Tashqi muhitdan bog’liqlik. Tashkilotning muhim xususiyatlaridan biri
uning tashqi muhit bilan o`zaro bog’liqligidir. Tashkilot resurslar sotib olishda va
iste`molchilar bilan munosabatda tashqi muhitdan to`la bog’liq bo`ladi. Tashqi
muhit termini iqtisodiy sharoitlar, iste`molchilar, kasaba uyushmasi, hukumat
qonunlari, raqobatchi tashkilotlar, texnika, texnologiya va boshqalarni o`z ichiga
oladi. Bu o`zaro bog’liq omillar tashkilot ichidagi hamma ishlarga ta`sir etadi.
Rahbariyat doimo tashqi muhit omillarini inobatga olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |