Foydani maksimallashtirish, rentabellik darajasini oshirish strategiyasi.
Narx belgilashning bu strategiyasidan maqsad daromadlarni oshirish va
korxonaning takror ishlab chiqarish, shuningdek, investitsion imkoniyatlarini ham
kengaytirishdan iboratdir.
Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi
.Narxlarning bozor darajasi
bozorda harakat qilayotgan yirik korxonalarning soni va ularning narx
strategiyasiga ham bog’liq bo’ladi. Bunday sharoitda kichik korxonalar narx
jihatidan etakchi bo’lgan korxonalarning ta'sirida bo’ladi. Demak, bu erda korxona
narxlashtirishning etakchi orqasidan yurish strategiyasini qo’llashi foydadan holi
emas. Albatta, etakchi vaziyatni egallab turgan korxona maqsadga muvofiq narx
belgilashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |