ER-Y = 0,70ER - 0,59EG - 0,11EB (1.3)
EB-Y = -0,30ER - 0,59EG + 0,89EB
Ranglarning bunday bo‘linishi qator afzalliklarni beradi va shunga asosan bundan butun dunyo rangli televizion tizimlari foydalanadilar:
1. Bu signallar tarkibidan qisman keraksiz (ortiqcha) yorug‘lik ma’lumoti olib tashlangani sabab, uning amplitudasi kul rang va oq detallarni uzatishda “0” qiymatga tushadi (oq rangda asosiy ranglar amplitudasi = EY) va kam yoritilgan joylarda esa qiymati kichikdir.
2. Rangfarq signallar qabul qilgich qurilmasi dekoderini yaratishda qulaylik yaratadi, chunki dastlabki ranglar rangfarq signallarni yorug‘lik signali bilan oddiy qo'shish natijasida olinishlari mumkin. Bunda asosiy ranglar signallari birdaniga to‘la chastota polosasida tiklanadilar (spektrning yuqori chastotali qismi yorug‘lik signalidan tiklanadi). Bu esa qabul qilgichda dekoderlash jarayonini osonlashtiradi.
1.10- rasm. Yorug‘lik va rangfarq signallarning ossillogrammasi
Shunday qilib, to‘la rangli televizion signal quyidagi tashkil etuvchilardan (komponentlardan) iborat:
1. To‘la chastota polosasidagi yorug‘lik signali (6,5 MGs);
2. Cheklangan 1,5 MGs lik polosadagi ikkita rangfarq signallar (R - Y va V - Y), ular yorug‘lik signali spektrini zichlashtirish uchun bitta yoki bir nechta tashuvchi chastotalarda modulyatsiyalanib, uning yuqori qismiga joylashtiriladi;
3. Qabul qilgichni sinxronizatsiyalovchi signali;
4. Ranglarni sinxronizatsiyalovchi signallar.
1.10- rasmda dastlabki RGB signallarning, yorug‘lik va rangfarq signallarni tasvirning rangli polosalarini shakllantirishdagi ossillogrammasi ko‘rinishlari keltirilgan.
1.4. Televideniye eshittirishlari standartlari
Televideniye dasturlarini tarqatayotgan har qanday davlatda oq - qora yoki rangli televideniyening asosiy tavsif va ko‘rsatgichlari ma’lum belgilangan standartda olib boriladi. Har qanday standart belgilangan yagona ko‘rsatgichlarga asosan tizimning barcha tashkil etuvchilarini ishlashini ta’minlanishidan tashqari maksimal iqtisodiy va texnik cheklanishlarda ma’lum yutuqlarga erishishni ham hisobga oladi. Televideniye standartlari har xil davlatlarda, turli vaqtlarda, yaratilgan (Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Fransiya) va ular ko‘p holatlar faqat o‘zlarining ehtiyojlari asosida shakllantirilganlar. Shu sabab televideniyeda kanal chastotalari xilma -xil tanlangan (radiokanal kengligi, tashuvchilarning joylashishi, yon polosalarning tanlanishi va h.k.) va natijada tizimlarda farqlar bo‘lgan. Quyida dunyo televideniyesining standartlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |