Menejment nazariyasi



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

12.3.  Korxona  bozori
Korxona 
-  bu  yirik  xom  ashyo,  butlovchi  qismlar,  usku- 
nalar,  yordamchi  uchkuna,  ta’minot  predmetlari  va  xizmatlar  bo- 
zoridir.  Bir  necha  o'n  minglab  xizmat  ko'rsatish,  qishloq  xo'jaligi, 
chakana  savdo,  ishlab  chiqarish  va  davlat  tashkilotlariga  qarashli 
korxonalar  tovar  va  xizmatlar  sotib  olish  bilan  shug'ullanadilar.
Korxona ehtiyojlari  uchun xarid  qilish  bu aniq tovarlarga  bo'lgan 
ehtiyojni  aniqlash,  aniq  markadagi  tovarlarga  baho  berish  va  tan­
lash  hamda  bozorda  mavjud  ta’minotchilar  orasidan  birortasini  tan­
lash  asosida  qaror  qabul  qilish  jarayonidir.
Korxona  bozorlarining  uch  turi  mavjud:  sanoat  uchun  zarrur 
tovarlar  bozori,  oraliq  tovarlar  bozori  va  davlat  muassasalari  bozori.
Sanoat  uchun  mo Ijallangan  tovarlar bozori  -
  boshqa  tovar 
ishlab  chiqarish  va xizmat  ko'rsatish  sohasida  menejment va  boshqa 
iste’molchilarga  sotilgan  tovar  va  xizmatlar  sotib  oluvchi  shaxslar


va  tashkilotlar  yig'indisidir.  Tovarlar  nomenklaturasi  va  pul  oboroti 
hajmi  jihatidan  sanoat  uchun  mo'ljallangan  tovarlar  bozori  keng 
iste’mol  tovarlari  bozoridan  ustun  bo'ladi.
Avtomobil  ishlab  chiqarish  va  sotish  uchun  metall,  oyna, 
rezina  sotuvchilar  o'z  mahsulotlarini  mashinasozlarga  sotish- 
lari  lozim,  mashinasozlar  esa  tayyor  mahsulotni  iste’molchilarga 
sotadilar.
Sanoatga  mo'ljallangan  tovarlar  bozori  keng  iste’mol  mollari 
bozoridan  farq  qiluvchi  o'ziga  xos  xususiyatlarga  ega:
-  sanoat  uchun  mo'ljallangan  tovarlar  sotuvchisi  nisbatan  ancha 
kam  xaridorga  ega  bo'ladi.
-  xatto  ishlab  chiqaruvchilar  ko'p  bo'lgan  tarmoqlarda  ham 
xaridning  katta  qismi  bir  nechta  yirik  iste’molchi  xissasiga  to'g'ri 
keladi;
-  xaridorlar  hududiy  jihatdan  va  neft  sanoati,  rezina,  po'lat 
quyish  sanoati  kabi  tarmoqlar  bo'yicha  to'plangan.
Sanoat  uchun  mo'ljallangan  tovarlarga  bo'lgan  talab  keng 
iste’mol  mollariga  bo'lgan  talab  bilan  o'lchanadi.  Masalan,  hayvon- 
lar  terisi  poyafzal  ishlab  chiqarish  uchun  sotib  olinadi.
Sanoat  uchun  mo'ljallangan  tovarlarga  talab  keng  iste’mol  to­
varlari  va  xizmatlar  uchun  talabga  nisbatan  tezroq  o'zgaradi.  Bu, 
ayniqsa,  yangi ishlab chiqarish uskunalarida yaxshi namoyon bo'ladi. 
Ba’zan  iste’mol  tovarlariga  bo'lgan  talabning  1%  ortishi  sanoat 
uchun  mo'ljallangan  tovarlarga  talabning  2%   ortishiga  olib  keladi.
Sanoat  uchun  mo'ljallangan  tovarlar  kam  xarajat  qilib  xarid 
qilishni  doimo  o'rganuvchi  malakali  agentlar  tomonidan  xarid  qilina- 
di.  Keng iste’molchi  xarid  qilish sohasida uncha  malakaga  ega  emas. 
Sanoat  uchun  qilinadigan  xarid  qanchalik  murakkab  bo'lsa,  u  haqida 
qaror  qabul  qilish  jarayonida  shuncha  ko'p  kishi  ishtirok  etadi. 
Eng  muhim  tovarlami  sotib  olishda,  odatda,  maxsus  xarid  komissiya- 
lari  shug'ullanib,  ular  tarkibiga  texnikaviy  ekspertlar  va  rahbariyat 
vakillari  kiradi.
Sanoat  uchun  mo'ljallangan  tovar  sotib  olish  jarayonida  xari- 
dor  bir  qancha  qaror  qabul  qilishi  kerak  bo'ladi.  Qarorlar  miqdori 
xarid  qilinayotgan  vaziyatga  bog'liq  bo'ladi.  Xarid  qilinish  jarayoni­
da  uch  xil  vaziyat  vujudga  kelishi  mumkin:


O’zgarishlarsiz  qayta  harid  qilish 
-
  bu  xaridor  biror  narsa- 
ga  o'zgarishsiz  buyurtma  beradigan  vaziyatdir.
O’zgarishli  qayta  xarid  qilish
 
-  bu  vaziyatda  xaridor  qayta 
buyurtma  berish  davrida  tovar  texnikaviy  xususiyatlar,  narx,  sav- 
doning  boshqa  shartlariga  o'zgartirish  kiritgan  yoki  qisman 
ta’minotchilarni  o'zgartirgan  holda  yuz  beruvchi  vaziyatdir.  Avval- 
gi  ta’minotchi  mijozni  saqlab  qolishga,  yangilari  esa  yangi  mijoz 
orttirishga  harakat  qiladilar.
Birinchi  marta  tovar yoki  xizmatlar  sotib  oluvchi  firmaning 
yangi  masalalarni  hal  etish  uchun  xarid  qilishi.
 
Masalan,  firma 
birinchi  kompyuter  tizimini  o'rnatmoqchi  bo'lsin.  Eng  kam  qaror 
o'zgarishsiz  qayta  xarid  qiluvchi  xaridor  xissasiga,  eng  ko'p 
qaror  -  yangi  masalalarni  hal  etish  uchun  xarid  qiluvchi  xissasi­
ga  to ‘g ‘ri  keladi.  B irin c h i  m arta  xarid  qilishda  to v a rn in g  
texnikaviy  xususiyatlarini,  narxlar  chegarasi,  ta’minot  vaqti  va 
sharti,  texnik  xizmat  ko'rsatish  shartlari,  to'lov  shartlari,  buyurt­
ma  hajmini  aniq,  maqbul  ta ’minotchilarni  tanlash  masalalarini 
hal  etish  kerak.
Oraliq  tovarlar  bozori  boshqa  iste’molchilarga  qayta  sotish 
yoki  ijaraga  berish  yo‘li  bilan  foyda  ko'rish  maqsadida  yoki  o‘z 
xususiy  korxonasi  beto'xtov  ishlashi  uchun  zarur  tovar  va  xizmat­
lar  sotib  olinadigan  bozordir.  Oraliq  tovarlar  bozori  sotuvchilari 
qayta  sotish  uchun  mo'ljallangan  juda  katta  hajmda  turli-tuman 
tovarlar  bilan  ish  ko'radilar.  Bundan  tashqari,  oraliq  tovar  sotuv- 
chisi  qaysi  sotuvchidan,  qanday  narxda  va  shartlar  bo'yicha  sotib 
olish  va  kimga,  qanday  narxda  qachon  sotish  masalasini  hal  etish 
kerak.
Oraliq tovarlar bozoriga tovar birjalari,  ulgurji savdo va  chakana 
savdo  firmalari  kiradi.
Davlat  muassalari  bozori  o'z  vazifalarini  bajarishi  uchun  to­
varlar  sotib  oluvchi  yoki  ijaraga  oluvchi  respublika  hukumati  muas- 
sasalari,  avtonom  respublika  va  mahalliy  hokimiyat  tashkilotlari 
kiradi.  Hukumat  mamlakat  miqyosida  eng  yirik  xaridordir.  Davlat 
muassasalari  nomidan  respublika  oldida  turgan  vazifalarni  hal  etish 
uchun  zarur  turli-tuman  tovarlar  (samolyot,  teplovoz,  mebel,  avto- 
mobil  va  h.k.)  sotib  olinadi.


Xulosa
Marketing  -  inson  ehtiyoji  va  talablarini  ta’minlash  va  foyda 
olish  bilan  amalga  oshadigan,  tovarlar  sotilishini  ta’minlash,  ayir- 
boshlashni  tezlashtirishga  qaratilgan  faoliyat.
Marketing  ishi  maxsus  marketing  dasturlari  orqali  amalga  oshiri- 
ladi,  ularda  xaridorlarni  va  raqobatchilarni  o'rganish  asosida  to­
varlar  sifatini  yaxshilash,  tovar  narxini  o'zlashtirish,  reklama 
o'tkazish,  tovarlami  o'z  vaqtida  yetkazib  berish,  xaridorlarga  ma’qul 
tushadigan  xizmat  ko'rsatish  kabi  chora-tadbirlar  kiradi.
Marketing  faqat  bozordagi  talab-ehtiyojni  qondirish  vositasigi- 
na  bo'lmay,  balki  ishlab  chiqarish  samaradorligining  ham  yuqori 
bo'lishiga  qaratiladi.  Shu  sababli  marketing  bozor  iqtisodiyotini 
boshqarib  turishda  katta  ahamiyatga  ega.
Tovar-pul  munosabatlari  shunday  bebaho  xususiyatga  egaki,  u 
jamiyatning  o'zini  boshqarish  mexanizmi  bilan  qurollantiradi.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish