O`zbekiston quruqlikda joylashgan mamlakat bo`lib, chegarasi g`arbdan sharqqa 1500 km, shimoldan janubga 1000 km-ga cho`zilgan



Download 39,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi39,5 Kb.
#220476
Bog'liq
Uzbekistan




O`zbekiston Respublikasi

O`zbekiston quruqlikda joylashgan mamlakat bo`lib, chegarasi g`arbdan sharqqa 1500 km, shimoldan janubga 1000 km-ga cho`zilgan. O`zbekiston Respublikasi Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg`oniston bilan chegaradosh. Mamlakatning iqlimi yumshoq, namgarchiligi kam, yozi uzun va issiq, qishi esa uncha sovuq emas. Mamlakat hududida neft, tabiiy gaz, uran, mis, tilla kabi minerallarning o`lkan zahiralari mavjud. O`zbekiston Respublikasida O`rta Osiyoning beshta respublikasi ichida eng ko`p aholi istiqomat qiladi. Aholi soni 2003 yilda 25.5 millionni tashkil qildi. Aholi soni 2009 yilda 27.0 millionni tashkil qildi. Aholininig 77.2% ni o’zbeklar, qolgan qismini esa rus, tojik, qozoq, qoraqalpoq, tatar va boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Umumiy aholidan 17.0 millioni qishloqda, 10.0 millioni esa shaharda istiqomat qiladi.

O`zbekistonning geografiyasi iqtisodiyotiga ta`sir qiladi. Mamlakat ikki daryo: Amudaryo va Sirdaryo vodiysida joylashgan. Amudaryo Tojikiston hududidan O`zbekistonga oqib, mamlakatning Afg`oniston va Turkmaniston bilan chegarasini tashkil qiladi. Sirdaryo Qozog`istondan oqadi. O`zbekiston iqtisodoyotining asosiy negizini qishloq ho`jaligi tashkil qiladi. Mamlakat dunyodagi eng katta pahta ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. O`zbekistonda pahta asosiy eksport mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Qishloq ho`jaligining boshqa muhim mahsulotlariga meva, sabzavot, uzum, qovun va shoyi hom ashyosi kiradi. Bular asosan qo`shni mamlakatlarga eksport qilinadi.

Mamlakatning sharqida aholisi zich, unumdor hudud, Farg`ona Vodiysi joylashgan. Mamlakatning asosiy sanoat tarmog`i Farg`ona Vodiysida bo`lib, markazlashgan rejalashtirish va mustaqillik davrida rivojlangan. Farg`ona Vodiysi sug`oriladigan qishloq ho`jaligining uzoq tarihiga ega bo`lganligi uchun, qishloq ho`jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetishtiradi.

Mamlakatning janubiy qismida joylashgan Surhandaryo va Qashqadaryo viloyatlari qishloq ho`jaligi yahshi rivojlangan hududlardir. Qashqadaryo gaz mahsuloti bilan ham tanilmoqda.

G`arbda asosan, Samarqand va Buhoro kabi jahonga mashhur turizm markazlarini o`z ichiga olgan, sanoat hududlari joylashgan (tog`ni o`rganish, gaz va neftni qayta ishlash va hokazo).

Katta maydonga, ammo kam sonli aholiga ega Shimoli Garbdagi Qoraqolpog`iston kichik sanoat faoliyati bilan mashg`ul. Qoraqolpog`istonning sanoat va qishloq ho`jaligiga Orol Dengizi salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Mustaqillikdan beri O`zbekiston Hukumatining iqtisodiy siyosati asosan protektsionist bo`lib, O`zbek so`mining ayirboshlanishi yo`qligi bilan (2003 yil oktyabr oyida konvertatsiya ochilganidan keyin biroz o`zgarish bo`lgan) va pahtani horijiy valyuta keltirishning bosh manbai deb hisoblash bilan ta`riflanadi.

O`zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy o`zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu qadam-baqadam usul quyidagilarga erishishga yo`naltirilgan:

1)import o`rnini almashtirish va oziq-ovqat mahsulotlari hamda energiya manbalari bilan o`zini-o`zi ta`minlashi orqali iqtisodiy mustaqillikka erishish va importni to`sish.

2)iqtisodiyotni hom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarish o`rniga raqobatli sanoat tizimini yaratishga yo`naltirish.

3)milliy ayirboshlashning doimiyligini ta`minlash uchun eksport imkoniyatini kengaytirish va tillo hamda qattiq valyuta zahiralarini oshirish.

4)yangi ish joylarini yaratish va yashash tarzini yahshilash.

Ayni kunda iqtisodiyotda hukumatning roli pasayyotganiga qaramasdan, hali ham sezilarli. Hususiy tarmoqning Milliy Yalpi Ishlab Chiqarishdagi ulushi 2001 yilda 74.1% ni tashkil qildi. Biroq bu ko`rsatqich har sohada har xil (qishloq ho`jaligida 99%, aholiga ko`rsatiladigan xizmatlar ulushida 59.4 %). Hukumat hali ham hususiy tarmoq nazoratini o`z qo`lida ushlab kelmoqda. Misol uchun, qishloq ho`jaligi mahsulotlarining asosiy qismi haligacha bevosita hukumatning pahta va bo`g`doyga belgilagan rejasiga asoslanadi.

Iqtisodiy va siyosiy muvozanatni saqlashdagi barcha yutuqlar bilan bir qatorda o`tish davri mobaynida yashash tarzini pasayishi, ishsizlikni o`sishi, aholini boy va kambag`allarga ajralishi kabi bir qator muammolar yuzaga keldi.

2003 yilda o`tkazilgan insonni rivojlanish indeksining 0.694 ko`rsatqichiga ko`ra O`zbekiston 2005 yildagi Inson Rivojlanishi haqidagi Hisobotda 177 mamlakat ichida 111 o`rinni egalladi. Mustaqillik mobaynida mamlakatning IRQ va umumiy ko`rsatqichi yillar davomida o`zgarmadi. Shahar va qishloq hududlari o`rtasidagi farq keskin bo`lib, yashash hududiga ko`ra kambag`allik havfi kuchaymoqda. O`zbekiston aholisining oltmish uch foizi qishloq hududida istiqomat qilib, ulardan o`ttiz besh foizi qashshoq hayot kechiradi.

O`tish davrining beshafqat jarayoni o`z ta`sirini aholining yahshi ta`minlanmagan tabaqasi: ya`ni yosh oilalarga, ishsizlarga, ko`p farzandli oilalarga, boquvchisidan ayrilgan oilalarga, nafaqaho`r, nogiron va yoshlarga ko`rsatdi. Bu esa iste`mol savatining kamayishiga, tibbiy xizmatdan foydalanishni, maktab va maktabdan keyingi ta`lim olish imkoniyatini cheklanishiga, energetika (gaz, ko`mir), infrastruktura va transport manbalaridan foydalanishni cheklanishiga olib keldi. O`tish davri tufayli paydo bo`lgan salbiy ta`sirni hatto hukumatning nisbatan hayrihoh ijtimoiy himoya tizimi ham jilovlay olmadi.

O`tish jarayoni O`zbekiston Respublikasining rivojlanishining asosiy hususiyati bo`lib qolmoqda.



Ammo makroekonomik muvozanat sharoitida harakatni aholining yashash tarzini yahshilashga qaratish zarur.
Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish