Ijtimoiy layoqat - bolaga muhitni, muloqot uslublarini, so’zlashish madaniyatini, bola qobiliyatini rivoji uchun zamin yaratadi. Tashkilotchilikka layoqatlilikni bolaning ilk yoshidan rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Agarda shaxs o’zini tashkilotchilik qobiliyatini sezsa va u ish bilan shug’ullansa, bu ishdan qoniqish olsa, bu qobiliyatini maqsadli o’stirsa va yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz.
Tashkilotning iqtidorligi - bu uning o’z hatti - harakatlari. bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan sub`ektiv munosabatidir. Iqtidorli tashkilotchi genial yoki talantli bo’lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishga mardlik, chidamlilik, o’z - o’zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo’lib ishni astoydil bajaradi. Iqtidorli shaxsda iste`dod soxibi bo’lish imkoniyati mavjud, zero iste`dod - har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir.
Tashkilotchi bo’lish uchun shaxsga uning umumiy va maxsus qobiliyatlari yordam beradi.
Umumiy qobiliyatlar - bu umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyati, tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik, aqllilik, empatiyalilik, insonsevarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlikdir.
Maxsus qobiliyatlar - bu ma`lum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori ko’rsatkichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o’z ichiga oladi. Masalan: tashkilotchi shaxsning biron bir maqsad sari o’z hamkasblarini jamlay olishi, ularni shu maqsadga ishontirishi va ularda shu maqsadga erishishi uchun motivatsiyani o’stira olishi. Bu faoliyat tashkilotchidan nafaqat bilimlar, malakalar, balkim undan muomala, nutq, pedagogik mahoratni talab etadi.
Rahbar shaxsining tashkilotchilik modelini yangi proffessiografik qarashlarga asoslanib tuzsak, unda quyidagi sifat, xislat, bilim va malakalar mavjud bo’lishi mumkin:
Ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy sifatlar: istiqlol, bozor iqtisodiyoti, va demokratiya g’oyalariga ishonch, maqsadlilik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy etuklik, o’z vatani, xalqini sevish, gumanizm va boshqa xalqlarni hurmat qilish, ijtimoiy va iqtisodiy faollik, bozor iqtisodiyoti va demokratiya g’oyalar ustuvorligini boshqalarga tarqata olish malakasi.
Tashkilotchilikka taaluqli sifatlar: tashkilotchilikka qiziqish, layoqatli bo’lish, tashkilotchilik sir - asrorlarini bilishga intilish, xotira va tafakkurning tashkilotchilikka moyilligi va yo’nalganligi, pedagogik va psixologik bilimlar bilan qiziqish, kuzatuvchanlik, pedagogik takt va rivojlangan xayol protsessi ongli ravishda tashkilotchilikka bo’lgan qobiliyatni o’stirish va undan foydalanish, maqsadlilik, muomalalik, sabr-toqatlilik, yangilikka intilish, sinektik qobiliyat, ist`edod, talantli tashkilotchilar xususiyatini tahlil etish qobiliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |