Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


DVB-S sun’iy yo‘ldosh raqamli televizon uzatish standarti



Download 27 Mb.
bet100/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

6.4. DVB-S sun’iy yo‘ldosh raqamli televizon uzatish
standarti

Sun’iy yo‘ldosh teleeshittirish tizimlari keng xududlarning har qaysi nuqtasiga yuqori sifatli televizion signallarini yetkazishning eng tez, ishonchli va tejamkor usuli hisoblanadi. Sun’iy yo‘ldoshning Yer orbitasining belgilangan nuqtasi ushlab turilishi, quyosh energiyasidan ta’minot uchun keng foydalanilishi, qurilmalarda energiyani oz miqdorda sarf qilinishi kabi imkoniyatlari bulardan tashqari uzatilayotgan signallarning atmosfera va geografik joylashuvlarga bog‘liq bo‘lmasligi keng doirada rivojlanishiga imkon yaratdi. Hozirgi vaqtda teleradioeshittirish sun’iy yo‘ldoshlari odatda ekvator kengligidagi geostatsionar orbitada (GO) balandligi 35786 km bo‘lgan orbitada joylashadilar. GO da joylashgan sun’iy yo‘ldosh Yer bilan bir xil tezlikda aylanadi va shu sabab Yerning belgilangan nuqtasi uchun harakatsiz bo‘ladi deyish mumkin. Geostatsionar sun’iy yo‘ldoshning eshittirishlarni qamrab olish maydoni Yer yuzining uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda zamonaviy texnik vositalar Yer yuzining katta bo‘lmagan qismini yo‘naltirilga kichik elektromagnit nurlari yordami bilan qoplash imkoniyatlarini beradilar. Yer yuzasi bilan sun’iy yo‘ldosh antennalari tarqatuvchi konussimon nurning kesishish chiziqlari qamrab olish zonasining chegaralarini belgilab beradi va yerdagi qabul qilish antennalarining turli diametrlarida amalga oshiriladi. Bunda antenna qamrab olish zonasining markazidan qancha uzoqda joylashgan bo‘lsa, uning diametri shuncha katta bo‘lishi kerak.


Televizion eshittirishning sun’iy yo‘ldosh kanallari uchun sanoat xalaqitlari va boshqa uzatuvchi qurilmalarning shovqini qiymatlari past bo‘lishi xarakterli, chunki bunday kanallarda o‘tkir(kichik aniq) yo‘naltirilgan antennalardan foydalaniladi. Raqamli signallarni qabul qilishda xatolarni keltirib chiqaradigan asosiy faktor bo‘lib, uzatuvchi-qabul qiluvchi qurilmalar orasidagi masofa katta bo‘lganligi sabab, qabul qilish qurilmasining kirishidagi signal/shovqin nisbatning kichikligi hisoblanadi. Sun’iy yo‘ldosh aloqa kanallarning chastota kengligi yer usti va kabel televideniyesi kanallarigan nisbatan sezilarli darajada keng.
6.5-jadvalda ma’lumotlarni mumkin bo‘lgan uzatish tezligi va kanal simvollarini aloqa kanali kengligiga bog‘liqligi keltirilgan. Bunda foydali ma’lumotlarni uzatish tezligi kanalni kodlash parametrlariga (oxirgi ustuncha) bog‘liq, chunki yig‘uvchi kod ortiqchaligi ko‘payganda xalaqitbardoshlik oshadi,lekin foydali ma’lumotlarni uzatish tezligi kamayadi.
DVB standarti 11...12 GGs chastota diapazonida 27 MGsli chastota kengligiga ega sun’iy yo‘ldosh televideniyesining mavjud kanallaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Istiqbolda sun’iy yo‘ldosh tizimlarida 20.... 21 GGs diapazondan foydalanish va alohida kanallarning chastota polosalari kengroq bo‘lishlari nazarda tutilmoqda.

6.5- jadval


Ma’lumotlarni uzatishning turli tezliklari

Kanal kengligi, MGs

Uzatish tezligi Msimv/s

To‘liq tuzatish tezligi Mbit/s

Foydali ma’lumotlarni uzatish tezligi Mbit/s

54

45

90

41,5... 72,6

36

30

60

27,7...48,4

33

27,5

55

25,3... 44,4

71

22,5

45

20,7... 36,3

Sun’iy yo‘ldosh teleradio eshittirish tizimlarida uzatilayotgan signallarning quvvatlari nisbatan kichik va chegaralangan bo‘lganligi sababli interferension xalaqitlar va shovqinlarning ta’siriga sezuvchanlik yuqori hisoblanadi. Shuning uchun energetik samarador QPSK- kvadraturaviy faza modulyatsiyasi va qisqartirilgan RS kodi hamda Vitberi dekodlash algoritmidan foydalanuvchi,yig‘uvchi kod asoslaridagi kaskadli kodlashdan birgalikda foydalanish tizimning yuqori xalaqitbardoshligini ta’minlaydi. Xalaqitbardoshlikni oshirishda shovqin va interferatsion xalaqitlar hamda sun’iy yo‘ldoshning bort retranslyatorlarining nochiziqli ta’sirlari ham hisobga olinishi kerak. Ichki kodek uchun, quvvati uzatilishi va spektrdan foydalanish orasidagi samarali munosabatga erishishni hisobga olgan holda, 1/2-7/8 diapazondagi 5 ta diskret kod qiymati tezligidan birini tanlash imkoniyati mavjud.
Moslashtirilgan filtrlash va xatolarni to‘g‘ri-to‘g‘ri to‘g‘rilash qabul qilishning qiyin sharoitlarida ham yuqori sifatni ta’minlashga imkon beradi. Yuqori sifat xatto tashuvchi/shovqin va tashuvchi/interferension xalaqit nisbatlari chegara (bo'sag‘a) qiymatga yaqin bo‘lganda ham saqlanib qoladi. Bunda xatolik bir soatda bittadan oshmasligi kafolatlanadi, bu esa qabul qiluvchi dekoderida, MPEG-2 demultipleksor kirishida xatolar ekvivalent ehtimolligiga
10-10…..10-11 atrofida bo‘ladi.
DVB-S tizimi funksional blok bo‘lib, MPEG-2 transport multipleksori chiqishida teleeshittirish raqamli signal programmalarini yo‘ldoshli kanal xarakteristikalari bilan moslashtirish amalga oshiradi. DVB-S tizimining uzatish va qabul qilish qismlari tuzilmaviy sxemasi 6.13-rasmda keltirilgan.
Uzatishda ma’lumotlar oqimining kanalga moslashishi uchun quyidagi almashtirishlar amalga oshiriladi:

    • transportli multipleksorlash va signal energetik spektrini tekislash uchun randomizatsiyalash;

    • Rid-Solomon kodi yordamida tashqi kodlash;

    • yig‘uvchi oralatish;

    • chiqarib olingan(ajratilgan) koddan foydalangan holda ichki kodlash;

    • chastotalar polosasi asosida signalni shakllantirish;

    • modulyatsiya.




6.13-rasm. DVB-S tizimining tuzilmaviy sxemasi

Uzatishda transportli ma’lumotlar oqimi va uning taktlari tizimga interfeys orqali kelib tushadi. Interfeysdan chiquvchi takt chastotasi va kod tezligini boshqaruvchi tashqi signal barcha zarur takt va sinxronizatsiyalovchi chastotalarni generatsiyalash(paydo qilish) uchun foydalaniladi. Takt signallarining uzatilishi va uzatish qurilmasining sinxronizatsiyasi mos ravishda boshqaruv generatorlari yordamida amalga oshiriladi.


Interfeys chiqishidan transport paketlari sinxrobayt sikllarini shakllantiruvchi qurilma (buning uchun,MPEG-2 standarti bo‘yicha, har bir sakkizinchi transport paketining sinxrobayti inversiya (teskarisiga aylantirish) qilinadi) orqali o‘tadi va signalning energetik spektrini tekislovchi randomizatorda ishlov beriladi.
So‘ngra randomizatsiyalangan ma’lumotlar paketlari tashqi RS-koderda kodlanadilar, tashqi yig‘uvchi oralatish qilinadilar va ichki kodlash hamda modulyatsiyalash blokiga kelib tushadilar. Tashqi RS- koder va ichki yig‘uvchi koderlarning tuzilmaviy sxemasi va randomizator parametrlari DVB-T tizimidagi shunday qurilmalarga aynan mosdir.
Ichki kodlash va modulyatsiyalash bloki tuzilmaviy sxemasi 6.14 -rasmda keltirilgan. Bunda kodlash bazasi tezligi R=1/2 bo‘lgan holatda, ichki yig‘ish koderida kodlashdan keyin ma’lumot paketlari perfaratorga tushadilar va kodning tezligi oshirilishi talab etilganda ortiqcha tekshiruvchi simvollar olib tashlanadi. Ichki oralatgich mavjud bo‘lmaydi, chunki kanal xatoliklarining statistik tarkibi uni qo‘llanishini talab etmaydi. So‘ngra asosiy chastota polosasida signal spektri shakllantiriladi va uni QPSK-modulyatoriga uzatish amalga oshiriladi. Undan keyin,so‘nggi interfeys yordamida, oraliq 70/140 MGs chastotada, sun’iy yo‘ldosh yer stansiyasi radiokanalini ta’minlovchi yuqori chastotali uzatish qurilmasi bilan moslashtiriladi.

6.14-rasm. DVB-S tizimida modulyatsiyalash va tizim osti kodlashning tuzilmaviy sxemasi

Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish