Qo’llab-quvvatlashdagi zaruriyat: mijozlarga yordam kerak emas, lekin yordamga muxtoj bo’lganlarida ularga yordam ko’rsatilishiga amin bulishlari kerak; extiyot qismlarni va remont brigadalarni kurilish joyiga yetkazib berilishini mijozlar afzal kuradilar.
Axborotdan kelib chikib, berilgan tovarning taksimot kanallari tizimining eng yaxshisini tanlang.
Iste’molchilarda tvarni sotib olishda qanday odatlar vujudga kelishini uylab chiking. Ular ishlab chiqarish iste’molchilari bulishlari bilan birga oddiy odamdirlar. Oddiy odamlar kabi tovarlarni uzlari sotib olishni istaydilar. Bundan kelib chikib chakana savdo dukonlariga uz e’tiboringizni karatishni tavsiya kilamiz. Natijada odamlar uzlarining shaxsiy va ish xaridlarini uygunlashtira oladilar.
Yangi tovar katta va geografik jixatdan xilma-xil bozorga ega, xaridorlar yordamga muxtoj emaslar. Bundan kelib chikib bu tovarning taksimot kanalining eng yaxshisi bu pochta buyicha buyurtmalarni kabul qilish bulishi mumkin. Sotishning bu turi davlatning turli chekkalarigacha etib boradi va arzonrok tushadi, chunki sotuvchilar xizmatini va chakana savdo dukonlarida joyni egallashni talab kilmaydi.
Mavzu. Boshqarish usullari Keys stadi
”MuzA” korxonasiga qanday tovar strategiyasi kerak?
Keysning maqsadi: Marketingda tovar siyosatini o’rganish va uni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish.
Kutilayotgan natijalar: marketing faoliyatini o’rgangan holda, bilimni chuqurlashtirish, tovar siyosatini baholash, ularni boshqarish strategiyalarini o’rganib chiqish va berilgan muammolarni echish. Keys muqaffaqiyatli echish uchun talabalar quyidagi natijalarga erishishlari lozim: tovar siyosati, uni boshqarish, tovar siyosatini boshqarish strategiyasini chuqur o’rganish va ma’lum natijalarga erishish;
Keysni muqaffaqiyatli echish uchun magistrlar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur:
-marketingni boshqarish strategiyalarining nazariy va uslubiy asoslarini;
-marketingning strategik bshqarish modellarini;
-bozor va raqobat muhitini tahlil qilish, strategiyani tanlash va amalga oshirish;
-marketingda tovar va baho siyosatini boshqarish strategiyalarini tanlash va qo’llay olish;
-marketingni zamonaviy kontseptsiyasi asosida boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish.
Mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o’rni
“Raxbar uslubi”
holat
Tavsiflar asosida odamning mijozini aniqlang. "V" qobiliyatli muxandis- iqtisodchi. Ko‘pchilik uni juda qiziqqon va besaramjon deb hisoblaydi. "V" o‘ziga qaratilgan har qanday tanqidga chiday olmaydi, o‘zini tuta olmaydi va tajovvuzkordek qaraydi. O‘zining kamchiligini ko‘rsatishga jazm qilgan kishi bilan xoxlagan paytda urishib ketishi mumkin. Bunday xulqni "V" har doim unga qarshi zarba bera olmaydigan kishiga qo‘llashi kuzatilgan. Shu bilan bir vaqtda u bilan tortisha oladigan va uni o‘z o‘rniga qo‘ya oladiganlar, shuningdek, u nimadan bo‘lsa ham tobe’ bo‘lganlar va uning shaxsiy xotirjamligi bilan bog‘liq bo‘lganlar "V" bosiq, g‘amxo‘r, vazmin munosabat bildiradi. Shu bilan birga "V" juda ishchan, yangi ishga tez kunikuvchan, kam charchaydi va mashhurlik axtaradi.
Flegmatik.
Xolerik.
Sangvinnik.
Melanxolik.
2 - holat
Majlisda ishchilardan biri rahbarning uni qanday qabul qilishi haqida ochiq norozilik bildiradi. "Kabinetga kirasan, -dedi u , - salom o‘rniga bosh silkitish, o‘tirishni ham har doim taklif qilmaydi, insoniylik qani?"...
Bir odam so‘zga chiqqan kishini qo‘lladi, boshqasi esa:" rahbar har doim o‘z fikrini bildirib, unga kelgan har bir ishga amaliy yordam ko‘rsatadi, bu esa eng asosiysi!" - dedi.
Ularning qaysi biri haq?
Birinchi odam ham. Rahbar har doim o‘z qo‘li ostidagi kishilar kuzatuvida bo‘ladi. Bu uni o‘z harakatlarini qattiq nazorat qilishga majbur etadi ayniqsa, har qanday ishlab chiqarish holatida bo‘lmasin insonlarga hurmatda bo‘lishni talab etadi.
Ikkinchi odam haq. Asosiy xissiyotlar esa ikkinchi o‘rinda turadi.
Ikkala ishchi ham adolatli muloxaza yuritishdi, etika, axloq, rahbarning ichki
madaniyati - bu ko‘p narsani bildiradi, lekin ishda shunday vaqtlar bo‘ladiki,
rahbar uchun salomlashishga ham qo‘li tegmaydi, bundan tashqari rahbar va bo‘ysinuvchining orasidagi shaxsiy o‘zaro munosabatlar ham katta ahamiyatga ega. Bu erda rahbar haq.
Mavzu: Boshqaruv qarorlari Keys stadi
Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo’ldi.U o’ziga ishongan, mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish niyatida yonib ish boshladi.
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam tennis ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel tayyorlovchilar raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar.
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib, o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi, deb xom cho’t qilindi.
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat - yuqori sifatli va arzonroq - sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol ularni qiynab qo’ydi.
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo’ydi.
-kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo’qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor buxgalter.
-Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan, lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi.
-Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin” o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish kerak dedi.
Savol: Yosh raxbar qanday qaror qabul qilishi lozim?
Keys stadi
Direktor kabinetida zavod vakili, birlashmaga kooperatsiya mahsulotning zavodga etkazib beradi. Zavod vakili direktordan mahsulot nomenklaturasini bir muncha o’zgartirishni, etkazish muddatlarini qisqartirishni so’rab,tegishli mazmunda xat beryapti. Bu masala bo’yicha tegishli axborotga ega bo’lmagan holda, iste’molchiga yordam berish maqsadida, shunday bo’lsada iste’molchini asossiz ishontirishni hohlamagan holda xatni o’zida qoldirdi, uni o’rganib chiqib yordam berishga va’da berdi. Direktor to’g’ri ish tutdimi?
Kelgan xatlarni ko’rsatib, direktor bir hujjatga ko’zi tushub, uni batafsil o’rgnamoqchi bo’ldi. Hozir vaqt bo’lmagani uchun uni o’zida ertaga ko’rib chiqish uchun qoldirdi. U to’g’ri ish tutdimi?
Tashkilotning bo’limlaridan hujjatlar direktorga imzo uchun uch nusxada yuboriladi. Biri adresat uchun, ikkinchisi bo’limga qaytarildi, uchunchisi qabulxonada kontselyariya uchun qoldirildi. Hujjatning uchunchi nusxasi har qanday vaziyatda straxovka uchun kerak bo’ladi. Direktor hujjatlarni kerak bo’lganda strukturaviy bo’limlarda tezkor ravishda, ba’zida topilmasligiga ishongan holda kotibada saqlaydi.Bunday ish olib borish to’g’ri deb hisoblaysizmi?
Mavzu. Xizmatlar sohasi menejmenti
Keys stadi “O’z vazifangni o’zing bajar”
Vaziyat bayoni
Informatsion kompaniyaning loyihalash bo’limida ikki xodima-Zokirova N. va Maxmudova L.injener bo’lib ishlaydilar. Ular kompaniyaga bir vaqtda ishga kelganlar, lekin ularning ishlash stili bir-biridan tubdan farq qiladi. Zokirova N. punktual, vijdonan ishlaydi va boshqalardan ham buni talab qiladi. Rejadan tashqari ishlardan ham bosh tortmaydi. Maxmudova Z. esa bir maromda ishlamaydi, uning kayfiyati bilan ishlash layoqati hech bir-biriga to’g’ri kelmaydi, u qon bosimi yoki yuragining urishidan doimo shikoyat qiladi, ammo davolanish ta’tiliga (byulletenga) chiqmaydi, oylik maoshini qisqarishini hoxlamasligini ro’kach qiladi. Rahbar Zokirova N. ga tayangani uchun Maxmudova Z.ga yon bosardi. Maxmudova L. o’zini yomon his qilayotganini ro’kach qilib mayda topshiriqlardan bosh tortganda, bo’lim boshlig’i uning ishlarining bir qismini Zokirova N.ga yuklardi.
Bu ikki xodimalarning birinchi to’qnashuviga Maxmudova Z.ning ishidagi xatolari bo’ldi. Zokirova N. Maxmudova Z. ishlarini bir qismini bajargani uchun u Maxmudovadan ishlarini sifatli va o’z vaqtida bajarishini talab qila boshladi.
Zokirova N. o’zining talab va shikoyatlarini Maxmudovaga Z.ga guvohlarsiz aytdi, Maxmudova Z. esa bu intsidentni (holatni) bo’limda muhokama qilinadigan muammoga aylantirdi.
Bu nizo xamkasblarni bir-biriga nisbatan nafratli bo’lishiga sabab bo’ldi. Ularning rahbari ayollar ishiga aralashmaslikka qaror qilib, birinchi imkoniyatning o’zida ularning ish funktsiyalarini ajratib, Zokirova N.ga qo’shni bo’limdan boshqa ish joyini egallashini taklif qildi. Zokirova N. boshqa funksional topshiriqlarni bajarishdan bosh tortdi va rahbardan Mahmudova Z.ni boshqa bo’limga o’tkazishini talab qildi. Bunda faqat u ishdan qochishini va bu holatga aynan u aybdor ekanligini ta’kidladi.
Muhokama va mulohaza uchun savol va topshiriqlar.
Keys ishtirokchilarini pozitsiyasini tushuntiring. Sizning fikringizcha, kim vaziyatga yuqori darajada ta’sir qiladi?
Rahbarning yechimlarida xatoliklar bormi? Qanday xatolar?
Paydo bo’lgan muammoni yechish uchun, ishtirokchilar qanday yo’l tutishlari kerak?
Muammoni yechish uchun kompaniyaga taklifingiz.
Mavzu.Mehnat jamoalarini rejalashtirish va boshqarish
Savol va topshiriqlar.
Narx shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Marketing kontseptsiyasi.
Marketing faoliyati nazorati.
Marketing xizmatining tuzilishi.
Keys stadi.
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
1. Savdo hajmi
|
100
|
300
|
350
|
200
|
50
|
2. Daromad
|
-
|
100
|
200
|
150
|
10
|
Daromad va savdo hajmining grafigini chizing.
1999 yilda tovar qaysi THB da joylashganini aniqlang.
Joriy etish bosqichida qaysi vositalarni qo‘llash kerak?
Narx shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Marketing kontseptsiyasi.
Marketing faoliyati nazorati.
Marketing xizmatining tuzilishi.
Keys stadi.
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
1. Savdo hajmi
|
100
|
300
|
350
|
200
|
50
|
2. Daromad
|
-
|
100
|
200
|
150
|
10
|
Daromad va savdo hajmining grafigini chizing.
1999 yilda tovar qaysi THB da joylashganini aniqlang.
Joriy etish bosqichida qaysi vositalarni qo‘llash kerak?
Mavzu. Menejmentda motivlashtirish. Keys stadi
Ma’lumki, qo’shma korxona, boshqa har qanday korxona kabi, moliyaviy bo’limni tashkil qilmasdan faoliyat ko’rsata olmaydi. Moliyaviy faoliyat masalasi kutib tura olmasligi sababli qo’shma korxona prezidenti iqtisodiy masalalar bo’yicha vitse-prezidentga korxona moliyaviy faoliyatini boshqarish tuzilmasini ishlab chiqish, moliya bo’limi bajarishi lozim bo’lgan funktsiyalarni hisobga olgan holda bo’lim uchun kadrlarni tanlab olish vazifasini topshirdi.
O’z navbatida vitse-prezident moliya bo’limi rahbariga boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqish, bo’lim faoliyati turlarini aniqlash va bundan kelib chiquvchi vazifalarni belgilash vazifasini topshirdi:
Bo’limni boshqarish tuzilmasini ishlab chiqish.
Kadrlarni tanlash va o’qitish.
Moliya bo’limida ichki faoliyat turlarini aniqlash.
4.Ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash, material sarfi va yuklama xarajatlarni hisobga olish tartibini belgilash.
Tovar zahiralari va ularning aylanmasi tezligi, tovar zahiralarini nazorat qilish usullarini tahlil qilish.
Rejalashtirish va nazorat maqsadida byudjetni ishlab chiqish:
byudjetni ishlab chiqish maqsadlari;
byudjetni tayyorlash bo’yicha ishlarni tashkil etish;
qo’shma korxonaning boshqa bo’limlari bilan moliya bo’limining aloqasi;
kassa byudjeti va undan naqdi pulni boshqarishda foydalanish.
Kapital xarajatlar rejasini baholash:
ishlab chiqarishning asosiy vositalariga qo’yilmalar hajmi;
kapital xarajatlarni rejalashtirish;
kapital qo’yilmalar hajmiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar;
kapital xarajatlarni tejashni baholash usullari.
Korxonaning moliyaviy faoliyati haqida hisobot tuzish jarayonini ishlab chiqish.
Vaziyatli masalani qo’shma korxonaning moliya bo’limi va ekspertlar yig’ilishida ko’rib chiqish hamda uning faoliyati bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish zarur.
Vaziyatni tahlil qilish va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish uchun 24 soat vaqt ajratiladi.
TEST
Kim menejerning xizmatchilar bilan alokasi tashkilot iklimi va ularning ishlariga bevosita ta’sir kilishni isbotladi?
A) Gerbert Saymon - 1955
Duglas Makregger - 1960
Igor Aksoff - 1965
Dunaevskiy F.V. - 1950
Boshkaruv goyasining rivojlanishi 3 ta xodisa vokeaning atrofida aylanadi
topshiriklar, personal, ishlab chikarish omillari
bokaruv usullari, inson, meznatning taksimlanishi
vakolatning kayta taksimlanishi, strategiya, personal
topshiriklar, ipnson, boshkaruv faoliyati
Tashkilotga tizimli yondashuv... sifatida kurib chikadi.
tashkilot tashkarisidagi resurslar va jarayonlarni yaxlit birlashtiruvchi kup rejali xodisa.
V) yoki topshirik, yoki inson, yoki boshkaruv (Ma’muriyat)
tashkilotning ichki va tashki muxiti bilan boglik bulgan kup kirrali va uzgaruvchan xasablar.
tashkilot ichkarisida resurslar va jarayonlarni bir butun kilib birlashtiruvchi kup rejali xodisa
Samarali tashkilot kuyidagi bir-biriga boglik bulgan ettilik asosida shakllanadi (7-s teor.)
uslub, malaka, xokimiyat V)strategiya, tuzilish, tizim, shtat S)uslub, malaka, bulingan kiymat
uslub, malaka, xokimiyat, uslub, malaka, bulingan kiymat
strategiya, tuzilish, tizim, shtat, uslub, malaka, bulingan kiymat
Tashki takdirlanish
natijaga erishish tuygusi
mansab buyicha oldinga siljish
ish jarayonida dustlik va aloka
kilinayotgan ishning ma’nosini sezish
natijaga erishish tuygusi, kilinayotgan ishning ma’nosini sezish
Motivatsiyagacha kanaka tushunchalar kiradi?
A natijani kutish
konikish
majburlash
ishkibozlik (xavas)
zaruriyat
Insonlar extiyojini ... mumkin
bevosita ulchash
bevosita kuzatish
ularning malaksiga kura tushunish
ularning uzlarini tutishiga kura tushinish
statusiga kura tushunish
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun xamkor va bulimning vosita va resurslarini ishlatishdan xukularining chegaralangani
ma’suliyat
omilkorlik (xabar)
motivatsiya
muvofiklashtirish
motivatsiya, muvofiklashtirish
Vazifalarning amalga oshirish javobgarligini shaxs yoki shaxslar guruxini topshirish jarayoni
motivatsiya
deligirovanie
kommunikatsiya
nazorat
kommunikatsiya va nazorat
Nimanidir yukligi yoki etishmasligini xis kilishni anglashni bildiradigan motivatsiyaning ta’limot darajasi
A) istak V) ragbat
S) motivatsion xulk - atvor
extiyoj
takdirlash
Mavzu. Boshqarishda axborot va kommunikatsiya.
Keys stadi
Chet ellik firmaning Rossiya Federatsiyasidagi vakillari bilan ishbilarmonlik uchrashuvlaridan birida Rossiya hududida dasturiy boshqaruvga asoslangan stanoklar ishlab chiqarishga mo’ljallangan qo’shma korxona tuzish haqida shartnoma imzolandi. qo’shma korxona vakillarining fikriga ko’ra mazkur modeldagi stanoklar chiqarish jahon bozorida raqobatni kuchaytiradi hamda katta miqdorda foyda olishga imkon beradi. Korxonada kelgusi ishlarni bajarish uchun tashkiliy qo’mita tuzildi hamda ikkita nazorat ko’rsatkichi belgilandi:
314
xodimlarning loyihadagi soni - 1500 kishi; ishlab chiqarish hajmi - yiliga 2750 mln. rub. Tashkiliy qo’mitaning vazifalalari:
qo’shma korxona prezidentini tayinlash yoki saylash. Nomzodni muqobillik asosida tanlash.
qo’shma korxona tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv modelini ishlab chiqish.
Bo’ysunish piramidasi modelini ishlab chiqish.
Stanoklar modeli nomenklaturasi va kooperatsiya bo’yicha ta’minotchilarni aniqlash.
Ushbu vazifalar hal qilingandan so’ng bajarilgan ishlar natijalari tashkiliy qo’mitada muhokama qilinishi va yakuniy qaror qabul qilinishi zarur. Taklif qilinuvchi variantlarni muhokama qilishga 12 soat ajratiladi.
TEST 1. Boshqaruv axboroti deganda nimani tushunasiz?
Iqtisodiy ko’rsatkichlar yig’indisi
Ma’lumotlar, xabarlar yig’indisi
V. Hujjatlar, aloqa kanallari, ko’rsatkichlar G. Xodimlar, menejerlar haqida ma’lumotlar
Boshqaruvda kommunikatsiyaning tutgan o’rni qanday?
Kommunikatsiya qaror qabul qilish asosi
Bu axborot almashish jarayoni V. Bu rahbar uchun zarur axborot
G. Kommunikatsiya axborot tizimini tashkil etadi
Axborot bilan qanday ishni tashkil etish kerak?
Axborot tizimini ishlab chiqish
Axborotni saqlash va izlashni tashkil etish
V. Axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
G. Yuqoridagi hamma ko’rsatmalarni bajarish
Boshqarish texnikasiga nimalar kiradi?
Jihoz va uskunalar
Hisoblash texnikasi
V. Qalam, ruchka, stol va stullar
G. Aqliy mehnatni, axborotni qayta ishlovchi texnika
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Axborotni qabul qilish va uzatish
Axborotni saqlash va yig’ish
V. Axborotni qayta ishlash, buyruqlarni shakllantirish
G. Yuqorida ko’rsatilganlar barchasi
Savollar?
Axborot nima? Uning boshqarishdagi roli nimalardan iborat?
Axborotga nisbatan qanday talablar qo’yiladi?
Teskari aloqa nima?
Axborotlar qanday turkumlanadi?
Kommunikatsiya nima?
Kommunikatsion jarayon deganda nimani tushunasiz?
Samarali quloq solish san'atining 10 ta qoidasini bilasizmi?
Mavzu. Marketingning nazariy asoslari.
Keys stadi
Marketingni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish.
Bozorda tovar siyosatini qo’llash tegishli boshqarish strategiyani ishlab chiqishni talab etadi. Marketingni boshqarish strategiyalarini shlab chiqishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
-tovar siyosati yo’nalishi aniqlab olinishi kerak;
-bozorni segmentlash;
-tovarlar assortimentini shakllantirish va assortiment siyosatini ishlab chiqish; -talabni shakllantirish yo’nalishlarini aniqlash;
-bozorga kirib borish strategiyasini tanlash;
-marketing taktikasi ishlab chiqish;
-narx siyosatini shakllantirish.
Kichik korxonalarda yaxshi o’ylab topilgan assortiment siyosati yuqori daromad olinishini ta’minlabgina qolmay, balki korxonaning bozorda mustahkam o’rnashishini, iste’molchilarning hurmatini qozonishini, korxona imijini oshirish ham ta’minlaydi.
Marketing tadqiqotlari natijalari asosida firma yutuqlarining hal qiluvchi omillari va ularning kutilmagan tasodiflarini hisobga olgan holda imkoniyat istiqbollarini aniqlash borasida firma faoliyatining strategik tadqiqoti o'tkaziladi, marketing strategiyasi va uni amalga oshirish shakllari ishlab
chiqiladi.
Bozor iqtisodiyoti o’zgaruvchanlikka moslanuvchan bo’lganligi bois, iqtisodiy jarayonlarning borishini oldindan aytish juda cheklangan. Shuning uchun firmalar o’z faoliyatini samarali olib borishga intilib va tobora uzoqroq muddat uchun oldindan strategik rejalashtirish usulidan foydalanadi. Bozordagi o’zgarishlar va fan-texnika taraqqiyoti yo’nalishlarini, raqobat muhitini, iste’molchilar xatti-harakatini tahlil qilish asosida firmaning strategiyasini ishlab chiqish negiz bo’ladigan umumiy maqsadlar belgilanadi.
Aholining ma’lum iste’mol mollariga bo’lgan ehtiyojini qondirish ko’plab omillarga, jumladan: oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxi, aholi pul daromadi, turmush tarzi va darajasi va shu kabilarga bog’liq bo’ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab va taklif darajalarini o’rganish ushbu tovarlarni ishlab chiqarish va tovar ayirboshlash hajmlarini rejalashtirish hamda bashoratlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
TEST 1. Marketing faoliyatining asosiy maksadi:
ijtimoiy zaruriy fikr yaratish;
fikrlarni tavsiya eta bilish;
v) tavsiya etilgan muloxazalarni jamoa normalari sifatida tasdiklanishi; g) faoliyat karatilgan ob’ektni urgangan xolda fikrlar yuritish.
Ko‘rsatilgan omillarning kaysi biri tovarni bozorda yaxshi sotilishga ta’sir kursatadi?
boshka tovarlarga nisbatan afzalligi;
marketing afzalligi;
v) faol, samarali reklama imkoniyatlari; g) aytilganlarning xammasi.
Tavsiya etilgan omillardan kaysi biri tovarni bozorda utmasligi xakida bashorat eta oladi?
bozorga chikish vaktini notugri tanlanganligi;
ilk bor xarakatga etarli bulmagan darajada kilingan xarajat; v) texnik muammolar;
g) munosib marketing taxlili.
Maxsulot yaratishda birinchi boskich:
boshkaruv taxlili;
konstruktorlik;
v) boshlangich fikrlar;
g) yaratilgan fikrni tanlash va dastlabki baxolish.
Bozorga namunaviy yangi tovar bilan chikishning asosiy maksadi:
siz ishlab chikarishni boshlamasizdan rakobatchi tovar paydo bulishi;
yangi maxsulotni kuchsiz tomonlarini baxolash; v) yangi maxsulotni afzalligi taomlarini baxolash; g) ishlab chikarish xajmini aniklash.
Stixiyali bozordan rivojlangan bozorning farki nima?
rivojlangan bozorda tovar ishlab chikarish va ayirboshlash bozor konunlari va bozor talablariga asosan olib boriladi;
rivojlangan bozorda tovar ishlab chikarish mavjud imkoniyat va resurslar chegarasiga boglik buladi;
v) rivojlangan bozorda talablarni ayirboshlash tovarni ishlab chikarish xarakatlariga asosan olib boriladi;
g) rivojlangan bozorda tovar ishlab chikarish bilan yirik monopolistlargina shugullanadi.
Mavzu. Marketing tizimida axborot ta’minoti . KEYS STADI
O’zbekiston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturiga aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasidagi islohotlarni borishi quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi.
Birinchidan - aloqa va axborotlashtirish sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan meyoriy-xuqukiy baza takomillashmoqda:
Pochta sohasini yanada rivojlantirish maqsadida «2010 yilgacha pochta aloqa shaxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturi to’g’risida»gi Vazirlar Mahkamasining 128-son qarori (2005 y. 19 maydagi 128- son), «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentning PQ-91-son qarori (2005 y. 2 iyundagi), shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirishga taaluqli qabul qilingan Qonunlarni ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida»gi PQ-117-son qarori ana shular jumlasidandir.
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida maxsus vakolatli organ etib tayinlandi. Davlat boshqaruv organlarida axborot texnologiyalarni joriy etish dasturi,
yilgacha telekommunikatsiya va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining rivojlanishning maqsadli yo’nalishlari xamda Milliy axborot qidiruv tizimini yaratish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. AKT juda tez rivojlanishini xisobga olib, u bilan birga soxadagi dolzarb muammolarni echish maqsadida, mavjud
318
kompyuter xatarlaridan ximoya qilish maqsadida davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom va davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlandi. Elektron raqamli imzo sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida, elektron xujjat almashinuviga, elektron tijoratga asos bo’ladigan Vazirlar Mahkamasining maxsus “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risidagi” 2005 y. 26 sentyabridagi 215-son qaror kabul qilindi.
Ikkinchidan - telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishda ham bir qator yutuqlarga erishildi.
Asosiy telefonlar soni yil boshiga nisbatan 35,4 ming donaga o’sib, 2006 yilning 1 yanvar xolatiga 1 mln. 730 mingtani tashkil etdi. Montaj qilingan ATSlarning ishlatish koeffitsienti 88,4 foizga etkazildi. Barcha ATSlarda elektron ATSlarning ulushi oshib, ular 66,2 foizni tashkil qildi.
Uyali telefon aloqasi abonentlari soni 1 mln. 150 mingtani tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 111,4 foizga ortdi.
Uchinchidan - Internet bozori va AKT sohasi tez su'ratlar bilan rivojlanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori bilan belgilangan ko’rsatkichlar kuyidagicha:
Internetga ulanish xizmatlarini ko’rsatuvchi operator va provayderlar soni 425 tashkil etdi, jumladan 344 tasi jamoa punktlari;
jamoa punktlarining umumiy soni 344 ta;
xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 143,104 Mbiffis (Dastur bo’yicha maqsadli yo’nalishlar 2005 yil yakuniga - 128 Mbiffis);
Internetdan foydalanuvchilar soni 855 ming ta (Dastur bo’yicha maqsadli yo’nalishlar 2005 yil yakuniga - 246,0 ming foydalanuvchi), ya'ni 1000 fuqaro hisobiga 33 foydalanuvchi;
100% davlat boshqaruv organlar Internet tarmog’iga ulangan (Dastur bo’yicha maqsadli yo’nalishlar 2005 yil yakuniga - 33,4 %).
respublika shaharlarini raqamli telekommunikaitsya tarmoklari bilan qamrab olish darajasi 100% (Dastur bo’yicha maqsadli yo’nalishlar 2005 yil yakuniga 100%);
tuman markazlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olish 84 %;
telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qishloq joylarini qamrab olish darajasi 90 foizni (dastur bo’yicha - 89,7%), shu jumladan raqamli telekommunikaitsiya tarmoqlari qamrab olish darajasi 52 foizni (dastur bo’yicha - 50,8%) tashkil etdi.
To’rtinchidan - Internet tarmog’idagi axborot resurslarini rivojlantirish choralari ko’rilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 22.11.2005y. 256-son «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida»gi qarori bilan Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi hamda Davlat axborot tizimlarini yaratish tartibi to’g’risidagi Nizomlar tasdiqlandi.
O’tkazilgan tahlil natijalari bo’yicha 2005 yil yakuniga o’rtacha 96,7% respublika davlat boshqaruv organlari o’z veb-sahifalariga ega. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan PQ-117 son qarori asosida Internet tarmog’ida O’zbekiston xaqidagi axborot resurslarini shakllantirish va ko’paytirish bo’yicha ma’lum ishlar olib borildi. Bunda yaratilayotgan Milliy qidiruv tizimin i yaratish va yangilatish bo’yicha, uni turli yo’nalishlardagi axborot resusrlar bilan to’ldirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda pilot loyihasi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish uchun tegishli kompyuter vositalari sotib olish bo’yicha tanlov o’tkazildi. Mazkur qarorga muvofiq 58 ta axborot resurslari ishlab chiqilishi kerak edi, olib borilgan tahlil natijasida 15 ta axborot resurslari mavjudligi va 43 ta axborot resurslari ishlab chiqish kerakligi aniqlandi. 2006 yilda 38 ta axborot resurslari ishlab chiqildi (88,4%), texnik tayyor bo’lganlar soni 5 tani (11,6%) tashkil etdi. Shu bilan birgalikda Internet tarmog’ida 17 ta yozuvchi va shoirlarning hamda 3 ta gazetalarning veb-sahifalari ishlab chiqilib, Internet tarmog’iga joylashtirildi.
Beshinchidan - Axborot-kommunikatsiya sohasida kadrlarni tayyorlash ishlari takomillashtirilmoqda.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Axborot xavfsizligi», «Elektron tijorat», «Avtomatlashtirilgan tizimlarda axborotni qayta ishlab chiqishni boqarish», «Hisoblash mashinalari», «Mobil aloqa tizimlari» bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
“O’zbektelekom” AK tomonidan “Koinot” OAJda ishlab chiqarilayotgan kichik sig’imli kommutatsiya qurilmalarini bosqichma-bosqich qishloq joylariga tatbiq etish rejalashtirilgan. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 26 sentyabrdagi 3135-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 sentyabrdagi 336-sonli qaroriga asosan “Koinot” OAJning asosiy vazifasi etib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini mamlakatimizning o’zida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish belgilangan edi. Bu borada 2003 yildan buyon bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. O’ndan ortiq turdagi zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari yaratildi, ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va ular respublikamiz aloqa korxonalari tarmoqlarida ishlatilmoqda.
Respublikadagi qishloq infratuzilmalarini va aholisini telefon xizmatiga bo’lgan talabini qondirish maqsadida “Koinot” OAJda 2005 yili zamonaviy va jahon andozalariga javob beradigan kommutatsiya qurilmalarini yaratish ustida ish boshlab yuborildi. 2006 yilning boshida Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanining Ozod qishlog’ida sig’imi 64 raqamli kommutatsiya qurilmasi o’rnatilib, sinov ishlari o’tkazildi. Ishlash jarayonida qurilmaning kamchiliklari aniqlanib, bartaraf etildi. 2008 yil uchun umumiy sig’imi 42176 portli 219ta “Koinot El-SGM” rusumli raqamli kommutatsiya qurilmalarini keltirish bo’yicha “Koinot” OAJ bilan kompaniya o’rtasida umumiy qiymati 3,092,15 mln. so’mga teng shartnomalar imzolangan. Hozirgi kunda “Koinot El-SGM” raqamli kommutatsiya qurilmalari kompaniyaning barcha filiallarida ishlab turibdi. Natijada qishloq hududida yashayotgan aholiga ko’rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifati va hajmi oshdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 yanvardagi “O’zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog’ini kelgusida rivojlantirish va modernizatsiya qilish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Xitoy Taraqqiyot Banki va
320
“HUAWEI TECHNOLOGIES CO.LTD” (XXR) bilan birgalikda “O’zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish va qayta qurish” loyihasining 1-LOT doirasida “O’zbektelekom Mobayl” filialining SDMA- 450 simsiz tarmog’ini kengaytirish” bo’yicha belgilangan ishlar yakunlandi. Jumladan, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida 70ta baza stantsiyasi ishga tushirildi. Namangan va Toshkent viloyatlarida sig’imlari 10000 raqamga teng kommutatsiya stantsiyalari o’rnatildi hamda Samarqanddagi kommutatsiya stantsiya sig’imi 20000 raqamga kengaytirildi.
Mavzu. Marketing muhiti.
KEYS STADI
“O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasining iqtisodiy holati va marketing faoliyati natijalari
1-jadval
O’zbekiston Respublikasida qishlok telekammunikatsiyasinig
rivojolantirish holati
Do'stlaringiz bilan baham: |