Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман



Download 27 Mb.
bet99/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

Modulyatsiya turi

Uzatish tezligi Msimvol/s

Uzatishning to‘liq tezligi

Foydali ma’lumotlarni uzatish tezligi Mbit/s

16-KAMn

6,89

27,56

25,2

32-KAMn

6,92

34,60

31,9

64-KAMn

6,84

41,04

38,9

DVB-S standartiga mos ravishda, transport oqimini shakllantirishda, bir necha elementar televizion dasturlar oqimi va turli ma’lumotlar kiritiladi. Transport paketlari 8 tadan birlashtiriladilar. Har bir sakkiztalikning birinchi paketida sinxroguruh invertorlanadi, ya’ni o‘n olti razryadli son 0x47 o‘rniga 0xV8 uzatiladi. Bu qabul qilgich tomonida siklli sinxronizatsiyani ta’minlash uchun zarur.


So‘ngra uzatilayotgan dasturni ruxsat etilmagan kirishdan saqlash uchun skremblirlash operatsiyasi amalga oshiriladi va aloqa kanali polosasida signal quvvatini bir tekis taqsimlanishi ta’minlanadi. Skremblerlash qabul qilgichda ularni tanlashni ta’minlash uchun transport paketlari sinxroguruhlariga tegilmaydi.
So‘ngra Rid-Solomon kodlarini qo‘llagan holda xalaqitbardoshli kodlash amalga oshiriladi. Bunda transport paketlarining davomiyligi 188 dan 204 gacha ortadi hamda paket xatoliklaridan ma’lumotlarni himoyalash uchun baytlar oralatiladi.
Keyingi qadam bilan uzatiluvchi baytlar KAMn simvollariga aylantiriladilar. Masalan, 64-pozitsion 64-KAMn dan foydalanilganda har bir 3ta bayt 4 olti bitli simvolga aylantiriladi va undan so‘ng xalaqitbardoshlikni oshirish uchun ularning ikki katta bitlari differensial kodlashi amalga oshiriladi.
DVB-Sdagi keyingi operatsiya, simvollarni kuchlanish impulslariga aylantirish bo‘lib, bu impulslar I va Q tashkil etuvchilarning kvadratura modulyatoriga beriladilar. Modulyatsiyalangan signal spektri kengligini cheklash uchun, impulslarning frontlari va keskin o‘zgarishlarini past chastotali filtr yordamida tekislanadi.

6.11-rasm. DVB-S tizimining uzatuvchi qismining umumlashtirilgan tashkiliy chizmasi

So‘ngra kvadratura modulyatorida, oraliq chastotada, ko‘p sathli kvadraturaviy amplituda modulyatsiyasi amalga oshiriladi. Undan keyin chastota almashtirgichi yordamida signal spektri talab etiladigan televizion kanalga ko‘tariladi va kabel tarmog‘ining taqsimlovchi chiqish kuchaytirgichlari orqali signallar qabul qiluvchi qurilmalarning kirishlariga kelib tushadilar.


Qabul qilgichda mos ravishda teskari operatsiyalar bajarilishi shart. Kabel raqamli televideniyesining qabul trakti tuzilmaviy sxemasi 6.12- rasmda keltirilgan. Kabel liniyalarining chiqishidan kirish signali,oddiy televizordagi kabi, tyunerga kelib tushadi va kerakli kanal ajratiladi hamda shu kanal signali oraliq chastotaga o‘tkaziladi. Keyin esa chastota o‘zgartirgichda qo'shimcha chastota qiymati kamaytirilishi amalga oshiriladi. Buning uchun KAMn demodulyatorida tiklangan yoki chastota o‘zgartirish blokidan olingan tashuvchi chastotalar ishlatiladi. Chastotalar kamaytirilgandan so‘nggi qiymatlari, odatda 3....11 MGs ni tashkil etadilar.
So‘ngra signal, kuchaytirish koeffitsienti demodulyatordan olinadigan KAB signali bilan aniqlashtiriladigan, boshqariluvchi kuchaytirgichdan o‘tadi. Signal balandligi qiymati ARO‘ kirish kuchlanishlari kattaliklari bilan moslashadi.
16-KAMn, 32-KAMn va 64-KAMn larni qabul qilish uchun 8 ta ikkilik razryadiga ega ARO‘larning o‘zi yetarli. 256-KAMn ni qabul qilish uchun esa 9 ta ikkilik razryadli ARO‘ bo‘lishi kerak. Diskretlash kanal simvollari chastotasi bilan, ya’ni 7MGs da amalga oshiriladi. Takt impulslari (TI) demodulyatorda shakllanadilar.



6.12-rasm. Kabelli raqamli televideniyening qabul qilish traktining tashkiliy chizmasi


Demodulyatorning ishlash prinsipi 5.4 bobda keltirilgan (5.6-rasm). Demodulyatorga kelib tushgan raqamli signal tashkil etuvchilari I va Q bo‘lgan kvadraturaviy signallarga aylantiriladilar va ular orqali kanal simvollari tiklanadilar. So‘ngra ushbu simvollardan chiqish ma’lumotlar oqimining baytlari shakllanadilar. Masalan: 64-KAMn holatida 4 ta olti bitli kanal simvollaridan 3 ta chiqish baytlari shakllanadi. Demodulyatorda tashuvchi chastota (oraliq chastotaga o‘tkazilgan) va kanal simvollarining takt impulslari tiklanadilar hamda ular demodulyatorning o‘zida ham va undan oldingi bloklarda ham ishlatiladilar.


Undan so‘ng ma’lumotlar oqimi xatolarni to‘g‘irlash blokiga (xatolar korrektoriga) kelib tushadi hamda unda Rid-Solomon kodini dekodlash va deoralatish amalga oshiriladi. Natijada transport paketlarining davomiyligi (188 baytdan) va paketdagi baytlarini ketma-ketligining boshlang‘ich tartibi tiklanadi.
So‘ngra ma’lumotlar oqimi deskremblerga tushadi va u yerdan deskremblerlangan transport oqimi demultipleksorga (DMP) boradi, ya’ni bunda transport oqimidan tanlangan dasturga tegishli paketlar ajratib olinadi hamda video, ovoz va ma’lumotlarning elementar oqimlari shakllanadilar. Signallarni qayta ishlash bo‘yicha keyingi operatsiyalar DVB-T tizimi qabul qiluvchi qurilmasidagi kabi bo‘ladilar.



Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish