Menejmentga kirish



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

Muhokama uchun savollar 
1. Alan Mulallining Ford uchun qilgan ishlarini sanab oʻting va baholang. 
2. Mulallining Fordni jahon darajasida deb ta’riflashidan qanday xulosa qilish 
mumkin? 
3. Ford oʻz printsipida davom etishida mazkur bobda oʻrganilgan qayst 
organizatsional dizaynni qoʻllash mumkin? Agar siz qaysidir dizaynni toʻgʻri keladi 
deb hisoblasangiz nima uchun ekanligini va Ford undan qanday foydalanishi 
kerakligini aytib oʻting. 
4. Mazkur keys stadidankompaniyaning dasturlari uning strukturasiga qanday ta’sir 
qilishi haqida nimalarni oʻrgandingiz? 
VIRUS OVChILARI 
Sizning mahsulotlaringiz hech qachon ishlab chiqarilmaganda, ishlaringiz hech 
qachon natija bermaganda dunyo qanday boʻlishi mumkinligini bir tasavvur qilib 
koʻring. Symantec Corp. kompaniyasidagi kompyuter virusi ovchilari buni oʻylashga 
majbur emaslar. Bu ularning har kunlik ishidir. Kompaniyaning Santa Monikada 
joylashgan labarotoriyasida, dasturchi analitiklar viruslar va shubhali kodlarni 
yigʻishadi va kompaniya mijozlari uchun xavfsizlik dasturlari qanday boʻlishi 
kerakligini aniqlashadi. Bu erda xattoki XAVFLI deb yozib qoʻyilgan xona ham 
borki, bu joyda ichi virusga toʻlgan disklar, lentalar va tashqi xotira vositalari 
saqlanadi. Simantek kompaniyasining holati siz uchun oʻzgacha boʻlib tuyulishi 
mumkin, ammo oʻz mijozlari va kompaniyalar uchun xavfsizlik dasturlarini ishlab 
chiquvchi kompaniya bugungi kundagi koʻplab tashkilotlar duch kelayotgan 
haqiqatni ifoda qiladi: kompaniya mijozlar kutgan oʻzgarishlarni yanada oldinga 
siljitish va global raqobatchilarni muntazam ravishda ortda qoldirishga intiladi. 
Blaster-B dasturining ishga tushirilishi kompaniyaning viruslar bilan bogʻliq 
muammolarida keskin burilish yasadi. Balster-B va boshqa viruslarning domino 
effekti shuni koʻrsatdiki, dastur analitiklari ikki haftadan beri tinimsiz mehnat 
qilishgan ekan. “Employee burn-out” potentsiali kompaniyaga shu narsani ochib 
berdiki, kompaniyaning virus ovchilari yanada bilimliroq boʻlishlari kerak. Endi esa 
menedjerlar xodimlarni yangi viruslar uchun javobgar boʻlgan guruhlardan olib, 
loyiha ustida ish olib borayotgan guruhlarga oʻtkazmoqdalar. Boshqalar esa 
viruslarning yangi toʻlqinini engishi kerak boʻlgan dastur ustida ish olib bormoqdalar. 
Yana bir ishchi nima uchun boshqa dasturchilar yangi viruslar chiqarish bilan 
bandligini oʻrganadi – umuman olganda, virus ovchilari uchun ish kunining oxiri 
yoʻqdir.Santa Monikadagi dasturchilar oʻz ish kunini tugatganlarida, Yaponiyada 
boshqa guruh oʻz ishlarini boshlaydilar, ular esa oʻz navbatida Dublindagi 
dasturchilarga oʻz ishlarini qoldiradilar. Dublinliklar esa ish kunini yana Santa 
Monika ishchilariga qoldiradilar. Bu butun dunyoni oʻz domiga tortib olgan ishdir. 
Ammo ekspertlarning ta’kidlashiga koʻra, ular qanchalik xarakat qilishmasin, 
ular bu musobaqada imkoniyatni boy berishmoqda. Ular endi himoyaning yangi 
chizigʻini 
kiritishni, 
insonlarning 
yordamidan 
foydalanib, 
xakerlar 
va 


319 
kiberjinoyatchilarni 
qoʻlga 
tushirishni 
rejalashtirmoqdalar. 
Semantek 
kompaniyasidagi vitse-prezident Roan Trollop shunday deydi: “Insonlarga maxsus 
signallar berishni toʻxtatish vaqti keldi. Endi biz kiberjinoyatchilar ortidan 
tushishimiz kerak”. Shuning uchun, yangi Norton Internet Security tizimining ishlab 
chiqaruvchilari kompyuter foydalanuvchilaridan taxdid boʻlgan vaqtda ma’lumotlarni 
yigʻib, antivirus ishlab chiqaruvchilariga joʻnatishni maslahat bermoqdalar. 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish