MIQDORIY USULLAR MAKTABI (1950 yildan hozirgi vaqtgacha) - (Eng ko’zga ko’ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika, muxandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operastiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng ko’llashni ko’zga tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda etarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni ko’llashga kuchli turtki bo’lgan bo’lsa kerak. Ular o’sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar haqiqatga ko’proq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq bo’ladilar.
ZAMONAVIY Menejment maktabi BOSHQARUVGA TIZIMLI YONDASHUV VAZIYATLI YONDASHUV JARAYONLI YONDASHUV
Menejmentning amerikacha modelini o’rganish ma’lum qiziqish uyg’otadi. Amerikacha menejment AQShga g’arbiy mamlakatlar orasida yetakchi o’rinni egallashga imkon bergan.
Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv maktabi ta’limlariga asoslanadi.
Amerikacha mejentment yana o’ziga asoschisi Anri Fayol bo’lgan klassik maktab asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariyasidagi barcha yo’nalishlari shakllanishiga ham katta ta’sir ko’rsatgan.
Amerika modelining xususiyatlari - Qat’iy iyerarxik tuzilma: har bir ishchi faqat bitta boshliqqa bo’ysunadi
- Aniq belgilangan lavozim yo’riqnomasi: polni qandat yuvishdan tortib, qanday ariza yozishgacha
- Ishni o’z vaqtida, o’z joyida bajarilishini nazorat qilish: «Birinchi urinishdayoq sifatli » konsepsiyasi.
- Qat’iy soatbay haq to’lash, kechikish uchun shtraf va erta kelish uchun hayfsan (начальству придётся платить вам больше денег) – vaqtida» konsepsiyasi.
- ishchilar uchun bir xil sharoit yaratish: bir xonada umumiy ovqatlanish, bir xil darajali xodimlarga bir xil ish haqi.
- Lavozimiy o’sish istiqboli .
- Raqobatni rag’batlantirish va bir jamoada chaqimchilikni to’g’ri qabul qilish (jamoada kim qanday kamchilik qilganligi to’g’risida ma’lumot qoldirish uchun maxsus quti mavjud).
- Хodimlarning faoliyati rahbarning javobgarligi
Yapon modelining asosiy xususiyatlari:
- Ishchilarni umrbod yollash tizimi;
- Lavozim pog’onasi va mehnat staji asosida haq to’lash;
- “kanban” tizimi (aniq buyurtma asosida mahsulot yaratish).
- Uzluksiz ichki kasbiy o’qitish
- Jamoaviylik, o’zaro hurmat
- Rotatsiya, гgorizontal o’sish
- Ishchilarni iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy himoyalash
- Qattiq intizom
- Mehnatsevarlik
- Qoyilmaqom tartiblilik
- Talabchanlik va sabr
- Minimal ehtiyojlar
- Yaqqol jamoaviylik
- Ish beruvchiga sodiqlik
- Kattalarga hurmat va bo’ysunish
- O’z o’rnini bilish
- Izlanish, ўo’qishga qiziqish.
Yapon modeliga mos xulq-atvor:
- mehnat unumdorligi qancha yuqori bo’lsa, shunga yuqori sifatga erishiladi;
- qancha maydaroq narsa ishlab chiqarilsa, xarajat shuncha kam bo’ladi;
- barcha ishchilar o’ylashi lozim: o’ylaydigan ishchi – samarali ishchi;
- hech qanday yo’qotishga yo’l qo’ymaslik;
- avtomatlashtirish natijasida mehnat sarfini kamaytirish, deffektlarga yo’l qo’ymaslik;
- yuqori sifat ishchilarni ishonchini uzoq vaqt ushlab turadi;
- past sifat ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Sifat tushunchasiga yaponcha yondashuv
Do'stlaringiz bilan baham: |