Menejmentga kirish


Masofadan turib ishlash. “



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

Masofadan turib ishlash. “
Ivi Gelb SCAN Health Plan” kompaniyasida 
menejer boʻlib ishlayotganligida, oʻz ishiga borib kelish uchun ertalab va 
kechqurun jami 1, soat vaqt sarflar edi. Hozirda esa, u oʻz garajini ofisga aylantirib 
oldi va endi masofadan turib ishlamoqda. U kompaniya ofisiga borishiga toʻgʻri 
kelgan kunlarda, u oʻz joyini oʻziga boʻysunuvchi, oʻzgaruvchan vaqt asosida 
ishlovchi 3 ta xodimi bilan boʻlishadi. Texnologiya bugungi kunda masofadan 
turib ishlashga imkon bermoqda va tashqi ta’sirlar tufayli koʻpgina tashkilotlar 
bunga majbur boʻlmoqdalar. Masofadan turib ishlash – bu ishchining oʻz uyidan 
turib, ish joyiga kompyuter orqali bogʻlanib ishlashidir. Garchi barcha ishlarni bu 
shaklda tashkil qilishning iloji boʻlmasada, koʻpgina ishlarni bu tarzda tashkil 
qilish mumkindir. 
Masofadan turib ishlash koʻpchilik ishchilar uchun oʻziga xos sovgʻa boʻlishi 
mumkin, ammo bunday ish hammaga ham taklif qilinavermaydi. Hozirda esa, 
koʻpchilik kompaniyalar uchun masofadan turib ishlash biznes uchun ehtiyojdir. 
Masalan, SCAN Health Plan kompaniyasida,kompaniyaning bosh hisobchisi 
aytishiga qaraganda, qoʻshimcha ishchilarni masofadan turib ishlash asosida ishga 
olish koʻshimcha oʻzgarmas xarajatlar (qoʻshimcha ofis xonalari, jihozlar) paydo 
boʻlishining oldini oldi. Qoʻshimchasiga, bu qimmat yoqilgʻi xarajatlaridan 
qochish va koʻproq erkinlik xohlovchi iqtidorli ishchilarni jalb qilish imkonini 
berdi. 
Buning ochiqchasiga qoʻllanilishiga qaramasdan, koʻpchilik menejerlar 
ishchilarning 
noutbuklarga 
bogʻlanib 
qolishlariga 
qarshidirlar.Ularning 
ta’kidlashicha, ishchilar koʻproq vaqtini internetni titkilash yoki onlayn oʻyinlar 
oʻynash bilan oʻtkazib yuboradilar. Natijada esa, ular oʻz mijozlari va ish 
joylaridan uzoqlashib boradilar. Buning ustiga, menejerlarning oʻzida bunday 
ishchilarni nazorat qilish uchun aniq javob yoʻqdir.Qanday qilib ishchi bilan 
yuzma-yuz uchrashmasdan turib uning ishonchini qozonish mumkin? Agar ish 
rejalari oʻz vaqtida bajarilmasa nima boʻladi? Qanday qilib ularga ishni yaxshilash 
uchun maslahatlar bera olasiz? Yana bir muammo esa kompaniyaning sirlari 
ishchilar uydan turib ishlayotganda ham sirligicha. 


120 
Ishchilarni oʻylantiradigan asosiy jihat esa, ishdan chetda qolib ketishdir. Oʻz 
ishchilarini dunyoning turli burchaklarida joylashtirgan Accenture kompaniyasi 
kadrlar boʻlimi boshligʻining ta’kidlashicha, bunday sharoitda jamoaviy ruhni 
ushlab turish juda qiyindir. Shunga qaramasdan, kompaniya ishchilarning mazkur 
kompaniyaga tegishli ekanligi hissini saqlab qolish uchun turli xil dasturlar ishlab 
chiqmoqda. Bundan tashqari, endilikda masofadan turib ishlovchi ishchilar uchun 
uy va ish oʻrtasidagi masofa noaniqdek koʻrinishi va bu ularni asabiylashtirishi 
mumkin. Menejerlar masofadan turib ishlovchi ish oʻrinlarini taklif qilayotganida 
aynan mana shu narsalarni inobatga 
olishlari kerak. 
Xoʻsh, agar tashkilot oʻz ishchilarini 
masofadan turib ishlashga undamoqchi 
boʻlsa, buning uchun qanday choralar 
qabul qilishi kerak? Eng avvalo, ular 
ishchilarni masofadan turib ishlashga 
koʻndirishlari kerak. Masalan, SCAN 
Health Plan kompaniyasi ishchilarning 
uylarida yuqori tezlikda ishlovchi internet 
va bepul ofis mebellarini taklif qilishdi. 
Boshqa ishchilarga esa ularning yoqilgʻi va 
tushlikdan pul tejab qolishlari mumkinligi 
eslatib oʻtildi. Yana ba’zi kompaniyalar 
ularning yoʻl uchun yoqilgʻi sarflamasligi 
ekologiya uchun foydali ekanligiga urgʻu 
bermoqdalar. Ishchilarni boshqarish esa 
ularni oʻz ish joylariga bogʻlangan 
ekanligini tushuntrish bilan bogʻliqdir. 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish