Maslouning motivatsion nazariyasi esa nima uchun insonlar ma'lum vaqt davomida o’z xulq-atvorining motivi sifatida ma'lum bir ehtiyojga ega bo’lishlarini tushuntirishga qaratilgandir. Maslou ehtiyojning ierarxik strukturasini ishlab chiqdi. Bu nazariya bo’yicha ehtiyojlar muhimligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: fiziologik (oziq-ovqatlarga, kiyim-kechak, yashash joylarga bo’lgan ehtiyojlar), o’z-o’zini saqlash (xavfsizlik va himoya qilinganlik), sotsial (ma'lum sotsial guruhlarga mansublik), hurmat (o’z-o’zini hurmat, xizmatini tan olish, tashkilotda ma'lum statusni egallash), o’z-o’zini tasdiqlash (o’zining qobiliyatini to’liq ochish imkoniyati, o’z-o’zini ko’z-ko’z qilish). Inson birinchi navbatda eng muhim ehtiyojini qondirishga harakat qiladi. Birlamchi ehtiyojlar qondirilgandan so’ngra esa, inson muhimligiga qarab navbatdagi ehtiyojini qondirishga harakat qiladi. Masalan, ochlikdan aziat chekayotgan kishi san'at dunyosida ro’y berayotgan o’zgarishlar bilan qiziqmaydi, balki uni kun kechirishi uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari qiziqtiradi.
Umuman, motivatsiyani o’rganish asosida xarid qilish sabablarini, xaridorlarning xatti-harakatlarini, sotish tarmog’iga bo’lgan munosabati, axborot olish va qaror qabul qilish jarayoni, iste'molchilarning turli guruhlarining urf- odatlari va hokazolar haqida kommunikatsiyalar jarayoni uchun zarur bo’ladigan ma'lumotlar tanlash mumkin bo’ladi. Mavzu. Marketing tizimida tovar siyosati. Keys stadi
Qo’shma korxona tuzish jarayonida mahsulotni ichki va tashqi bozorda sotish bo’yicha asosiy yo’nalishlar belgilangan, xolos. Shundan so’ng korxona prezidenti marketing bo’yicha muoviniga marketing bo’limini boshqarish tuzilmasini ishlab chiqish va uning kadrlar salohiyatini shakllantirish, so’ngra mazkur korxona mahsulotlarini sotish sxemasini batafsil ishlab chiqish vazifasini topshirdi. Topshiriqni olgach, marketing bo’limi rahbari qo’shni korxonalar mutaxassislarini jalb qilishga qaror qiladi va ular oldiga yanada detallashgan vazifalarni ko’ndalang qo’ydi, xususan, ularning mohiyati quyidagiga borib taqaladi: Marketing bo’limini boshqarish tuzilmasini ishlab chiqish, bunda chiqariladigan mahsulot sifati va assortimentini hisobga olish.
Bo’limning tijorat xodimlarini tanlash va quyidagilarni aniqlash:
bozorning mahsulotni sotish uchun ehtiyojlari;
qo’shma korxonaning ushbu ehtiyojlarni qondiroish imokniyatlari;
9.Ishlab chiqariluvchi mahsulotni ilgari surishning samarali texnikasini joriy etish:
qanday qilib reklamani mazkur hududda tovarni ilgari surishga moslashtirish?
qanday qilib tovarni ilgari surishda savdo agentlari rolini oshirish?
qanday qilib qo’shma korxona mahsulotlarini ilgari surishga vositachilarni jalb qilish?
Bunda chakana savdogarlarning roli qanday?
qanday qilib marketing bo’limi xodimlarini moddiy rag’batlantirishning samarali tizimini qo’llash?
Olingan vazifaga asosan marketing bo’limi rahbari maslahatchilar guruhi bilan birgalikda olingan ma’lumotlarni umulashtiradi va ularni ishbilarmonlik o’yini shaklida muhokamaga kiritadi.
Muhokama uchun 26 soat vaqt ajratiladi.
Jadval. Tovarning har xil hayotiy davri fazasida marketing taktikasi