Sifatli tovar deganda
uning mustaxkamligi, chidamliligi, iste’mol
xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi standartlashtirilganlik va takomillashtirilganlik
darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o‘zida jam etgan tovar
tushuniladi.
Maxsulot sifati mazkur tovardan, ma’lum ijtimoiy extiyojning mazkur
iste’mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Maxsulot sifati xom-ashyo,
ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan
iqtisodiy
samarada
namoyon bo‘ladi.
Xomashyo sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara:
materiallar sarfi normalarining kamayishida;
unga ishlov berishga qilinadigan mexnat sarfining qisqarishida;
pirovard maxsulot chiqishning ko‘payishida;
maxsulot sifatining yaxshilanishida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |