Kon sanoatida keng qo’llaniladigan mashinalar turi bu-turbomashinalardir. Turbomashina nasoslar, ventilyatorlar va turbokompressorlar shaklida kon sanoatida keng o’rin olgan.
Kon sanoatida keng qo’llaniladigan mashinalar turi bu-turbomashinalardir. Turbomashina nasoslar, ventilyatorlar va turbokompressorlar shaklida kon sanoatida keng o’rin olgan.
Turbomashinalar markazdan qochma, o’qiy va meridianal turlarga bo’linadi. Markazdan qochma turlari ko’proq nasoslar va kompressorlar bo’lib, o’qiy turlari ventilyatorlar shaklida keng tarqalgan. Meridional turbomashinalar kon sanoatida kam qo’llaniladi.
Rasm-1. Markazdan qochma turbomashina sxemasi. So’ruvchi qism -1, ish g’ildirak-2, chiqaruvchi qism-3 va diffuzor-4
Nazariy qism
Markazdan qochma turbomashina ishchi gildiragidagi tezliklar paralelogramlari.
ß1va ß2 ishchi g’ildirakka kirish va chiqish paytidagi chiziqli tezlik U va nisbiy tezlik W orasidagi burchaklar bo’ladi.
Oquvchi ishchi g’ildirakdan o’tishda chiziqli va nisbiy tezliklarda harakatlanib, ularning geometrik sxemasi absalyut tezlikni beradi.
Absalyut tezlik - oquvchining qo’zg’almas qobiqqa nisbatan tezligidir. CHiziqli tezlik U esa quyidagi formuladan topiladi.
bu yerda: r-aylanish radiusi; n-aylanishlar soni va aylanishlar radiusiga urinma bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Nisbiy tezlik W bo’lsa oquvchining g’ildirak kanalidagi murakkab harakati bo’lib parrkka urinma yo’nalishga ega.
Shaxtadagi suvni chiqarib tashlashning texnologik sxemasi
Konchilik korxonalarida suvni chiqarib tashlash ishlarini tashkil etishsuvni chiqarishning texnologik sxemasini tanlashdan boshlanadi. Suvni chiqarib tashlash shaxtada foydali qazilmani qazib olish ishlari olib boriladigan qavat (gorizont)lar soni, shaxtaning chuqurligi, suv oqimining miqdori va uning kimyoviy xossalari hamda suv chiqarish qurilmasi uskunalarining texnik ko’rsatkichlari asosida tuziladi.
Foydali qazilmani qazib olish ishlari bir qavatda olib boriladigan shaxtalarda suvni chiqarib tashlash nasoslarini tashqi tarmoq bilan alohida (1a - rasm), ikki va undan ko’p nasoslarni birgalikda ulab (1b,v - rasm) hamda kon suvini bosqichma - bosqich (1g-rasm) chiqarish sxemalari bilan tashkil etiladi.
Sersuv va chuqur bo’lmagan konlarda hamda nasosning texnik ko’rsatkichlari (zo’riqma va unumdorlik) suv oqimini yer sathiga chiqarish imkoniyati bo’lgan hollarda shaxtadagi suvni chiqarib tashlash nasosni tashqi tarmoq bilan alohida ulab ishlatish yo’li bilan bajariladi. (1a-rasm)