375
bu yerda t –sarmoyadan samara olish va investitsiyalar kiritish vaqti.
Shunda
jadvalni qurish mumkin. U ustivor tadbirlarni tanlash mantiqini – salohiyat
raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha korxona strategiyasining asoslarini ishlab
chiqilishini aks ettiradi.
4 – jadval. Salohiyatning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha strategiyani
tanlash (jahon etakchiligi darajasi uchun)
Maqsadga
erishish
uchun mab-
lagʻlar va
resurslar
Indikatorlar
Investi-
tsiyalar
(I)
Vaqt
(t)
Iqti.
Samara
(Ef)
Samaradorlikning
integral koeffitsienti
(NKint)
Ustivorliklar
(firmaning
straregiyasi)
1.RKR1
2.RKT1
3.RKE1
4.RKD1
.RKU1
Ikr
Ikt
Ike
Ikd
Iku
tip
1kt
tie
1>d
tny
Efkr
Efkt
Efke
Efkd
Efku
K1int
K2int
K3int
K4int
Kint
3
1
4
2
Har bir korxona tavakkalchilikning oʻzi engib oʻtishi mumkin boʻlgan
“planka”sini tanlaydi. Biznesda ham jizzakilik va ham ortiqcha kamtarlik qarama
qarshidir. Korxona rezervlarining bir qismini safarbar qilishga harakat qilib,
“oʻrtacha” holatga da’vogarlik qilishi mumkin. Faraz qilamizki, K3int > Kint > K2int
> K4 int> K1int. Bunda . – jadvalnig – ustunidagi raqamlash korxona salohiyati
raqobatbardoshligini oshirishning silliqlanishi ( navbatiyligi)ni beradi. Dastavval KD,
keyin KU va keyin esa KE va h.k. indikatorining darajasini oshirish boʻyicha
ishni
oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Agar barchasiga birdaniga kirishilsa, unda u yoki bu
darajadagi raqobat kurashida mutahkam oʻrinni egallashga kuch va vaqt etmay
qolishi mumkin. Nimanidir belgilangan narsani tanlab olib, korxona sinergetik
samarani, ya’ni qoʻshimcha foydani olishi mumkin, chunki yaxshi oʻylab koʻrilgan
tadbirlar majmuasi barcha qolgan indikatorlarga ijobiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bu
raqobatbardoshlik matritsasi elementlarini bundan keyingi yangitdan koʻrib chiqish
va hisoblashlar va baholashlarning butun majmuasini yangilashni taqazo qiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan tahlilni rezervlar, yoʻqotishlar va
samaradorlik- ning integral
koeffitsienti dinamikasini oʻrganish bilan toʻldirish darkor( 6 - jadval).
Korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi muvaffaqiyatning
koeffitsienti (Kus) deb quyidagi formulani hisoblash mumkin:
Kus = TKint – TP max TR
– jadval. Korxona salohiyati samaradorligi rezervlari, yoʻqotishlari va integral
koeffitsienti balli baholarining dinamikasi
Rezervlar, yoʻqotishlar,
samaradorlik
t1
t2
t3
…
t1
…
tp
1.Rezervlarning
oʻzgarishi sur’atlari
TR1
TR1
TR1
TR1
TR1
2.Yoʻqotishlarning
TP1
TP1
TP1
TP1
TP1
264
oʻzgarishi sur’atlari
3.korxona salohiyati
samaradorligi integral
koeffitsientining
oʻzgarishi sur’atlari
TK1int
TK1int
TK1int
TK1int
TK1int
Eng yaxshisi yoʻqotishlar dinamikasi nolga qadar keskin pasayishi,
samaradorlikning integral koeffitsienti oʻzgarishlar sur’atlari toʻgʻri chizigʻi (TKint)
esa ular bir birlariga nisbatan etarlicha yaqinroq joylashishlaridagi rezervlar
oʻzgarishlari sur’atlari toʻgʻri chiziqlaridan yuqoriroqdaligidir. Ya’ni eng katta
muvaffaqiyatga TP= 0, TKint> TR boʻlgan holda erishiladi.
Bu shuni bildiradiki,
korxona agar raqobatning u yoki bu darajasidagi etakchilariga emas, tenglar
oʻrtasidagi eng yaxshilarga qarab shiddat bilan harakatlanadi. Buni quyidagicha
namoyish qilish mumkin:
1 – rasm. Raqobat muvaffaqiyatining “oʻqlari”.
Korxona salohiyati raqobatbardoshligi va bozor foydaliligini baholashning biz
tomonimizdan taklif qilingan metodikasi yagona va universal emas. Bunday
metodikalarning eng turli tuman variantlari boʻlishi mumkin. U aniq detallarni,
korxona iqtisodiyotining nozik
tomonlarini hisobga olishi, ammo shuning bilan bir
vaqtda
oʻz ichiga umumiy qabul qilingan indikatorlarni, salohiyatning
koʻrsatkichlarini va bozor jarayonlarini olishi kerak.
1. Korxona qudratini belgilovchi omillar:
Korxona qudratini belgilovchi omillar:
Mahsulot sifati;
Korxona imidji;
Raqobatbardoshlik;
Hamkorlar bilan aloqadagi mavqening yuqoriligi;
Innovatsion texnologiya va texnika bilan ta’minlanganlik darajasi.
Korxonalar boshqaruvi uning pul bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatkichlari tahliliga
asoslangan. Ammo bunday yondashish korxona faoliyatidagi boshqa muhim
tomonlarini ochib berolmaydi. Amerikalik olimlar R. Kaplan va D. Norton 1990-
yillarda 12 ta yirik kompaniya xoʻjalik faoliyatining pul bilan bogʻliq boʻlmagan
koʻrsatkichlarini ham hisobga oladigan natijalarni baholash tizimini oʻrgandilar va
koʻrsatkichlarning muvofiqlashgan tizimining konsepsiyasini yaratdilar.
Bunday yangi tizim korxonaning pul bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini uning
boshqa turdagi koʻrsatkichlari bilan bogʻlashga yoʻnaltirilgan,
boshqaruv tizimi
koʻrsatkichlariga aylantirish masalalari hal qilingan. Buning uchun korxonaning
erishgan koʻrsatkichlarini kelajakdagi olinishi mumkin boʻlgan natijalar bilan
bogʻlash zarur boʻldi. Koʻrsatkichlarning muvofiqlashtirilgan bunday tizimi avval
vaqt (t)
265
korxona darajasida, keyinchalik korxonaning boʻlimlari va hatto alohida xodimlari
darajasidagi boshqaruv tizimiga aylandi va 1999-yildan boshlab dunyoning 300 dan
ortiq (AQSH, Kanada, Germaniya, Shveytsariya) korxonalarida tatbiq etila boshladi.
Banklar esa (Dentche Bank) bu tizimni oʻzining hisobotiga indikator sifatida
kiritdilar.
Iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlashdagi bu yangi yondashuvni nafaqat
korxonalarning koʻrsatkichlari tizimi sifatida, balki loyihalar
boshqaruvining hamma
tomonlarini qamrab olgan tizim deb ham qaralishi lozim. P. Xorvatning fikricha,
axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va baholash, koʻrsatkichlarning muvofiqlashtirilgan
tizimida katta rol oʻynaydi, hozirgi kunda dunyoning kompyuter dasturlarini ishlab
chiqish boʻyicha eng kuchli kompaniyalari shu maqsadlar uchun dasturiy vositalarini
yaratish boʻyicha ish olib borishmoqda.
Ammo R. Kaplanning tan olishicha, bu nazariya takomil emas, chunki bunda
eng asosiy narsa – baholash vositasi yoʻq. R. Kaplanning yuqorida ta’qidlangan
usulini innovatsiya loyihalariga moslashtirilgan holda qoʻllash maqsadida quyidagi
chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi:
ilmiy ishlab chiqarish va kichik innovatsiya korxonalarining koʻrsatkichlari
majmuasini ishlab chiqish;
koʻrsatkichlarni tashkilotning
strategik maqsadlari, vazifalari bilan uzviy
bogʻliqligini taminlash, ularni koʻp funksiyali indikatorlarga oʻtkazish,
ularning oʻlchov birliklarini aniqlash:
korxonaning ilmiy faoliyati koʻrsatkichlarining muvofiqlashtirilgan tizimini
ishlab chiqish, koʻrsatkichlararo bogʻliqlik darajasini aniqlash, ularni statistik –
matematik qayta ishlash formulalarini hisoblash, baholash va boshqarish boʻyicha
dasturiy vositalarini yaratish;
loyiha rivojlanishining qisqa va uzoq muddatga moʻljallangan immitatsion
modelini yaratish;
qaror qabul qilish jarayonini amalga oshirish – loyihaning amaliy natijalarini
kompyuterda olingan natijalar bilan solishtirish, xatoliklarni tahlil qilish.
Quyida axborotlarni
miqdoriy tahlil qilish, agregatsiyalash usuliga asoslangan
korxonalarni
innovatsiya
faolligini,
ilmiy-amaliy
salohiyatini
oʻrganish
metodologiyasi keltirilgan.
Korxonalarning ilmiy-texnik salohiyati – bu korxonaning yangi texnika va
texnologiyalarni joriy etishga, modernizatsiyalashga yoʻnaltirilgan ilmiy, ishlab
chiqarish va axborot zaxiralarining majmuasidir. Bundan tashqari korxona quvvati
ham uning qudratini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Korxona quvvati asosiy
ishlab chiqarish fondlari tarkibidagi kuch beruvchi
va ishchi mashinalarning
miqdoriga, salmogʻiga, ularning unumdorlik darajasiga bogʻliq boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: