Boshqaruvning zarurligi. Tashkilot o`z maqsadlarini amalga oshirishi uchun, vazifalar vertikal mehnat taqsimoti vositasida muvofiqlashtirilishi kerak. SHuning uchun boshqaruv tashkilot uchun muhim faoliyat hisoblanadi. Biroq, kichik korxonalarda boshqaruvchilar guruhi aniq ajratib ko`rsatilmaydi. Hatto yirik tashkilotlarda ko`pgina rahbarlar doimo boshqalar ishini yo`naltirish bilan bog’liq bo`lmagan ishlarni ham bajarishadi.
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishda yaratilgan mahsulotni beradi. SHuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga oshiradi:
tashqi muhitdan resurslarni olish;
mahsulotni ishlab chiqarish;
uni tashqi muhitga topshirish.
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdir. Buning ustiga, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o‘rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.
Tashkilotni boshqarish asosan u amalga oshirishga qaratilgan belgilanish bilan belgilanadi. Ichki tashkiliy hayotda boshqaruv tashkilot resurslarini u o‘z maqsadlariga erishishi uchun shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi muvofiqlashtiruvchi boshlanish rolini o‘ynaydi. Boshqaruv tashkilotning ichki muhitini va hammadan avval uning tuzilishini shakllantiradi va, kerak bo‘lganda, uni o‘zgartiradi. Boshqaruv tashkilotda o‘tayotgan vazifaviy jarayonlarga rahbarlikni amalga oshiradi.
XX asr menejmenti sohasidagi yirik mutaxassislardan biri CH.Bernardning fikriga ko‘ra, odamlarni tashkilotlarga birlashtirish va ular doirasida o‘zaro hamkorlik qilishga har bir kishiga alohida holda xos bo‘lgan jismoniy va biologik cheklanishlar undaydi. Tashkilotda odamlar bir-birlarini to‘ldiradilar, o‘z qobiliyatlarini vujudga keltiradilar, bu ularni yashab qolish uchun kurashda kuchli qiladi. Eng soddasi, chamasi, ibtidoiy to‘da bo‘lgan, tashkilot birlashmasdan odamzotning yashab qolishi vassivilizatsiyani yaratishi mumkin bo‘lmagan.
Tashkilot faoliyat yuritishining asosida quyidagilardan tashkil topgan strategik (hamkorlikdagi harakatning) samara yotadi: tashkilotning yagona bir butun sifatidagi salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari, salohiyatlari va imkoniyatlari summasidan oshib ketadi, bu ularning o‘zaro bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari va o‘zaro to‘ldirishlari bilan asoslanadi. SHunday qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning a’zolari uchun haqiqiy yutuq mavjud, u ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlaridan yo‘qotishlarni qoplaydi.
Bunda strategik samara hammadan avval quyidagilar hisobiga tashkil bo‘ladi:
xodimlar va bo‘linmalar mehnatining taqsimlanishi va ixtisoslashishi;
tashkiliy korporativ madaniyatning shakllanishi;
xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan yaxshiroq foydalanish;
birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va ular bilan manyovr qilish;
har bir kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi ish joyi va lavozimini tanlab olish, ulardan har birining bilimlarini va kasbiy ko‘nikmalaridan yaxshiroq foydalanish;
har xil odamlarning tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot (bo‘linma)da birlashtirish va h.k.
SHuning bilan birga odamlarni tashkilotga birlashtirish hamma vaqt ham strategik samarani olishni kafolatlamaydi, ba’zida esa salbiy samara beradi. Tashkiliy uyushmaganlik buning asosiy sababi bo‘ladi.
Tashkilot, kunlarning birida vujudga kelib, uni tashkil qilgan odamlar bilan ma’lum munosabatlarga kirib, ko‘proq darajada, ba’zida esa butunlay ularga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil hayot bilan yashay boshlaydi. Uning doirasida odamlar tashkilotdan uni tashkil qilishdan maqsadga erishish uchun foydalanadilar. Xususan, ular tashkilot ularga qiziqishi, muhim, obro‘li faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini berishi, kerakli axborotlar bilan ta’minlanishi, kerakli huquqlar, mustaqillik, hukmronlikni berishi, xavfsizlik va ijtimoiy himoyalanganlikni kafolatlanishiga umid qiladilar.
Tashkilot o‘z navbatida, o‘z tomonidan birlashtirilgan odamlarning imkoniyatlaridan o‘zini mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanadi. SHuning uchun o‘z a’zolaridan ma’lum tajriba, bilimlar, malakalarining mavjudligini, ishlarga faol ishtirok etishni, ijrochilikni, javobgarlikni, intizomlilikni, o‘rnatilgan qoidalar va hulq me’yorlariga bo‘ysunishni, o‘z maqsadlari va boyliklarini taqsimlashlarini kutadi.
Tashkilot a’zolari erishishga harakat qiluvchi maqsadning mavjudligi uning muhim alomati hisoblanadi. Maqsad ularni birlashtiradi va jipslashtiradi, tashkilotni mavjud bo‘lishida ma’no, uning harakatlariga aniqlik, aniq yo‘nalish beradi. Maqsadsiz tashkilot bo‘lmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas, chunki odamlar o‘z faoliyatlari erkinligini oddiygina yo‘qotishni va o‘zlari ichlaridan rozi bo‘lmagan umumiy talablarga bo‘ysunishga rozi bo‘lmaydilar. SHuni nazarda tutish kerakki, tashkilotning maqsadlariga faqat kuchlari va qobiliyatlarini birlashtirilishi kerakli hosillarni beruvchi, ishtirokchilarning ba’zi bir “jiddiy” soni mavjudligidagina erishish mumkin.
Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati bo‘ladi, u ichki jarayonlarning ba’zi-bir yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitidan ajratib turuvchi chegaralarning mavjudligi ta’minlaydi. Bu chegaralar “shaffof” yoki “noshaffof” devorlar ko‘rinishidagi materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli xildagi yozma buyruqlar va cheklashlarga asoslangan “ideal” bo‘lishlari mumkin.
Zamonaviy tashkilotlar turli-tumanliklari va alomatlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadilar:
rasmiy tashkilotlar, ular aniq qo‘yilgan maqsad, shakllantirilgan qoidalar, tuzilma va aloqaga egalar; bu guruhda biznesning barcha tashkilotlari, davlat va xalqaro institutlar va idoralar kiradi. Ushbu o‘rganishning predmeti asosan rasmiy xo‘jalik tashkilotlari – yuridik shaxslardan iboratdir;
norasmiy tashkilotlar, ular aniq maqsadlar, qoidalar va tuzilmalarsiz faoliyat yuritadilar, ularga oila, do‘stlik, odamlar o‘rtasidagi norasmiy munosabatlarning barcha institutlari kiradi.
Iqtisodiy faoliyatning turlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadilar:
Davlat sektori
Nodavlat sektor
Mulkchilik shakllari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadilar:
Xususiy
Davlat
Oilaviy va h.k.
Foydaga munosabat bo‘yicha korxonalar quyidagilarga bo‘linadilar:
Tijorat - o‘z faoliyatlarining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni mo‘ljallaydilar
Notijorat - Foyda olish yoki olingan foydani ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlashga harakat qilmaydilar, ammo tadbirkorlik faoliyatini agar ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishiga xizmat qilsa va ushbu maqsadga mos kelsa, amalga oshirishlari mumkin.
Ishlab chiqarishning har xil sektorlarida ishtirok etish bo‘yicha tashkilotlar to‘rtta turga bo‘linadilar, ularning har biriga texnologiya davrdagi o‘zining o‘rni bo‘yicha bir turdagi bo‘lgan bir necha sohalar kiradi:
xom ashyoni olish bilan shug‘ullanuvchi birlamchi davra sohalari (qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, ko‘mir sanoati va h.k.);
qayta ishlovchi sanoat, ya’ni ikkilamchi davra sohalari ( mashinasozlik, metallni qayta ishlash, avtomobilsozlik va h.k.);
birlamchi va ikkilamchi davra sohalari normal faoliyat yuritishlari uchun zarur xizmatlari ko‘rsatuvchilar uchlamchi davra sohalarini tashkil etadi (banklar, sug‘urta kompaniyalari, ta’lim muassasalari, turistik vakilliklar, chakana savdo va h.k.);
to‘rtinchi davra sohasi – inson faoliyatining ilg‘or va tez rivojlanayotgan sohasi - axborot texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va institutlar. Bu sektor nisbatan yaqinda shakllangan, ammo uning ahamiyati va salohiyati butun dunyoda katta va murakkab tizimlarni boshqarishda axborotlarning roli o‘sgani kabi, tez o‘smoqda.
Tijorat va notijorat tashkilotlar faoliyatini amalga oshirilishi uchun tashkiliy-huquqiy shakllar quyidagilardir:
unitar korxonalar;
xo‘jalik jamiyatlari va o‘rtoqliklar;
matlubot kooperativlari;
fondlar va boshqalar.
Faoliyat turlari bo‘yicha. Faoliyat turi mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) ning bir turdagi majmuasini olinishiga olib keluvchi jarayon sifatida belgilanadi. Faoliyatning har bir turi bitta oddiy jarayondan (masalan, yengil sanoatdan) tashkil topishi yoki butun bir qator jarayonlarni qamrab olishi (avtomobillarni ishlab chiqarish) mumkin.
Xo‘jalik yuritish sub’ektlarini faoliyat turlariga ajratishda quyidagi farqlar ko‘zga tashlanadi:
asosiy faoliyat – bu qo‘shimcha qiymatni tashkil qilishda katta ulush qo‘shuvchi faoliyatdir. Amalda mahsulotning alohida turlari bo‘yicha bunday ma’lumotlarni olishning iloji yo‘q. SHuning uchun faoliyatning asosiy turini faoliyatning ushbu turi bilan bog‘liq tovarlar va xizmatlarga to‘g‘ri keluvchi yalpi ishlab chiqarishning ustuvor ulushi bilan belgilash tavsiya etiladi. Bunday hisoblashning murakkabligida faoliyatning asosiy turi faoliyatning tegishli turi bilan band bo‘lgan xodimlarning xodimlar umumiy sonidagi ulushini hisoblashdan aniqlanishi mumkin. Bunda asosiy faoliyatga umumiy qo‘shimcha qiymat yoki band bo‘lganlar sonining 50 yoki undan ortiq foizi to‘g‘ri kelishi shart emas, ammo bu faoliyat ustuvor bo‘lishi kerak;
ko‘makchi faoliyat – unga faoliyatning boshqa sohalar mahsulotlari ishlab chiqariladigan ayrim turlari kiritiladi. Ko‘makchi faoliyat iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatorining tegishli guruhlarida hisobga olinadi. Faoliyatning asosiy va ko‘makchi turlari mahsulotlari bozorda sotish yoki foydalanishning boshqa turlari uchun mo‘ljallanganlar;
yordamchi faoliyat – bu ob’ekt faoliyatining asosiy turlarini qo‘llab-quvvatlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatdir. U asosiy va ikkilamchi dan ajratilmaydi – u asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi faoliyat (tashish, saqlash, xarid qilish, boshqaruv ta’minot, marketing, ta’mirlash va sozlash ishlari va h.k.). Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibiy bo‘linmalarning yordamchi faoliyati uning asosiy faoliyati bo‘yicha hisobga olinadi.
yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. YAkka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlar yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk huquqi negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi;
kichik korxonalar – mustaqil xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi, o‘z balansiga ega bo‘lgan, soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lagandan so‘ng foydasini o‘zi taqsimlaydigan korxona;
mikrofirma – kichik biznes korxonasining bir turi. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha korxonalar mikrofirma hisoblanadi.
Faoliyatning ko‘lamlari bo‘yicha tashkilotlar transmilliy, milliy, viloyat, mahalliy, shahar, tuman va boshqalarga bo‘linadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |