170
с
zararsizlik nuqtasiga mos keladi. Maqsad qilib qo’yilgan foydaga erishish uchun
korxona sotish hajmini oshirishi zarur. Bizning misolimiz bo’yicha korxona 200
ming so’m foyda olishi uchun eng kamida 50 ming tovar birligini sotishga erishishi
kerak bo’ladi.
Talabga asoslangan usul
.Ko’pchilik hollarda korxonalar narxlashtirishning
asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning iste'molchilar tomonidan xaridor
sifatida qabul qilinishi, ya'ni tovarning xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb
biladilar. Demak, narx bu holda tovarning qiymat jihatidan muhimligiga muvofiq
kelishi kerak. Aslida ham har bir xaridor u yoki bu tovarni xarid qilar ekan, u
xayolan xarid qilingan tovarning narxini uning foydaliligi bilan taqqoslab ko’radi.
Tovarning foydaliligi asosida narxlashtirish usulidan foydalanadigan
korxona iste'molchilar ongida shu korxonaning tovariga raqobat qilayotgan
tovarlar haqida ham qanday tasavvur mavjudligini bilishlari talab etiladi. Bu erda
iste'molchilarning bitta tovar uchun har xil sharoitlarda qancha pul to’lashga tayyor
ekanliklarini bilish ham muhim hisoblanadi.
Agar sotuvchi tovarga narxni uning foydaliligidan ko’proq belgilasa, sotish
hajmi belgilangandan kamroq bo’lishi mumkin. Ko’pgina kompaniyalar o’z
tovarlarining narxlarini juda yuqori belgilaydilar va natijada tovar bozorda yomon
sotiladi. Ba'zi kompaniyalar esa o’z tovarlariga haddan tashqari past narx
belgilaydilar. Bu holda tovarlar bozorda yaxshi sotilsada, korxonaga kam daromad
keltiradi. Iste'molchilarning narx darajasiga munosabatlarini bilish uchun maxsus
marketing tadqiqotlari o’tkaziladi. Masalan, iste'molchilar orasida so’rovlar
o’tkazish va bozorni testlashtirish shular jumlasiga kiradi.
Iste'molchining tovarni xarid qilishiga uzoq muddat davomida mavjud bo’lib
kelayotgan va xaridor odatlanib qolgan narxlar ham katta ta'sir ko’rsatadi. Bunday
holatda tovar narxining ozgina oshishi ham tovar xaridining keskin kamayib
ketishiga olib kelishi mumkin. Bunda iste'molchining odatlanib qolgan narxlarga
nisbatan fikrini tovarning sifatini, o’rab-joylanishini va dizaynini juda yaxshilash
hisobiga o’zgartirish lozim.
Iste'molchilar talabi asosida narx belgilashning variantlaridan biri kim-oshdi
savdosi o’tkazishdir. Agar tovar iste'molchi uchun juda ahamiyatli, katta qiymatga
ega bo’lsa, u holda kim-oshdi savdosining boshlang’ich narxini juda yuqori
belgilash mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: