Menejment psixologiyasi


Mavzu. JAHON PSIXOLOGIYASI FANIDA RAHBAR



Download 0,65 Mb.
bet18/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi

3. Mavzu. JAHON PSIXOLOGIYASI FANIDA RAHBAR
PSIXOLOGIYASINING O’RGANILISHI.
Reja: 1. Menejmentda - rahbar psixologiyasining o’rganilishi.

  1. Rahbar shaxsining g’oyaviy-siyosiy sifatlari.

  2. Rahbar qobiliyatining psixologik tavsifi.

  3. Rahbar faoliyatining nuqsonlari.

  4. Menejer va rahbar tiplari to’g’risida tushuncha.

Asosiy tushunchalar: Attraktsiya (mahliyo qilish), taraqqiyot (progress), professionalizm (kasbiy tayyorgarlik), kompetentlik, kognitiv liderlik, adaptatsiya, nufuz (avtoritet), avtoritar, demokrativ, liberal, pedantizm, aralash (diffuz), universal (ko’pqirrali, ko’pyoqlama keng ixtisosli, ya`ni keng profilli),biryoqlama, ya`ni tor ixtisosli, cheklangan xususiyatli.
Darsning ta`lim maqsadi. Talabalarga rahbar psixologiyasining tarixi, rahbarning qobiliyatlari va tiplari to’g’risida tushuncha berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi.
Talabalarda rahbarlik qobiliyatini o’stirish. Ularda demokratik tipdagi rahbarga hos sifatlarni shakllantirish


Yangi tipdagi rahbar qanday bo’lishi kerak?

Jonajon Respublikamiz O’zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatimizda bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyili o’z ustuvorligini namoyon etdi. U yangi davrda, yangi ishxona, tashkilot, firma, korporatsiya va boshqalarda yangi tipdagi rahbar, tashkilotchiga talab kuchayib ketdi.


YAngi tipdagi rahbar o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Uni ilk yoshdan maqsadli tarbiyalash lozim.
YAngi tipdagi rahbarni tarbiyalash muammosi doim prezidentimiz I.A.Karimovning diqqat markazidadir. Prezidentimizning ta`kidlashicha, "bugungi kunning eng muhim vazifasi - hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalalarni boshqarishda, tarmoq bo’g’inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda ma`suliyatni o’z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir"
Prezidentimiz rahbarlik faoliyati susayib ketgan sohalarni nazarda tutib bu kamchiliklarni oldini olish, ularni yo’qotish yo’llarini o’z chiqishlarida quyidagicha ko’rsatib o’tadi. "Fan sohasidagi siyosatga kelsak uzoq muddatni qo’ya qolaylik hatto 5-10 yilga mo’ljallangan oddiy bir strategiya yo’q. Demak olimlar o’z bilganlaricha ishlayaptilar. Lekin bunday tadqiqotlar samarasiz bo’lishi tabiiy. Ilmiy yo’nalishlar orasida uzilishlar paydo bo’lgan. Natijada har kim o’z holiga tashlab qo’yilgan, har kim o’zicha ishlayapti. Rejalar aniq qo’yilmagan buning ustiga, tashkilotchilik va talabchanlik past bo’lgan joyda har hil e`tiroz va tushunmovchiliklar paydo bo’lishi muqarrar ".
Jamiyatimiz, davlatimizning rivoji yangi tipdagi rahbar xodimlari bilan bog’liq ekan, yurtboshimiz bu sohada faol islohotchi xodimlar zarurligini aytadi. "Vazifalarni hal etish uchun - yozadi prezident - kuchli, qudratli davlat, yuksak malakali, ahloqan barkamol xodimlar kerak. Bizning davlatimiz, jamiyatimizni biz o’zimiz, shu mamlakatning farzandlari bunyod etamiz ". " Bu eskicha fikrlash yukidan xoli bo’lgan yangi xodimlar tayyorlashning yagona tizimini yaratishni taqazo etadi ".
Davlatimiz rahbari kadr tanlashga e`tiborni kuchaytirish, ularning rahbarlikka doir qiyofasini o’rganish, ularni maqsadli tarbiyalash, o’rgatish, bu maqsadga etish uchun xorijiy tajribadan foydalanish zarurligini ko’rsatib o’tgan.
"Davlat, ijtimoiy va xo’jalik tizimlari xodimlari orasidan - yozadi prezident -talantli, intellektual, iqtidorli tinglovchilarni tanlab olish, ularni siyosiy, ma`naviy - axloqiy va malaka darajasini oshirish, ularni respublika milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi asosida qurilgan huquqiy demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning e`tiqodli tarafdorlari qilib tarbiyalash lozim. Buning uchun "yirik xorijiy markazlarning tajribasi dasturlari ishga solinishi darkor " - deydi rahbarimiz.
Prezident I.A.Karimov jamiyatimizning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojini rahbarning bilimliligi vijdonliligi, qadriyatliligi, izlanuvchanligi va tadbirkorligi bilan bog’laydi. SHu bilan birga u "ta`kidlaydiki bugungi davrda etuk rahbarlarga va yosh iqtidorli tadbirkorlarga keng yo’l ochib berish darkor". Bugungi iqtisodiy islohotlarimizning pirovard natijalari rahbar xodimlarning izlanuvchanligi va tadbirkorliligiga, pokligi va qat`iyatiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
“Bugun shunday zamon keldiki, mana shu muammoni echmasdan etuk rahbarlarga, yosh va iqtidorli tadbirkorlarga va mutaxassislarga keng yo’l ochib bermasdan ularga tayanmasdan turib aslo olg’a yurolmaymiz".
Xalq ta`limi tizimini boshqaruv jarayoni ham o’ziga xoslikni taqozo etadi. Iste`dod markazlarini boshqarish va tanlov ishlarini olib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Mohir, tashabbuskor, o’z fanining ustasi, mahoratli shaxs, fidoyi inson bu sohada rahbarlik qilsagina ta`lim-tarbiya tizimiga yangi texnologiyani qo’llab, yangi bosqichga ko’tarilib milliy dasturni amalga oshirish mumkin.
Xalq ta`limi tizimi rahbari va oddiy maktab o’qituvchilari yuqoridagi
fazilatlardan tashqari ular maxsus milliy kasbiy xususiyatlarga ham ega
bo’lishlari shart: andishalilik, sabr-toqatlilik, bag’rikenglik, dilkashlik,
samimiyatlilik, ibratlilik, sahovatlilik, nazokatlilik, ma`naviy yuksaklik,
kasbga sadoqatlilik, yuksak his-tuyg’ularga egalik, ijtimoiy faollik, nutqiy
mahorat, tashabbuskorlik va boshqalar.
Hozirgi davrda hamma rahbarlar ham o’z lavozimlariga loyiq deb bo’lmaydi. SHuning uchun ular o’z qo’l ostidagi xodimlari faoliyatini oqilona tashkil qila olmaydilar. Zaif tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lganliklari tufayli shaxslararo munosabatlarda, ish yuritishda, xizmatchilarga ta`sir ko’rsatishda nuqsonlarga yo’l qo’yadilar. Ularda shaxsiy qadriyatlarning puturdan ketganligi shaxsiy maqsadning noaniqligi, o’zini o’zi kamol toptirishning izdan chiqqanligi, muammolarni hal qilish malakasining etishmasligi, ijodiy yondashuvda nuqsonlarning mavjudligi odamlarga ta`sir o’tkaza olmasligi boshqaruv faoliyati xususiyatlarini tushunmasligi, rahbarlik layoqatining zaifligi, jamoani jipslashtirish uquvining bo’shligi, muomalaga kirishuvchanlik, ibolilik, nazokatlilik yo’qligi, aql-idrok va farosatda sustkashligi, ishbilarmonlikning kuchsizligi illatlari uchraydi.
Rahbar shaxsini aniqlovchi testlar yaratilgan, uning ish uslublari
(demokratik, liberal, avtoritar, diffuz va boshqalar), qaror qabul qilish
tiplari, qobiliyatlarni aniqlash metodikalari, mehnatdan qoniqish hissini
va bezovtalanishni baholash, temperamentni belgilash bo’yicha ilmiy, amaliy
materiallar mavjud. Jamoada ruhiy muhitni o’rganishga oid ko’rsatmalar tavsiya
ishlab chiqilgan. Rahbarlarni muomalaning mexanizmlari, shaxslararo munosabatlar maromi, kasbiy mahoratni oshirish hislatlari bilan tanishtirish imkoniyatlari vujudga keltirilgan, ularda boshqaruv bilimdonligi, muammoli va nizoli vaziyatlarni echish uquvini shakllantirish mumkin.
YUrtboshimizning ayollar o’rtasida olib boriladigan ishlarning shakllarini boyitish, ularning ilmiy va madaniy saviyasini ko’tarish kerak degan ko’rsatmalari juda ibratlidir.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish