Menejment psixologiyasi



Download 0,65 Mb.
bet19/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi

Birinchidan, bu hodisa ayollarga ehtirom, hurmat ramzini anglatadi.
Ikkinchidan, ularda faollik, fidoiylik, mag’rurlik, g’urur, shijoat, vatanparvarlik his-tuyg’ularini barqarorlashtiradi.
Uchinchidan, ichki ruhiy zahiralarini ishga tushiradi.
To’rtinchidan, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, rahbarlikka o’quvchilar safini kengaytiradi. Tarixdan ma`lumki, ayol rahbarlar jinoyatga kam qo’l urishadi. Ayollar ichidan rahbarlik lavozimiga tayinlash ijobiy samara beradi. Ayollar mehribon, dilkash, demokrat tabiatli insonlar bo’lib hisoblanadilar. Ayol rahbarlar sinchkov, kuzatuvchan, sezgir omilkor xislatlarga ega bo’ladilar. Ularda milliy his-tuyg’u, milliy qiyofa mukammal mujassamlashgandir. Ba`zan zebi-ziynatlarga ruju qilish hollari uchraydi, xolos.
Menejmentlik ilmining dastlabki alomatlari YU.TSezar, I.Zulqarnayn, markaziy Osiyoda esa O’rta asrlarda Amir Temur hukmronligi davridan boshlab shakllana boshlagan.
Mutafakkir ajdodlarimiz ta`limotlarida, xalq ijodiyotida adolatli va adolatsiz shoh to’g’risidagi ma`lumotlar haddan ziyod ko’p. Abu Rayhon Beruniy asarlarida, al-Farobiy qo’lyozmalarida rahbar (yuksak lavozim egallaganlar nazarda tutiladi) insonlarning shaxsiy fazilatlari, ularning oldida turadigan murakkab, mas`uliyatli vazifalar, ayrim illatlarning oldini olish va bartaraf qilish yo’l-yo’riqlari bo’yicha ibratli fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, rahbarning fahm-farosati, donishmandligi, haqgo’yligi, xalqparvarligi, insof diyonatliligi, sahovatpeshaligi ilmiy amaliy namunalar asosida ta`kidlab o’tilgan vatandosh shoir va yozuvchilar ijodiyotida, folklorda sahiylik-ochko’zlik bir-biriga keskin qarama-qarshi qo’yilib, ular insofga chaqirilgan. Davlatning u yoki bu lavozimida amaldorlik qilgan kishilarning ruhiy dunyosi xalq donishmandligi namunalarida o’z ifodasini topgan.
O’sha davrdagi menejmentlik ilmi harbiy intizomga o’rganish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo’rqitish, ularni har bir buyruq va farmonga so’zsiz itoat ettirishda qo’l kelgan.
XVIII asrning oxirida Angliyada amalga oshirilgan sanoat to’ntarish mazkur ilmga nisbatan qiziqishni kuchaytirishga sabab bo’ldi.IX asrning ikkinchi yarmi XX asrda texnik va texnologik takomillashuv, ishlab chiqarishning keskin o’sishi menejment (boshqaruv) ilmini yangi darajaga ko’tarishni talab etdi. Ushbu muammolarni xal etish uchun ushbu sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlariga rahnamolikning samarali usuli va modellarini ishlab chiqish sa`y-harakatlari orqali amalga oshirildi. Buning natijasida menejment to’g’risidagi fan vujudga keldi.
Azaldan inson jamoaviy hayot kechirgan va samoviy boshqaruv ta`siri natijasida uning ijtimoiy faoliyatida ham boshqaruvga talabi tobora kuchaygan, rahbarlikka intilish rivojlana borgan. Boshqaruvga talab insoniyatning ijtimoiy faoliyati bilan birga paydo bulgan. Qaerda ikki inson umumiy maqsad sari faoliyat boshlar ekan, bu erda birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirishga ehtiyoj tug’ildi. Bu ehtiyojni ulardan biri qondirishga harakat etadi. Bu sharoitda bir inson rahbar, boshqaruv faoliyatini olib boradi, ikkinchisi esa faoliyatni bajaruvchisiga aylanadi.
Boshqaruv muammosi hamma vaqt jamiyat oldida ko’ndalang turgan, ko’p olimlar uni echishga harakat qilgan, lekin ularning tadqiqotlari ilmiy asosga ega bo’lmagan va boshqarishning umumiy nazariyasini bunyod eta olmagan.
Faqatgina o’tgan asrning ikkinchi yarmiga kelib, g’arbdagi ishlab chiqarishning kuchli rivojlanishi natijasida bu holat tubdan o’zgargan. Butun jamiyat hayoti tarmoqlari bozor munosabatlari ta`siri ostida bo’lgan. YOmg’irdan keyin chiqqan zamburug’larga o’xshab katta firmalar vujudga kelgan. Ularga ishbilarmon, mustaqil, to’g’ri qaror qabul qila oladigan, odamlar guruhi bilan ishlay oladigan, mustaqil harakat qila oladigan shaxslarga talab kuchaygan. Boshqaruvchilarga qo’yilgan asosiy talablar bo’lib, yuqori professionalizm (kasbiy tayyorgarlik), raqobatbardoshlik, o’z faoliyatini qonunlar doirasida olib borish malakasi hisoblanadi. Natijada shunday odamlar guruhi paydo bo’lganki, ular maxsus boshqaruv faoloiyati bilan shug’ullangan.
Bu tipdagi rahbarlar o’z ishiga xodimlari bilan endi qo’rqitish va "qamchi" yordamida munosabat qilmagan. Ularning asosiy maqsadini ishlab chiqarishni har tomonlama o’rganib "inson - mashina", "mashina - inson " tizimini to’g’ri vujudga keltirish, insonni uning qobiliyatlariga qarab ish bilan ta`minlash, ishchi guruh jamoadagi munosabatlarni ilmiy asosda yo’naltirish va o’z firmasiga eng ko’p daromad keltirishni tashkil etgan hozirgi kunda bunday odamlar menedjer deb ataladi. Rahbar kadrlar muammosini o’rganish psixologiya tarixida sezilarli darajada o’rin egallaydi. Buning asosiy sababi sotsiologiya, sotsial psixologiyaning tarixiy etaplarida rahbarning ijtimoiy turmushdagi roli, mamlakat, xalq taqdiridagi mas`ulligi, tarakqiyot (progress), farovonlik, baxtli turmush ko’p jihatdan uning shaxsiyatiga, faoliyatiga, qobiliyatiga, aql-zakovatiga bog’liq ekanligi bayon qilingan.
Jahon falsafa fanida inson muammosi, jamiyat va individ, boshqarish masalasi nuqtai nazaridan mazkur mavzu talqin qilingan. Faylasuflarning qarashlarini tahlil qilish tadqiqotimiz predmetiga, vazifasiga kirmaganligi uchun ularning ta`limotiga to’xtalmaymiz.
Asosiy mulohazalarimizni ilmiy psixologiyaga munosib hissa qo’shgan rus psixologlari asarlarining tahlilidan boshlaymiz.
S.L.Rubinshteyn o’zining keng qamrovli qarashlarida nafaqat psixologiya fanining printsiplari (tamoyillari) bo’lmish determinizm, ong va faoliyat birligi kabilardan tashqari shaxs kamoloti muammosiga ham aloxida ahamiyat bergan S.L.Rubinshteyn "Inson olami" ("Umumiy psixologiya muammolari" asarining so’ngi bobi) asarida inson - biosfera (nosfera) munosabatlari nafaqat alohida olingan shaxsga bog’liq ekanligi, balki jamoa va uning rahbari, hamkorlik faoliyatning natijasi, mahsuli xuddi shu munosabatning negizi bo’lishini puxta iboralar orqali dalillab berishga erishadi. Uning fikricha, rahbarning eng asosiy xususiyati - bu atrof-muhitning subsensor tarzda aks ettira olishdir. Irodaviy sifatlar negizi motivatsion hissiy, kognitiv va regulyativ jabhalarning harakatlantiruvchi ekanligi shaxsning o’zini-o’zi boshqarish imkoniyatidan kelib chiqib bildirilgan fikrdir. Rahbarning regulyativ xususiyati jamoa faoliyati va uni maqsadga muvofiq ravishda yo’naltirish tufayli ijobiy natijalar, mahsullarga erishish mumkinligi ta`kidlab o’tiladi.
S.L.Rubinshteyn asarlarida shaxslararo munosabat xususiyatlari (gorizontal, vertikal, shaxsiy, rasmiy va hokazo) to’g’risida, shuningdek, rahbarniig ish uslublari bo’yicha, (demokrativ, avtoritar, liberal) muayyan fikrlar bildirilgan va ularni takomillashtirish yo’llari ko’rsatib o’tilgan.
A.N.Leontev ta`limotiga binoan, rahbar emotsiyasi, motivatsiyasi, ehtiyoji uning shaxsiyatini belgilovchi asosiy omillar bo’lib hisoblanadi. Ichki qo’zg’atuvchilarning qat`iyatligi, barqarorligi shaxsning mukammalligini bildiradi va hamkorlik faoliyatini vujudga keltirishga puxta negiz hozirlaydi. Sub`ektga sub`ektiv munosabatni amalga oshirish davomida rahbarlikning muayyan sifatlari shakllanib boradi va asta-sekin ish uslublari, shaxslararo munosabatlar shakllari egallanadi. Rahbar uchun ma`no kasb etuvchi motivatsiya uning faoliyatini boshqarishga zarur shart-sharoitlar yaratadi, buning natijasida nizoli vaziyatlarni bartaraf etish imkoniyati tug’iladi.
B.G.Ananev o’zining ijtimoiy psixologiyaga bag’ishlagan asarlarida asosan uch omilga: 1) shaxslararo munosabatdagi ijtimoiy psixologik holatga; 2) mazkur munosabatdagi liderlik xususiyatlariga, hamkorlikdagi tashkilotchilik qobiliyatiga e`tiborni qaratadi. Bizningcha, ularning har qaysisi o’ziga xos mezon vazifasini bajara oladi natijada rasmiy va norasmiy liderlar, ularning universal, vaziyatbop ijodiy, ijro etuvchi rahbar tiplariga ajratish imkonini yaratadi. Rahbar rasmiy lider bo’lganligi tufayli uning tiplari ko’p jihatda shaxsning etukliligiga bog’liq binobarin, universallik, keng qamrovga ega bo’lishlik uning puxta ruhiy muhit, cheksiz ijobiy boshqaruv imkoniga ega ekanligidan dalolat beradi. Uning ish uslublari ichidan bittasining ustuvorligi mehnat mahsulining samaradorligini oshirish yoki kamaytirishga olib kelishi B.G.Ananev tomonidan chuqur va ishontirarli darajada talqin qilinadi.
B.F.Lomov ijtimoiy psixologiyaning yangi sohalari bo’yicha tadqiqot ishlari olib borgan psixologlardan biri bo’lib hisoblanadi. B.F.Lomov o’z izlanishlarida bir nechta yo’nalishlarni qamrab oladi;
1) muomala - faoliyat, jarayon, fikr uzatish vositasi sifatida;
2) qaror qabul qilish tiplari, vositalari va undagi bilvositalik va bevositalik xususiyatlari roli;
3) hamkorlik faoliyatning tuzilmasi va uning o’ziga xos tavsiflari;
4) rahbar kadrlar faoliyatining tuzilishi;
5) rahbarning tiplari va ish uslublari va boshqalar.
B.F.Lomovning rahbar faoliyatiga nisbatan o’ziga xos yondashuvi hamda uning yaxlit tuzilishga ega ekanligi to’grisidagi mulohazalari muhim ahamiyatga, hamkorlik faoliyatiga tizimli va majmuaviy yondashuvlar boshqaruvning muayyan asosda ro’yobga chiqarish imkoniyati mavjudligi yuzasidan bildirilgan fikrlar rahbar psixologiyasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
B.F.Lomovning faoliyatga yondashuvdagi (operatorlik, muhandislik, nozimlik) yangicha munosabat ularni boshqarish uchun rahbar kasbida muayyan fazilatlar, operativlik, ishchanlik, serg’ayratlik xususiyatlari mavjud bo’lishini taqozo etadi. Muomala va faoliyatdagi izchillik ish harakatlari oddiydan murakkabga va undan yanada ijodiylikni talab qiluvchi vaziyatga o’sib o’tish rahbardan maxsus qobiliyatlar, amaliy ko’nikmalar va malakalarni shakllangan bo’lishinish zaruriyatga aylantiradi, mahsuldorlik, samaradorlik kelib chiqishini ro’y-rost ta`minlaydi.
R.X.SHakurov maktab direktorining ijtimoiy psixologik qiyofasini tadqiq etar ekan ruhiy muhitni vujudga keltirishdan tashqari rahbarning ishbilarmonlik xislati, tashkilotchilik qobiliyati muhim ahamiyatga ega ekanligini uqtirib o’tadi. Rahbar bilan uning qo’l ostidagi jamoa a`zolari bilan o’zaro ta`sir ko’rsatishi quyidagi holatlar orqali namoyon bo’lishini maxsus ta`kidlaydi:
1) shaxsning rahbar roliga kirish jarayoni hamda rahbar bilan xodimlarning o’zaro ijtimoiy psixologik jihatdan moslashuvi (adaptatsiya);
2) boshqaruvning ijtimoiy psixologik funktsiyalarini bajarishning dolzarbligi o’zgarishi.
3) rahbarning ish uslubiga nisbatan ijtimoiy psixologik talablarning dinamikasi va jamoaning shakllanish jarayonida boshqaruvning har qaysi funktsiyasini bajarishda usullarga tobora yuklamaning kuchayishi kabilar.
Muallif maktabni boshqarishning ijtimoiy psixologik nazariyasini yaratishga muhim hissa qo’shishga muvaffaq bo’ladi.
A.G.Kovalev mazkur muammoga ko’p qirrali yondashishga intiladi va bu boradi muayyan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritadi. Tadqiqotning birinchi masalasi jamoadagi nizolar va ularning oldini olishga bag’ishlanadi. Bunda nizoning psixologik talqini, kelib chiqish sabablari, tasniflash mezonlari tamoyillari oldini olish yo’llari va bartaraf etish vositalari yuzasidan mulohaza yuritiladi. Tadqiqotning ikkinchi muammosi qaror qabul qilish (qarorga kelish) psixologiyasi va ijroni tashkillashini o’rganishdan iboratdir. Rahbar tomonidan qaror qabul qilishning bosqichlari, uni ijro etishning tashkillashtirish, jamoa va rahbar faolligini rag’batlantirish vositalari to’g’risida atroflicha mulohaza yuritiladi.
Tadqiqotning yana bir jabhasi jamoaga va shaxsga nisbatan rahbarning murojaat qilishi va munosabati uslubiga qaratiladi. A.G.Kovalev munosabatlar psixologiyasi, simpatiya munosabati va rahbarlik, printsipiallik, odamlarga nisbatan rahbar munosabatining ijtimoiy, umumiy ko’rsatkichi ekanligi murojatning o’ziga xos xususiyatlari, variatsiyalari, invariantlari shakllari, bosqichlari yuzasidan ma`lumotlar tahlil qilinadi Rahbarning maxsus qobiliyatlari va uning tayyorgarlik masalasi monografik tadqiqotning asosini tashkil qiladi. Xuddi shu boisdan tadqiqotning tartiblari original atamalar orqali mohiyati ochiladi va tuzilmali jabhalari talqin etiladi, natijada izlanishning kontseptual modeli yaratiladi. Jumladan, 1) jamoani boshqarish - fan va san`at; 2) mehnatga kasbiy psixologik tayyorgarlik; 3) rahbarning tashkilotchilik qobiliyati; 4) rahbarning pedagogik qobiliyatlari; 5) rahbarning tashkilotchilik faoliyatining yuksak namunalari; 6) rahbar qobiliyatlarini rivojlantirish va tayyorgarlikni takomillashtirish yo’l-yo’riqlari kabilar.
A.G.Kovalev o’z asarida jamoa rahbarining nufuzi (avtoriteti) masalasiga alohida e`tibor beradi. Rahbar avtoritetining boshqaruv samaradorligiga ta`siri, avtoritetli rahbarning shaxsiy qiyofasi, yuksak obro’ga ega bo’lgan rahbarning namunasi, avtoritetni shakllantirishning yo’llari to’g’risidagi ma`lumotlar tahlili va ulardan kelib chiqadigan xulosalar muhim ahamiyat kasb etadi Muallifning psixologiya faniga qo’shgan xissasidan yana biri - bu rahbar tipologiyasi va rahbarlik uslublari mohiyati, majmuasi atroflicha tahlil qilinganligidir. Buning uchun muallif jamoa hayotida rahbarning ahamiyati va roli masalasini yoritishga intiladi hamda bu borada muayyan yutuqqa erishadi. Rahbar va uning ish uslubi bosqichma-bosqich, shakliy va mazmuniy jihatdan tuzilishi bo’yicha nazariy, amaliy materiallar umumlashtiriladi. Rahbar tiplarining psixologik tabiati keng ko’lamda bayon qilinadi hamda izohlab beriladi. Xullas, rahbarning professiogrammasiga oid materiallar A.G.Kovalevning monografiyasida izchil ravishda mujassamlashtirilgandir.
V.I.Mixeevning ilmiy tadqiqoti boshqaruvning ijtimoiy psixologik masalasiga bag’ishlangan bo’lib, unda rahbarning ish uslubiyati va uslubiga kengroq o’rin beriladi. Muallifning fikricha, rahbarning ishga oid ma`lumotlar bilan tanishganlik darajasi va axborotlar majmuasi (banki) uning uchun eng zarur omil bo’lib hizmat qiladi. Rahbarniig shaxsi boshqaruv munosabatlarining xususiyatlari, ishlovchilarning shaxsiy fazilatlari, ularni shahodatlash muvaffaqiyat garovi yoki ruhiy muhitning kafolatidir. Rasmiy va norasmiy guruhlar, mehnatga munosabat va ish uslubi, ijtimoiy ruhiy muhit, mehnatdan qoniqish, tashkiliy aloqalar, psixologik testlar, xodimlar va rahbarlar bilan suhbatlashish tizimli tadqiqotni amalga oshirish uchun eng zarur shart sharoitlar yaratadi degan g’oya monografiyada chuqur o’rnashgan.
V.I.Mixeev boshqaruv qarorini qabul qilish masalalarini umumlashtirgan holda qaror va uni tashkillashtirish, mas`uliyatni qaror toptirish va nazoratni markazlashtirish kabi omillar negizini tadqiq etishdan kelib chiqqan holda uni o’rganishga harakat qiladi. Ishga taalluqli, daxldor yig’ilishlarning mehnat qilish kasbiy mohiyatiga va uning o’ziga xos tabiatiga ta`sirini uyg’unlashtirib o’zaro ta`sir, o’zaro hamkorlik munosabatlarini tekshiradi. Mehnatning oqilona taqsimlanishi va uni standartlashtirish, shtatli lavozimlar to’g’risida yo’riqnomalar hamda ularning shaxsni o’zini-o’zi boshqarishga ta`sir o’tkazishi oqibat natijada hamkorlik faoliyati mahsuli sifati masalasiga bog’liqligi ta`kidlab o’tiladi
Qo’l ostidagi odamlarga muayyan ko’rsatmalar berish metodlarini o’rganadi. Jamoada qatnashchilar o’zaro munosabatida, shuningdeq rahbar-xodim aloqasida ruhiy muhitni vujudga keltiruvchi omillarniig psixologik tabiati hamda tavsifi qat`iy ravishda ta`kidlanadi. Rahbarning talabchanligi va mehnat intizomi, byurokratizm bilan kurashish, boshqaruv jarayonida ommaning ishtiroki, ishlab chiqarishda tanqid va o’zini-o’zi tanqidning umumiy faoliyati uchun ahamiyati xaspo’shlanadi.
K.A.Abulxanova-Slavskaya o’z asarida faoliyatning regulyatsiya qilishning shaxslilikka daxldor mexanizmlari to’g’risidagi masalalarni tahlil qilib, shaxsning barqaror shakllangan ijtimoiy malakalari, «qadriyatlari, xayot pozitsiyasi va strategiyasini boshqarish uquvini keltirib chiqaruvchi asosiy omil ekanligini dalillaydi. SHaxslilik mexanizmlari ko’nikmalarini ayrim olingan kishilarda tarkib toptirish kafolati bo’lishi nazariy jihatdan isbotlab beriladi. Bu asnoda muayyan tavsiyalar ilova qilinadi.
M.Markov o’zining ijtimoiy boshqaruvning nazariyalariga bag’ishlangan asarida majmuaviy muammolarni ketma-ket hal qilishning yo’l-yo’riqlarini tadqiqot qiladi. Muallif boshqaruvning ijtimoiy psixologik asoslari, omillari tavsiflari namoyon bo’lish xususiyatlari bosqichlari yuzasidan ilmiy mushohadalar yuritadi va bunda jahon psixologiyasi fanining yutuqlariga asoslanadi. Boshqaruvning tarixiy jabhalari shakllari, rivojlanish, o’zgarish tufayli yangi sifat bosqichiga o’sib o’tish muammolari tahlil etiladi. Hamkorlik faoliyatining tuzilishi, shakllanishning ob`ektiv va sub`ektiv shart-sharoitlari yoritib beriladi. Qaror qabul qilishning ierarxiyasi va jarayonida norasmiy omillari, demokrativ ish uslubining ustuvor roli izohlanadi.
A.L.Sventskiy boshqaruvning ijtimoiy psixologiyasini keng ko’lamda tadqiq qiladi. Muallif boshqaruvning turlari va ularning rahbarlik tipologiyasi, rahbarning ish uslubi bilan bevosita aloqasi singari masalalarni eksperimental tarzda o’rganadi. Olingan empirik ma`lumotlardan kelib chiqqan holda ularning samaradorligi darajasi, ko’rsatkichi o’zaro korrelyatsion aloqalari barqarorlik koeffitsientlariga uzviy bog’liqligi ta`kidlab o’tiladi. Qaror qabul kilishning boshqaruvdagi roli uning hilma-hil ko’rinishlari, semantik jihatdan uyg’unligi bayon qilinadi.
B.D.Parigin ijtimoiy psixologik muammoning asoslari yuzasidan mulohaza yuritganida quyidagi jabhalarga e`tibor qiladi:
1) rahbar va jamoa o’rtasidagi mutanosiblik muvaffaqiyat garovi ekanligi;
2) jamoadagi va rahbar bilan xodimlar o’rtasidagi nizolarning kelib chiqishiga asosiy
sabab bo’lgan faktorlarnint ob`ektiv va sub`ektiv negizi
3) qaror qabul qilishning o’ziga xos xususiyatlari va ta`sir etuvchi ish uslublariga
munosabat, murojaat vositalarining roli.
4) rahbarning shaxsga oid xususiyati ijtimoiy ustanovka, ijtimoiy o’zaro ta`sir kabilarning majmuaviy mujassamlashishi va boshqalar.
B.D.Pariginning asari rahbar kadrlar tayyorlashning nazariy asoslari to’g’risidagi boy ma`lumotlari bilan ushbu mavzuni tadqiqot etishiga makammal negizlar hozirlaydi, ilmiy platforma vazifasini bajaradi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish