Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


DVB-H raqamli mobil televizion eshittirish standarti



Download 27 Mb.
bet101/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

6.5. DVB-H raqamli mobil televizion eshittirish standarti

DVB-H (Digital Video Braodcast Handheld, DVB “qo‘l boshqaruvida, portativ”) bu 2004 yilning dekabrida tasdiqlangan mobil televideniye standarti. DVB-H standarti Telekommunikatsion standartlar bo‘yicha Yevropa Assotsiatsiyasi (ETSI) tomonidan mobil qabul qilish qurilmalarida (uyali telefonlar, avtomobil yoki poezdlarda o‘rnatilgan qabul qilish qurilmalarida) televizion programmalarni ishonchli qabul qilishga o‘rnatilgan talablardir.


Mobil televideniye tizimini yaratishda qabul qilishning mobil terminallariga qo'yiladigan quyidagi shartlarni inobatga olish zarur:

  • portativ terminallarning kichik gabaritli antennalari signallarni faqatgina binodan tashqarida emas, balki betonli devorlar ortida ham qabul qilinishini ta’minlashi kerak va bu esa teleeshittirish signallar quvvat oqimining zichligini (QOZ) sezilarli darajada oshirishni talab etadi.

  • avtomobil yoki boshqa harakatlanuvchi transportda o‘rnatilgan terminallarga signallarni qabul qilishda, Doppler effekti tufayli, uzatilayotgan impulslar sezilarli darajada buzilishlarga olib kelishi mumkin;

  • mobil terminallarning manbaalari energiya quvvati zahiralarining chegaralanganligi.

Ana shu shartlardan kelib chiqib, DVB-H tizimiga quyidagi talablar qo'yiladi:

  • mobil terminallarning akkumulyator batareyasi tokining sarflanishini tejamkorligi ta’minlash. Bu masala mobil eshittirishning konsepsiyasini shakllantirishda asosiylardan hisoblanardi;

  • harakat davomida, ayniqsa katta tezliklarda, ishonchli mobil qabul qilish;

  • signallarning ko‘p nurli tarqalishida, ayniqsa xona sharoitida qabul qila olish imkoniyatining mavjudligi;

  • avval yaratilgan DVB-T tarmoqlari bilan to‘liq moslik;

  • mobil qabul qilish terminallari imkoniyatlari bilan moslashish, ya’ni katta bo‘lmagan ekranda tasvirning sifatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlamaslik va shuning uchun kichiklashtirilgan aniqlik qobiliyatida (320×420 piksel) DVB-T ga nisbatan 10-15 marta ko‘proq teledasturlar uzatishni ta’minlash va shuning uchun o‘z pog‘onasi bo‘yicha DVB-H tizimi DVB-T ga maksimal yaqinlashgandir. DVB-H qabul qilishning konseptual tuzilishi 6.15-rasmda keltirilgan. DVB-H qo'shimchaga ega,ya’ni 2k va 8k modulyatsiyalash rejimlariga yana bitta alohida 4k rejimning qo'shilganligidir. Bu o‘z navbatida, bitta sota radiusida, qabul qilgich qurilmasi yuqori tezlikda harakatlangan holatda ham ma’lumot almashishda qo‘shimcha erkinlikni ta’minlaydigan rejim qo‘shilganligini bildiradi. Agar COFDM modulyatsiyalashda ortogonal tashuvchilarning qancha kam miqdori ishtirok etsa, qo‘shni tashuvchilar orasidagi chastota intervali shuncha katta bo‘ladi va albatta, terminal harakat tezligi ham yuqori bo‘ladi. Harakat tezligining ortishi chastotalarni Doppler effekti tufayli siljishiga olib keladi va qabul qilish aniqligi buziladi. Biroq, boshqa tomondan tashuvchilar qancha kam bo‘lsa, har bir COFDM simvolini uzatish uchun ajratilgan vaqt davri shunga qisqa bo‘ladi va albatta himoya intervali ham shuncha qisqa bo‘ladi. Himoya intervalining qisqarishi esa, ko‘p nurli qabul qilishdagi xalaqitbardoshlikni pasayishiga olib keladi va sota radiusining ishonchli qiymatini kamaytiradi. Asosan statsionar qabul qilishga mo‘ljallangan DVB-T tarmoqlari uchun, qamrab olish zonasining qiymati sezilarli darajada muxim omil bo‘lib hisoblanadi. DVB-H standarti tarmoqlari uchun yuqori tezlikda qabul qilish imkoniyatlari katta ahamiyatga ega va qamrab olish zonasi esa tyuner kirishidagi signallar qiymati bilan chegaralanadi. Shuning sabab moslashgan variantni tanlash imkonini yaratish uchun 4k modulyatsiyalash rejimi kiritilgan va translyatsiyani faqat DVB-H qabul qilgichlari orqali amalga oshirish mumkin.

Shunday qilib, DVB-H modulyatsiyalashning 3 rejimida ishlashi mumkin:

  • 8k - turli kattalikdagi (katta, o‘rta va kichik) bitta chastotali tarmoqlarda (SFN) va Doppler chastota siljishlari mavjud bo‘lgan yuqori tezlik bilan qabul qilishlarda foydalanish uchun,ya’ni qabul harakatlanish davomida amalga oshiriladi.

  • 4k - Doppler chastota siljishlarida sezilarli, kichik va o‘rta kattalikdagi SFN tarmoqlar uchun. Juda yuqori tezliklarda qabul qilishda ishlatilishi mumkin.

  • 2k - kichik kattlikdagi SFN tarmoqlar uchun. Harakat davomidagi eng yuqori tezliklarda ham ishonchli mobil signalni qabul qilishni kafolatlaydi (ya’ni chastota bo‘yicha juda katta Doppler siljishlarida).




6.15. – rasm. DVB-H qabul qilgichning konseptual tuzilmasi
Fizikaviy bosqichdagi ikkinchi to‘ldiruvchi bo‘lib 4k va 2k rejimlarida ma’lumotlarni chuqur oralatish imkoniyati hisoblanadi. DVB-T kanalli kodlashi bir COFDM simvol ichida ma’lumotlarni oralatishni nazarda tutadi. U asosan ko‘p nurli qabuldagi tashuvchilarning selektiv (alohida-alohida) qotib qolishlarida kompensatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Ayni vaqtning o‘zida mobil terminallari, katta ehtimollik bilan, keng polosali impuls shovqinlar ta’siri zonasida bo‘lib qolishlari mumkin. Shuningdek, qabul qilish jarayoni harakat tezligida amalga oshirilishi tufayli signalning buzilishiga olib keladigan chastotaning Doppler siljishi paydo bo‘ladi. Shu sababli COFDM (DAB, ISDB-T) bazasidagi mobil eshittirish standartlarida, uzoq davom etuvchi xalaqitlarning asoratlari bilan kurashish uchun, kanalli kodlash sikliga o‘nlab xattoki yuzlab OFDM simvollarni qamrab olgan, davomiy ma’lumotlar seriyasini oralatish kiritiladi. Oralatishda ishtirok etayotgan ma’lumotlar ketma-ketligi qancha uzun bo‘lsa, so‘nish asoratlari bilan kurashish shunchalik samarali bo‘ladi. Biroq DVB-H uchun quyidagi sabablarga ko‘ra bunday yondashuv to‘g‘ri kelmaydi:

  • davomiy ketma-ketliklarni tiklash uzluksiz qabulni talab etadi, ya’ni DVB-H rejimida,energiyani tejash uchun ma’lumotlarni uzatishda impuls rejimi qo‘llaniladi;

  • davomiy ketma-ketliklarni tiklash uchun, qabul qilgichlarni qimmatlashuviga olib keladigan,katta hajmdagi xotira zarur;

  • davomiy ketma - ketliklarning qo‘llanilishi DVB-T bilan moslashish talablariga teskari bo‘lib qoladi.

Shuning uchun DVB-H da hamma tomonni qoniqtiradigan yechim tanlangan. DVB-T uchun ancha dolzarb bo‘lgan modulyatsiyalash 8k rejimi uchun, DVB-Hda bitta simvol doirasida bitlarni oralatish saqlab qolingan. Har bir COFDM simvol ma’lumotlarining kam miqdorini olib o‘tadigan 2k va 4k rejimlarida esa, opsiya sifatida ushbu maqsadlar uchun ajratilgan xotiraning mumkin bo‘lgan hajmlarida vaqtinchalik oralatish imkoniyati kiritiladi. 4k rejimi uchun oralatish COFDMda ikkita simvolli chuqurlik bilan, 2k rejim uchun esa COFDM da to‘rtta simvolli chuqurlik bilan amalga oshiriladi. Biroq bu rejimda ishlaganda
DVB-T va DVB-H translyatsiyalarini birgalikda uzatib bo‘lmaydi. DVB-T da qo‘llaniladigan ichki va tashqi kanalli kodlashning qolgan mexanizmlari hech qanday o‘zgarishlarsiz DVB-Hga o‘tkazilgan.

Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish