Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


O‘zbekistonda raqamli televideniyening holati



Download 27 Mb.
bet119/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

9. O‘zbekistonda raqamli televideniyening holati

O‘zbekistonda yer usti raqamli televideniyega o‘tish va uni rivojlantirish uchun qo'shimcha ravishda UZDIGITAL TV korxonasi tashkil etilgan. Bu korxona jismoniy va yuridik shaxslar uchun raqamli televideniye xizmatlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Raqamli televideniyega o‘tish davri uchun DVB-T/T2 (Digital Video Broadcasting-Terrestriai) va videotasvirlarni siqish standarti MPEG-4 (N.264) qabul qilindi.


O‘zbekiston barcha xududlarini raqamli televideniye bilan qamrab olish masalasi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda aholini 12 ta milliy telekanal dasturlari bilan ta’minlash quyidagi televizion kanallarda amalga oshirilmoqda:
-Andijan viloyati -27 TVK;
-Buxoro viloyati- 47 TVK;
-Samarqand viloyati-42 TVK;
-Xorazm viloyati - 40 TVK;
-Jizzax viloyati - 45 TVK;
-Farg‘ona viloyati - 40 TVK;
-Qashqadaryo viloyati -47 TVK;
-Navoiy viloyati -30TVK;
-Sirdaryo viloyati -32TVK;
-Surxandaryo viloyati -47TVK;
-Toshkent viloyati (Angren shahri-44TVK, Bekobod shahri -27TVK);
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi-46 TVK;
-Toshkent shahri va atrofi uchun-29, 37,41,42 TVK, ya’ni 535,25; 599,25; 631,25 va 639,25 MGs chastotalarga mos keluvchi qo'shimcha 48 ta raqamli(pullik) teledasturlar uzatilmoqda.
Avval qayd etilganidek, raqamli telekanallarni qabul qilish uchun maxsus Set-tob box (STB) qurilmasidan foydalaniladi. Faqat kodlashirilmagan kanallarni qabul qiladigan (Free To Air FTA) yoki shartli ruxsat etish tizimini ta’minlaydigan STBlar mavjud.
Kodlashtirilgan raqamli kanallarga kirishga ruxsat etishni boshqarish uchun UZDIGITAL TV quyidagi ko‘rinishdagi qurilmalardan foydalanadi:
-Ichiga DVB-T tyuneri o‘rnatilmagan televizorlar uchun TE -6010IR (9.1-rasm) abonent qabul qilgichidan (tyuneri);



9.1-rasm. TE-6010IR raqamli TV tyuneri.

- DVB-T/T2 standartida ishlaydigan, pullik kodlangan telekanallarni ko‘rish imkonini beradigan, ichiga raqamli televideniye signallarini qabul qilishni ta’minlovchi raqamli tyuner o‘rnatilgan va maxsus kirishga (slotga) CITeleCARD ega bo‘lgan hamda TeleCARDdan foydalanuvchi qurilmadan.


UZDIGITAL TV foydaladigan TeleCARD quyida 9.2-rasmda keltirilgan.

9.2-rasm. TeleCARD ning tashqi ko‘rinishi.

UZDIGITAL TV tizimida TeleCARDdan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi:


- televizor yonida alohida TV tyunerning yo‘qligi va u bilan bog‘liq ulanuvchi simlarning mavjud emasligi;
- tasvir sifatining, TV tyuner qo‘llanilishiga nisbatan, yuqoriligi (televizorda ichiga o‘rnatilgan tyunerdan foydalanilganda, alohida TV tyuner qo‘llanilgandagi holatga nisbatan,televizor kirishida qo'shimcha raqamli signalni analog signalga aylantirish jarayoni mavjud bo‘lmaydi);
- raqamli kanallarni boshqarish faqat televizor pulti orqali bajarilishi;
- TeleCARD yuqori aniqlikdagi standartni (HDTV) ta’minlay olishi, chunki ko‘pgina hozirgi zamon ichiga raqamli TV tyuner o‘rnatilgan televizorlar Full HD yoki HD Ready.
Raqamli televizion signallarni qabul qilish uchun UZDIGITAL TV ikki turdagi detsimetrli (DMV) antennalarni tavsiya etadi. Biri xona ichidagi va ikkinchisi tashqi logoperiodik antenna. Tashqi logoperiodik antennaning ko‘rinishi 9.3-rasmda keltirilgan.

9.3- rasm. Raqamli TV signallarini qabul qiluvchi logoperiodik antennaning tashqi ko‘rinishi

Kodlashtirilgan(pullik) raqamli kanalga kirishni ta’minlash uchun shartli ruxsat etiladigan tizimlarning (Conditional Access System- CAS) xilma xil ko‘rinishlari qo‘llaniladilar. Hozirgi zamon raqamli shartli ruxsat etish tizimlari tarixi analog tizimlardan boshlangan, ya’ni ular pullik telekanallarni himoya qilish vazifasini bajarib, ruxsat etilmagan kanallarning ochilishiga yo‘l qo'ymaganlar. Bu tizimlarda nisbatan oddiy amaliyot qo‘llanilgan va uzatilayotgan tasvir qatorlari ma’lum algoritm bo‘yicha aralashtirilganlar. Ushbu usul “skremblerlash” nomini olgan va bunday atalish hozirda ham qo‘llaniladi. Ruxsat etilganlar ro‘yxatiga kiritilgan qabul qilgichlargina maxsus qurilma yoki programma orqali telekanal tasvirlarini ko‘rsatganlar. Ammo xatoliklar va ishlatiladigan algoritm kamchiliklari hamda insonlarning ruxsat etilmagan (pullik) kanallarga qiziqishining kattaligi, bu kanallarga ruxsatsiz kirishni paydo bo‘lishini ta’minladi. Shartli ruxsat etish tizimlarining keyingi rivojlanishi skremble rlashning kombinatsiyalash usullaridan va shifrlash algoritmlaridan foydalanish bo‘lib, ular telekanallar himoyalanishini oshirilishiga sabab bo‘lgan.


Teleeshittirishlarni raqamli formatga o‘tkazilishi, jumladan DVB standartining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, shartli ruxsat etish tizimlarini ishlab chiqaruvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ayni vaqtda, shartli ruxsat etish tizimlari hal qilishi kerak bo‘lgan muammolar soni ham oshdi. Ishonchlilik, masshtablanishlik va kam tannarxlilik kabi ananaviy talablardan tashqari universallik va kontekst bog‘liq bo‘lmagan talablar qo'yildi. Kontekst bog‘liq bo‘lmaslik deganda xilma trafiklik keng eshittirish kanallarida shartli ruxsat etish tizimlarini qo‘llash mumkinligi tushuniladi.
Umumiy holatda, hozirgi zamon shartli ruxsat etish tizimlari programma- apparat qurilmalari majmuasi bo‘lib, bir necha o‘zaro bog‘langan kichik tizimlarning yig‘indisi hisoblanadi.
UZDIGITAL TV korxonasi ruxsat etilmagan kirishlarga yo‘l qo'ymaslik uchun Gollandiyaning Irdeto Access B.V xususiy kompaniyasining Irdeto nomli tizimidan foydalanadi. Gollandiyaning bu kompaniyasi smart-kartalarni loyihalashtiradi, pullik televideniye uchun shartli ruxsat etish programmalarini va boshqa mikroprotsessorlarni hamda keng ruxsat etiladigan programma texnoligiyalarini, kontentga ishlov berish va tarqatish qurilmalarini avtomatlashtirish jihozlarini ishlab chiqaradi. Irdeto texnologiyasi mobil kommunikatsiya jihozlarini va raqamli televideniyening xilma xil standartlarida kontentlarni himoyalashda qo‘llaniladi.
UZDIGITAL TV korxonasida 2011 yil apreldan 2014 yil sentyabrgacha Irdeto shartli ruxsat etish tizimidan foydalanilgan va u kontentni smart-karta orqali himoyalashga asoslangan.
Cloakware himoyalanish texnologiyasining rivojlanishi va Irdeto Cloaked CA yarim funksional, smart kartasiz shartli ruxsat etish tizimining paydo bo‘lishi bilan 2014 yil oktyabrdan boshlab UZDIGITAL TV kontentni himoyalashning yangi yechimiga - shartli ruxsat etish tizimi Irdeto CAS 3 (Irdeto Conditional Access System version 3) ga o‘tdi.
Cloakware texnologiyasi tizimning yaxlit butunligini va barcha xizmat ko‘rsatish jarayoni davomida yuqori xafvsizlikni ta’minlaydi. Bundan tashqari har bir dasturiy foylalanuvchi alohida ajratilgan kalitlarga ulangan va ular qabul qilish qurilmasini yaratishda, chiplarga kiritiladi.
Yangi tizim avvalgi qo‘llanilgan tizim bilan to‘liq moslashib ishlay oladi va shu jumladan avval o‘rnatilgan abonent kartochkalari (smart-kartalar) hamda qabul qilgichlar ham.
Shartli ruxsat etishni boshqarish UZDIGITAL TVning billing markazi orqali amalga oshiriladi va u abonent hisob raqamidagi pul mablag‘ini nazorat qiladi hamda shunga asosan xizmat ko‘rsatadi.
DVB-T/T2 yer usti raqamli teleeshittirish standartidan foydalanish, tasvir va ovozni sifatli ta’minlashidan tashqari, xilma xil interaktiv xizmatlar tashkillashtirilishiga ham imkon beradi.
Hozirgi davrda UZDIGITAL TV abonentlari dasturlar uzatishning elektron jadvali (EPG) foydalanishlari mumkin. EPG qanday dasturlar qaysi kanallarda,qachon uzatilishi hamda dastur va filmlar mazmunlari bilan tanishishga imkon yaratadi. EPG xizmatlari uchun teskari kanal shart emas, chunki axborotlar, shu jumladan dastur mazmunlari muntazam uzatilib boriladi. Bundan tashqari hozirgi zamon qabul qilgichlari quyidagi funksiyalarga ega:
-“Vaqt bo‘yicha siljitish” rejimi, ya’ni tashqi qattiq disk (USB 2.0) yordamida videoni yozish va tasvirga qo'yish;
-Ikkita kanalni bir vaqtda yozish va ikkita kanalni “kartina ichida kartina” rejimida (RIR) ko‘rish;
- USB 2.0 portidan foydalanish (MR 3 -pleer va JPEG formatda tasvirni ko‘rish);
- Xilma xil multimedia formatlarini qo‘llash (shu jumladan, Xvid tasvirni qo'yishda);
-Ethernet qo‘llab quvvatlash;
-Yuqori aniqlikda ekranning to‘liq rang bilan tasvirlanishi;
-Tanlangan kanallarning ro‘yxatini shakllantirish;
-Tanlangan kanallar ro‘yxatini kengaytirish, tezkor ko‘rib chiqish,ta’qiqlash hamda kanallarni siljitish, o‘zgartirish va o‘chirishni ta’minlash;
- Alfavit bo‘yicha ajratish funksiyasini amalga oshirish;
- Ota-onalarning (nazorati) tizimga kirishga (tizimga ruxsat etilishni ta’qiqlash) ta’qiqlari, ya’ni sozlanishni ta’qiqlash.
UZDIGITAL TV korxonasi raqamli televideniyening jahondagi taraqqiyoti tajribalari bilan muntazam tanishadi va shu asosda uni O‘zbekistonda rivojlanishi bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda UZDIGITAL TV tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan biri elektron telegazeta Paper UZ xizmatini tashkil qilish bo‘lmoqda. Paper Uz axborot yangiliklar xizmati abonent qurilmalariga, Internet yoki boshqa ma’lumot uzatish kanallarini qo‘llamasdan, efir orqali ma’lumotlarni yetkazishdir. Paper Uz servis xizmatlari tomonidan beriladigan barcha axborotlar istalgan sondagi sinflarga bo‘linadilar va ularning nomlari va logotiplari o‘zgartirilishlari mumkin. Sinflar istalgan sondagi maqolalarga bo‘linishlari mumkin va har bir maqola bir necha betni tashkil qilishi mumkin.
Bu xizmatning asosiy afzalliklaridan biri Internet tarmog‘i bo‘lishi shart emasligidir va xizmatni tashkil etish uchun qo'shimcha qurilmalar talab etilmasligidir.
Shunday qilib, tizim moslanuvchan bo‘lib, unda hech qanday abonentning qo'shimcha qurilmalarisiz xilma xil axborotlarni: yangiliklar, so‘rov ma’lumotlari, reklama va shaxsiy e'lonlarni berish mumkin.
Paper Uz servis xizmatidan foydalanuvchilar sonini oshirish maqsadida Smart TV ilovasi ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari UZDIGITAL TV korxonasi teleeshittirishlarga bag‘ishlangan ilmiy -tadqiqot ishlarida ham faol qatnashmoqda, jumladan O‘zbekistonda tarqatilayotgan teleradio kanallar, dasturlar reytingini aniqlash, baholash usullari va tartiblari ishlab chiqilmoqda. Bu ilmiy- tadqiqot ishlari O‘zbekistondagi teleradio kanallarining butunlay yangi va o‘ziga xos reytingni aniqlashda asosiy dasturi amal bo‘lishiga ishonch bildirilmoqda.
Umumlashtirilgan holda shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda raqamli televideniyening rivojlantirishi aktiv amalga oshirilmoqda va unga bir necha yo‘nalishlarda dasturlar qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tomonidan qabul qilingan raqamli televideniyega bosqichma bosqich o‘tish progammasi faol tatbiq etilmoqda va tegishli amaliy ishlar bajarilmoqda. DVB-T2 formatdagi uzatish qurilmalari o‘rnatish va ishga tushirish tufayli 2015 yil oxiriga O‘zbekiston xududini 50 % dan ortig‘ini raqamli televideniye bilan qamram olish masalasi xal etildi. Bosqichma bosqich DVB-/T2 formatga o‘tish texnik muammolarni xal etishning yangi pog‘onasiga ko‘tarilishga va foydalanuvchilar uchun yanada sifatli telekanallar tashkillashtirish va ularning sonini ko‘payishini ta’minlaydi.



Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish