin sarhadlar behad.

Dunyo kezib orom topmagan ko`ngil.

Dunyo kezib ko`ngil topmagan ko`ngildagi unlar betakror she`rlarga, g‘azallarga aylanib, oppoq qog‘ozlarning bag‘rini qora qiladur.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Halilova Muborak.

Shu taxlit inson ko`nglining hadsiz sog‘inchlari, iztiroblari nozik, bebaho san`at asarlari millat boyligiga aylanaveradi



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi eshpo`latova Shaxlo

“Xamsa” ona tilim buyukligin yana bir durdonasi.



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Nasrullaeva Shoxista “Xamsa» – Navoiy buyukligining buyuk sayqali.

Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Hosilova Hilola

Haqiqat xalq bilan, xalq qo`lida u,

Mangulik mash`aldir, haq yo`lida u.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Shukurki insonning o`lib yovarim

Topdi hikoyat daftarim varag‘in

Hayrati abror ko`rib zotini

“Hayrat ul-abror” dedim otini.

(“Shoh G‘oziy” hikoyati qo`yiladi).



Boshlovchi: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Salimova Zilola) Kunlarning birida Shoh G‘oziy sayrga chiqadilar. Yo`lda ketayotganida yonidan bir telbanoma kampir uning yo`lini to`sdi.

Kampir: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Xoliqova Marxabo) Sen mening yakka-yu yagona jigarbandimni, merosxo`rimni o`ldirding, sen qotilsan. Yur, sen men bilan shariat mahkamasiga boramiz.

Boshlovchi: Shoh shariat qonuniga bo`ysunib mahkamaga borishga rozi bo`ldi.

Shoh: (Milliy g‘oya kursi tinglovchisi eshonqulov Shaxobiddin)

Agar mening aybim bo`lsa mayli boraman.



Boshlovchi: Shariat qozisi oldida ikkisi: da`vogar kampir shoh o`tirdilar.

Kampir: Taxt uchun kurash bo`lganda yakka-yu yagona o`g‘limni halok qilgan. endi u qotilligi uchun javob berishi kerak.

Qozi: (Milliy g‘oya kursi tinglovchisi Juraev Bahodir)

Shariat qonuni bo`yicha har qanday qilinayotgan da`voga ikki guvoh keltiring, guvohingiz bormi?



Kampir: Menda ikkita guvoh bor. U shohning adolati va insofi.

Boshlovchi: Adolatli va insofli shoh, tabiiyki, aybiga iqror bo`ldi. Shunda shariat qozisi hukm chiqardi:

Qozi: Yo shoh qotilligi uchun qatl etilishi kerak. Yoki xun to`lashi kerak.

Boshlovchi: Butun boshli bir mamlakat va uning aholisi taqdiri o`z ixtiyorida bo`lgan shohning bu hukmga munosabatiga e`tibor bering.

Boshlovchi: Shoh kampirning bir qo`liga qilichni bir qo`liga bir patnisga oltin berdi va dedi:

Shoh: Agar qasos tilasang, mana qilich bilan qonimni to`k, agar boylik kerak bo`lsa, mana senga oltin to`la hamyonimni ol.

Kampir: Yo`q menga joning ham, oltining ham kerakmas. Men bir o`g‘limni yo`qotdim, ikkinchisini topdim. Sen o`z xalqingga ana shunday adolatli va insofli bo`lgin.

Boshlovchi: Shunday so`ng bu kampirni tilla kampir deb aytishadi. Bunday adolatli va insofli podshoh o`z yurtining boshlig‘i bo`la oladi. Alisher Navoiy “Shoh G‘oziy” hikoyasi asosida Husayn Boyqaroni tasvirlagan. “G‘oziy” so`zi “G‘olib” degan ma`noni anglatadi.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

ey, sen, Farhod bo`lib o`g‘urlagan ishq.

ey, sen, Shirin bo`lib qayg‘ulardan ishq.

(Sahnaga Farhod va Shirin chiqadi).

Shirin: (Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Fayzieva Nazira)

Nedur ahvoling ey zoru g‘aribim

Visolim davlatidin benasibim

Bu yukdin jismu chun nola nechundir?

Qattiq g‘urbat aro holing ne erkin?

Achchiq furqatda ahvoling ne erkin?



Farhod: (Geografiya kursi tinglovchisi Zozirov O`ktam)

Nigoro, ahvolo iffatpanoho

Jahon mahbashlarig‘a podshoho

G‘amingdur manga tobu tavon ham

erur darding chekardim quti jon ham.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

O`z zaylisin topmay Navoiy hatto

Dasht aro kersinmu tirik ekan to?

ey, sen jallod qilib yaratgan ishq

ey sen qattol qilib yaratgan ishq.

(Sahnaga Layli va Majnun chiqadi) .

Majnun: Milliy g‘oya kursi tinglovchisi Boboyorov Shodali

Yo`q seni malak desam g‘aribi

Kim yo`q senga ishqdin nasibi

Mendekni erur malak demak rev

Kim ko`rsa meni quroq mutar dev

Ishq o`rtadi ul sifat vujudim.

Kim o`ldi nobud barcha budum.

Layli: (To`garak kursi tinglovchisi Sultonova Lobar)

Ishqingda menga bu erdi maqsud

Kim ko`rsam o`zimni anda novud

Davron bu murodima eturdi

Ne istagim, olima keturdi

Ishqingda ne orzuki ettim.

Ul nav`ki komil erdi ettim.

Tushti mening olima ajab yo`l

Sen yaxshi qol emdi-yu, tirik bo`l.

Boshlovchi:

emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga urmoq.

Kerak she`r oldida ham she`riy jangi,

Agar sher enga olmasa bori palande.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ashraf “Haft paykar”ni tutib egildi.

Etti go`zal unga ta`zimga keldi

Qoshida tikkayib turdi shoh Bahrom.

Saodat dutorin chaldi Dilorom

Boshlovchi: To`garak kursi tinglovchilari Etti go`zal

Alisher Navoiy 1484 yil “Xamsa”sining 4 dostoni “Sabbai sayyor”ni yaratadi. Asar Shox Bahromga bag‘ishlanadi. O`z sevgilisi Diloromdan ayrilgan shox g‘am g‘ussaga botadi. Uni bunday kayfiyatdan chiqarish uchun vazirlar kengashi unga atab etti qasr bino qiladilar. Bu etti qasrga shox uchun ziyofat uyushtiradilar. Etti mamlakatdan kelgan go`zallar shohning kunglini olishga harakat qiladilar. Ettinchi go`zal o`z sevgilisi Dilorom edi. (Olti go`zal raqsga tushadi, Dilorom dutorda musiqa chalib beradi).


Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ketur soqiy to`ldurub jomi adl

Ki ko`rguzdi Iskandar ayyomi adl

Shohikim, adolatdir oning ishi.

Teng ermas anga shohlardin kishi.

Saddi Iskandariy. Ona rolida ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Holiqova Marxabo.

(Iskandarning onasiga maktubi parda ortidan o`qiladi).

Bu xat mendin, joni azobda qolg‘an. Ajal qo`lida pajmurda holiga kelgan

Iskandardur buzilgan tanamning joni. Vujudim bebaho la`lisining koni

Bo`lmish onamga so`zim shuki, men sizni ko`pdan ayriliqlarga tashlab yurdim, sizdan yiroq kelib, sizni qiynadim. Men sizning amr farmoningizga buysunmagan bo`lsam ham, lekin siz mening bu iltimosimni qabul eting, ey ona ... Mening tanimni tobut ichiga solib, kecha-kunduz demay, jangu-jadal bilan yurib, Iskandariya shahriga olib boring va lekin meni tobutga yotqizgan paytingizda, yoqut teshigidan ipni chiqazib qo`yilgani kabi, albatta, bir qo`limni tobutdan chiqazib qo`ying. Toki xaloyiq bu qo`lga hayrat ko`zi bilan emas, ibrat ko`zi bilan boqsin”.

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Jame asarlarimni bitgali ketgan umrimga achinmagaymen.

Yaratganga ming qatla shukr.

elim, yurtim, tilim omonmi?



Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura

Boshimizga nur sochar shamsul millat Navoiy

Tabarruk siymongizdan ro`shnodur O`zbekiston.

Navoiy. (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Ulus qaratgan musiqalar jaranggi qani?

G‘azallarimchi?

Boshlovchi:

Kuyib-kuyib kuy bo`lganimda

Tanglayapsan beparvo loqayd

Alamlardan bu nimta-nimta

Yuragimni tirnaydi bir bayt

Nima qilay shu ekan qismat

Besh asrga qaytib ketaman

Har manzilga to`xtab bir fursat

“Kelmadi”ni aytib o`taman.

(Navoiy g‘azallari aytiladi)



Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Men yaratgan asarlarning umr boqiyligiga sabab, xalq og‘zaki ijodidan foydalanganimdadur.

(Navoiyning hikmatli so`zlari aytiladi)

Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan)

Deganimni ulusg‘a marg‘ub et

Yozganimni ko`ngilda mahbub et

Boshlovchi:

Navoiy ijodini o`rganish o`z davridayoq boshlandi. Bu izlanishlar XX asrda ayniqsa yaxshi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek “Navoiy” poemasi, “Navoiy” romanini, M.Jo`raev “el desa Navoiy”ni rivoyatlar to`plamini, Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorlikda “Alisher Navoiy” dramasini yaratdilar. (Sahnaga Guli va Navoiy chiqadi).



Tong payti. Navoiy shiyponda o`tirib, she`r yozish bilan mashg‘ul.

Navoiy (o`qiydi).

e, nasimiy subh, ahvolim diloromimga ayt!

Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi gulandonimga ayt!

Kom talxu, boda zaxru, ashk gulgun bo`lg‘onin...



Guli (paydo bo`ladi. Navoiyni tinglaydi. So`ng ilova qiladi.)

La`li rangin, labzi shirin, sho`x xud komimga ayt.



Navoiy: Ko`zimning nuri kel, toza gulim kel!

Ko`ngil bog‘ida sayroq bulbulim kel!



Guli: Ko`rib gulzor ichida sizni yolg‘iz

So`roqsiz, indamay, men behayo qiz,

Kechirgaysiz, kelishga jur`at etdim.

Navoiy: Ko`ngil armoni kel! Maqsadga etdim.

Nechuk bezovtasan! Barvaqt turibsan?

Malak yanglig‘ o`zing tanho yuribsan?

Guli: Sahar chog‘i turib, shirin g‘azaldin

eshitmak odatim bo`lgan azaldin.



Navoiy: Quloq soldingmi?

Guli: Yolg‘iz men emas, gul,

Samo, er, koinot, aftoda bulbul —

Butun jonlik va jonsiz tingladi jam.

G‘azaldin bu kabi zavq olmagan kim?

G‘azalkim, so`zlagay mehru vafodin.

G‘azalkim, so`zlagay ishqdin, safodin,

G‘azaldin, bu kabi zavq olmagan kim?

Navoiy: Ko`ngil ilhomchisi sensan, azizim.

Bularning barchasi senga atalg‘on.



Guli: Xudo bilsin, so`zingiz, balki yolg‘on.

Navoiy: Nechuk? Xo`sh!

Guli: So`nggi chog‘da kamnamosiz.

G‘arib, bechora men - er, siz — samosiz.



Navoiy: Yoningda bo`lmoq orzum ertayu-kech,

Faqat, naylay, ilojin topmadim hech.

Ariq qazmoqdamiz, cho`llarda ish ko`p,

Rabotu, madrasa, yo`llarda ish ko`p.

Yumush der, erdagi har zarra tuproq,

Yumush der, bog‘dagi har toza yaproq.



Guli: Kimiki bo`lsa inson, bo`lsa odam

Xaloyiqning g‘amin eydur damodam.



Navoiy: Vafodorim, shuning-chun kamnamoman,

Olur vaqtimni bu ishlar tamoman.



Guli: Alisher! Chindanam shersiz, Buyuk sher!

Ulur ishlarni qilmoq istagan er

Bo`lur sherday jasur qaytmas izidin,

Qilich kelganda ham qaytmas so`zidin,

Faqat ko`pdur, esiz ko`p dushmaningiz.

Navoiy: Engur zulmatni nur, albatta, shaksiz.

Guli: Biroq, hozircha zulmatning kuchi ko`p,

Xaqiqat nurini so`ndirguchi ko`p.

Kecha ko`rgan edim, men bir yomon tush

U tushni eslasam boshdin uchar hush…

Navoiy: Nechuk tush?

Guli: So`ramangiz

Navoiy: So`zla, azizim!

Guli: Tilim bormaydi hech, qalbim to`la bim . ..

Yotibsiz erda siz, qo`l-bo`yin bog‘liq.

Va sizni qurshamish bir to`p pichoqlik.

Yozib, men sochlarimni yig‘lar erdim,

Jafo tig‘ida bag‘rim tig‘lar erdim

Cho`chib uyg‘ondimu, bildim banogoh

Tush erkan. Shul mahaldin nolayu oh

ezar bag‘rimni qattiq, o`rtanur dil,

Misoli o`tga tushgan bir uziq qil…

Navoiy Gulining so`zlaridan qattiq ta`sirlanadi. Ammo ta`sirlanganini yashirishga tirishib, Gulini ovuta boshlaydi.

Navoiy: Gulim, behudaga bezovta bo`lma,

O`zingni qiynama, g‘amlarga to`lma.

Dadil bo`lsang vahmning rangi so`lg‘ay,

Ishon, odatda tushning aksi bo`lg‘ay.

Meni shersiz deding, yovlar quyondir,

Quyonlarning ishi senga ayondur.



Guli: Durust, shersiz... faqat… zanjiri band sher....

Navoiy: ( g‘oyat ta`sirlanib og‘ir).

Ajab, zanjiri band sher, engaman, der.



Guli: esiz, men sizni ranjitdim…

Navoiy: (o`zining yangi devonini Guliga taqdim etadi,

Guli: (devonni olib.)

Jonim bilan.



Navoiy: Yangi bitilgan

Sening ishqing bilan

O`sgan, etilgan.

Umuman ifodali o`qish talabalarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositalaridan biri bo`lib, aql-idrokni charxlaydi, zavq va nazokat uyg‘otadi hamda to`g‘ri fikrlash va radov gapirish mahoratini o`stiradi.

Boshlovchi:

Magar o`zbek tirik bo`lsa

Ash`oring dillarga to`lsin

O`zga yurtda bo`lsa hamki

Mozoring gullarga to`lsin

Ruhing shod, qadring obod

Boshing uzra chechaklar unsin

O`g‘lonlaring Farhod sifat



Shirindek qizlaring bo`lsin.





Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar