Menejmentda axborot va kommunikatsiya ahamiyati



Download 0,69 Mb.
bet23/66
Sana26.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#707347
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
Bog'liq
MENEJMENT MUSTAQIL

Relevant axborot – ma`lum muammoga, insonga yoki maqsadga erishishga taalluqli bo`lgan ma`lumot.

  1. Qaror qabul qilishning mezonlari va cheklanmalarini aniqlash. Muammoni diagnostika qilish paytida uni yechish maqsadida u bilan aynan nima qilib bo`lishini bilish kerak. Yirik tashkilot uchun cheklanmalar kichik tashkilotdagi cheklanmalarga nisbatan kamroq. Rahbar standartlarni aniqlab olib, u bo`yicha esa tanlov muqobil variantlarini baholashi kerak bo`ladi. Bu standartlarni qaror qabul qilishning mezonlari deb ataladi.

  2. Muqobilliklarni aniqlash.Muammo sababini bartaraf etadigan barcha mumkin bo`lgan harakatlarni mumkin qadar yuzaga chiqarish kerak.

  3. Muqobilliklarni baholash.Faqatgina barcha g’oyalar ro`yxati tuzilganidan keyin har bir muqobillikni baholashga o`tish kerak.

    1. Muqobillikni tanlash.Rahbar ancha ijobiy oqibatlarga olib keladigan muqobillikni tanlaydi.

Muammolarni yechish jarayoni muqobilliklarni tanlash bilan tugallanmaydi (11-chizma).


11-chizma. Qarorni amalga oshirish va baholash.
Muammoni yechish uchun yoki mavjud imkoniyatdan foyda olish uchun qaror amalga oshirilishi kerak. Agar qaror taalluqli bo`lgan shaxs tomonidan tan olinsa, qarorni amalga oshirish samaradorligi darajasi ko`tariladi. Teskari aloqa bosqichida qaror oqibatlarini o`lchash va baholash yoki olingan natijalarni rahbar kutgan natijalar bilan solishtirish lozim. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga ta`sir etuvchi omillarni hisobga olish kerak.
Rahbarning shaxsiy baholashlari.Har qanday odam o`z qadriyatlar tizimiga ega va bu tizim uning harakatlarini aniqlab beradi hamda qabul qilinayotgan qarorga ta`sir ko`rsatadi (muhimlik, sifat va h.k.z).
Qaror qabul qilish muhiti.Qaror qabul qilish paytida tavakkalchilik hisobga olinadi. Al’ternativalarni baholash chog’ida rahbar mumkin bo`lgan natijalarni turli sharoitlarda bashoratlashi lozim. Bunday sharoitlar quyidagilar: aniqlik, risk (tavakkalchilik) va noaniqlik.
Vaqt va o`zgaruvchan muhit.Vaqt o`tishi bilan vaziyatlar ham o`zgarib turadi, demak, axborot va kamchiliklar aniq ekan, qarorni hayotga amal qilib qabul qilish lozim.
Axborotlarning cheklanganligi.Oqilona qaror qabul qilish uchun aniq axborot kerak. Ba`zan yaxshi va aniq axborot juda qimmat bo`ladi yoki uni olib bo`lmaydi. Shuning uchun rahbar qo`shimcha axborotdan foyda kelish-kelmasligini hal qilishi kerak, ya`ni bu qaror qanchalik muhim, u tashkilotning ahamiyatli resurslar hissasi bilan yoki ahamiyatsiz pul summasi bilan bog’liqmi.
Agar axborotni ma`qul bo`lgan bahoda olish qiyin bo`lsa va bunday imkoniyat tez orada paydo bo`lsa, unda qaror qabul qilishni keyinga qoldirish kerak bo`ladi.
Hatti-harakatlarning cheklanganligi.Shaxslararo va tashkilot ichidagi kommunikatsiyalarni qiyinlashtiradigan ko`pgina omillar qaror qabul qilishga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, rahbarlar ko`p hollarda muammolarning mavjudligini hamda jiddiyligini, cheklanmalarni va al’ternativalarni turlicha qabul qilishadi. Bu narsa qaror qabul qilish jarayonida kelishmovchilikka vа nizolarga olib keladi. Rahbarning xodim bilan bo`ladigan axborot almashinuvi usulidan xodimlarning hatti-harakati bog’liq bo`ladi.
Salbiy oqibatlar.Qaror qabul qilish – bu kompromislarni yuzaga keltirish san`atidir. Bir tomondan muvaffaqiyatga erishilsa, boshqa tomondan zararni olib keladi. Masalan, mahsulot sifatini oshirish xarajatlarning oshishiga olib keladi, avtomatizatsiya xarajatlarni pasaytiradi, lekin ishchilar sonini qisqartiradi va h.k.z. Shunga o`xshash salbiy oqibatlarni hisobga olib turish kerak.
Qarorlarning o`zaro bog’liqligi.Tashkilotda barcha qarorlar o`zaro bog’liqdir. Birta muhim qaror unchalik muhim bo`lmagan qarorlarni talab qiladi. Masalan, yangi jihozni sotib olish nafaqat ishlab chiqarish bo`limiga ta`sir etadi, balki yakuniy holda sotish va marketing bo`limlariga ham ta`sir etadi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish