6. RAQAMLI TELEESHITTIRISH STANDARTLARI 218
6.1. DVB standartlarining umumiy konsepsiyalari 218
6.2. Yer usti raqamli DVB - T teleeshittirish tizimi 220
6.2.1. DVB-T tizimining uzatish tomonida signallarga ishlov berish 225
6.2.2. DVB-T tizimining qabul qilish qismida signallarni qayta
ishlash 240
6.3. DVB-C raqamli kabel televideniye standarti 243
6.4. DVB-S raqamli sun’iy yo‘ldosh televizon uzatish
standarti 247
6.5. DVB-Н raqamli mobil televizion eshittirish standarti 252
6.6. Raqamli televideniye boshqa standartlari 258
6.6.1. Yer usti televideniye Amerika standarti ATSC 258
6.6.2. ISDB raqamli televideniye Yaponiya standarti 267
6.6.3. ATSC va DVB raqamli televideniye tizimlarini
solishtirish 273
6.7. MMDS, LMDS, MVDS tizimlari 276
6.7.1. MMDS 276
6.7.2. LMDS/MVDS 281
7. RAQAMLI TELEVIDENIYE IKKINCHI AVLOD
STANDARTLARI 286
7.1. Yo‘ldosh televideniyesi DVB-S2 standarti 286
7.2. Yer usti DVB-T2 televideniye standarti 294
7.3. DVB-С2kabel televideniye standarti 306
7.4. Mobil televideniye standarti DVB-SHning umumiy xarakteristikasi 317
8. RAQAMLI TELEESHITTIRISHNING QABUL
QILISH QURILMALARI 320
8.1.Raqamli teleeshittirish qabul qilish qurilmalarining
bloklari va asosiy uzellari 324
8.2. Raqamli teleeshittirish qabul qilish qurilmalarining
elementlar bazasi 328
8.2.1. STi7109 mikroprotsessorining umumiy xarakteristikasi
va ish algoritmi 333
8.2.2. Yuqori chastotali blok va COFDM demodulyator 336
8.2.3. STi7109 asosidagi DVB-T qo'shimcha moslamasining bazaviy varianti 337
9. O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TELEVIDENIYENING XOLATI 340
TERMINLAR VA QISQARTMALAR LUG‘ATI 347
ADABIYOTLAR RO‘YXATI 368
KIRISH
Raqamli televideniye va radioeshittirish sohasining zamonaviy bosqichlari global axborot tarmog‘ini raqamli tizimlarga o‘tishi va ularning evolyutsion rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Raqamli texnologiyalar aloqa tarmog‘ida ko‘p dasturli televizion va radioeshittirishni amalga oshirish, telekommunikatsion xizmat turlarini kengaytirish va signal sifatini yanada oshirish imkonini beradi.
Dastlab 1998-1999 yillarda AQSH, Fransiya va Rossiyada o‘tkazilgan televizion uzatgichlar sinovlari, signallarni raqamli qabul qilgichlarga qabul qilish jarayonida uzatgichlarning quvvatini anchagina pasaytirish, pirovardida, elektr energiyasi sarflarini kamaytirish va albatta sifatni yanada oshirish mumkinligini ko‘rsatgan.
Rangli PAL, SECAM va NTSC analog tizimlarida, 40 yildan ortiq davr mobaynida metrli va detsimetrli to‘lqin diapazonlarida, televizon eshittirishlar efirga uzatilmoqda. Ushbu davrda butun dunyo bo‘ylab televizion signallarning rivojlangan uzatish va qabul qilish tizimi yuzaga kelgan. Bu orada apparat-studiya vositalarining takomillashuvi kuzatildi va so‘nggi yillarda raqamli texnikaning rivojlanishi video va audio signallarni yaratish va shakllanitirish amaliyotida raqamli va kompyuter texnologiyalarini tatbiq qilish imkoniyatini yaratgan. Biroq, analog signallarni uzatishga mo‘ljallangan mavjud tarmoqlar, dasturiy mahsulotlarni raqamli texnika yordamida shakllantirish va yangi xizmat turlarini taqdim etishda qator cheklovlarni o‘rnatib, raqamli tarmoq imkoniyatlarini to‘liq darajada namoyon etishga to'sqinlik qilayotgan xollar kuzatilgan. Shuning uchun, tadqiqotlar asosida mavjud analog kanallar bo‘yicha raqamli signallarni uzatish imkoniyati mavjud ekanligi tasdiqlangandan so‘ng, dunyoda qator xalqaro va milliy tadqiqot loyihalari ish boshladiki, ularning pirovard maqsadi - analog televideniye (TV) tizimiga muqobil bo‘ladigan raqamli televideniye tizimini yaratish bo‘ldi.
Raqamli televideniye tizimlari analoglarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
- Eshittirish tarmog‘ida uzatilayotgan tele kanallar sonining bir necha bor ko‘pligi;
- Tasvir va ovoz sifatining yuqoriligi;
- Uzatish qurilmalarida analog tizimga nisbatan kam quvvat sarflanishi;
- Tarmoqni loyihalashda keng imkoniyatlarning mavjudligi, tizim parametrlarini tanlash evaziga kerakli uzatish sifatiga erishish, qo'shimcha xizmatlar turini boshqarish, qamrov hududini tanlash;
- Mobil va ko‘chma qabul qilgichlarda sifatli signal qabul qilish;
- Bir chastotali tarmoqlarni tashkil qilish;
- Ma’lumotlar oqimini birlashtirib (multipleksirlash) uzatish hisobiga radiochastota spektridan unumli foydalanish;
- Boshqa raqamli (yo‘ldosh va kabel) tizimlarga nisbatan arzon tatbiq qilinishi, ya’ni tarmoq operatorlari uchun - analog televideniye infrastrukturasidan foydalanish, mijozlar uchun esa - mavjud antenna tizimidan foydalanish;
- Kichik quvvatli raqamli stansiyalar qurish hisobiga qisqa vaqt (2-5 yil) ichida va kam xarajatlar evaziga aholini xizmatlar bilan ta’minlash;
- Raqamli televideniye tizimini Internet tarmog‘i bilan biriktirish imkoniyati;
Interfaol xizmat turlarini tashkil qilish.
Shu sababli ko‘pchilik davlatlar, shu jumladan O‘zbekiston ham, analog televideniyedan raqamliga o‘tish bo‘yicha jadal harakat qilmoqda.
O‘zbekiston hududida raqamli televizion tizimni tatbiq etish bosqichma-bosqich olib borilmoqda:
- 2005 yil - tanlangan raqamli televizon va ovozli eshittirish tizimini lokal bir zonada qanday ishlashini tekshirish;
- 2006 yil - raqamli televizon va ovozli eshittirishni bir va bir necha zonada muntazam olib borish, bunda, televizion dasturlar sonining yetarli va turli bo‘lishiga e'tibor qaratish;
- 2007 - 2009 yillar - raqamli televizon eshittirish qamrov hududini viloyatlar markazlari va katta shaharlarida tatbiq qilish;
- 2010-2015 yillar - umummilliy raqamli televizon va ovoz eshittirish tizimini ishga tushirish va kengaytirish.
2008 yildan buyon O‘zbekistonda raqamli televideniye DVB-T standarti asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Eshittirish MPEG-4 (N.264) formatida olib borilmoqda. Loyihani tijorat usulida rivojlantirish “UzDigital TV” korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu televizion dasturlarni qabul qilish uchun Toshkentda “TELMAX Elektronics” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan abonent qo'shimcha qurilmalar yordamida amalga oshirilmoqda.
Bular raqamli televideniye sohasining rivojlanishi va unga xizmat ko‘rsatish yuqori malakali mutahassislarga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi. Ushbu ehtyojni qondirish va mutahassislar bilimini boyitish maqsadida ushbu o‘quv qo‘llanmasi yaratildi.
Ushbu kitobning maqsadi - raqamli televideniye sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni, zamonaviy raqamli texnika va signallarni raqamli siqish hamda ularni aloqa kanali bo‘ylab uzatish usullari bilan tanishtirishdir.
Raqamli apparatura studiyasining tuzilishi, teleko‘rsatuvlarni yaratish, montaj qilish va yozib olish masalalari raqamli eshittirish texnikasining mustaqil bo‘limi sanaladi va ularni alohida ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi. Shuning uchun ham, ushbu kitobda bu masalalar ko‘rib chiqilmaydi. Kitob teleradioeshittirish, radiotexnika yo‘nalishi talabalari, magistrantlari, o‘z bilim doirasini kengaytirishni maqsad qilgan boshqa mutahassislik injenerlari, va albatta, raqamli eshittirish fidoyilari uchun ham foydali bo‘ladi deb hisoblaymiz. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu kitobda, raqamli televideniyening mavjud va istiqbolli tizimlari, ularning ishlash prinsiplari va qabul qiluvchi qurilmalarning elementlari bazasi ko‘rib chiqilgan.
Mualliflar ushbu kitobni yozishda, undagi keltirilgan ma’lumotlar o‘quvchiga tushunarli va qiziqarli bo‘lishiga intildi, va unga qator grafik materiallarni kiritdi. Bunga erishish uchun, kitobni tushunishda matematik apparatni qo‘llash minimallashtirilib, ma’lumotlarni iloji boricha sodda tushuntirishga katta ahamiyat qaratilgan.
Ushbu qo‘llanmani dotsent X.S.Soatov kirish, 5-bobni, dotsent I.A. Gavrilov 6-7-8 boblarini va 2-3-4-boblarni A.N.Puziy va X.X.Nosirovlar bilan, professor T.G.Raximov 1-bobni, SH.M.Kadirov 9-bobni yozishgan. Umumiy tahrirni dotsent X.S.Soatov amalga oshirgan.
Ushbu qo‘llanmani yaratishda Y.A.Filatova, S.M.Ibraeva, O.S.Ignateva, A.A.Chernishyov, Y.F.Kabanova, M.Y.Suvorova, K.R.Nazarova, D.A.Savitskaya, L.R.Valiyeva, I.R.Valiyev, S.E.Ottolarning ilmiy izlanishlaridan foydalanilgan va ularga ushbu yordamlari uchun katta minnatdorchilik izhor etamiz. D.B.Muxamedovaga grafik ma’lumotlarni tayyorlagani uchun alohida minnadorchilik bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |