Menejment nazariyasi


  Menejment  nazariyasi  asoschilari



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

2.6.  Menejment  nazariyasi  asoschilari
2.1.  Qadim gi  amaliyot  —  yangi  fan
Bu  bob  menejment  tafakkuri  evolyutsiyasining  ta’rifini  o‘z  ichi- 
ga  olgan:  menejment  tizimlangan  ilm-fan  va  kasb-hunar  sifatida  shakl- 
lanishidan  awal  u  qanday  rivojlanganligini  ko'rsatadigan.  Oldimiz- 
da  turgan  eng  muhim  masalalardan  biri  -  bu  menejmentni  samarali 
qilish  uchun  hech  qanday  universal  usullar  yoki  qat’iy  tamoyillar 
yo'qligini  bilishdan  iborat.  Ammo,  shunday  yondashuvlar  mavjud- 
ki,  ular  rahbarlarga  tashkilot  maqsadlarini  samarali  ravishda  amalga 
oshirish  ehtimolini  orttirishga  yordam  beryapti.  Keyinchalik  bayon 
qilingan  yondashuvlarning  har  biri  bizning  boshqaruv  va  tashkilotni 
tushunib  yetishimizga  sezilarli  darajada  hissa  qo'shgan.  Shunday 
qilib,  bu  bobni  keyinchalik  qator  masalalarni  ancha  jiddiy  va  batafsil 
ravishda  ko'rib  chiqishning  kirish  qismi,  shuningdek,  boshqaruvga 
bo'lgan  qarashlarning  qisqacha  tushunchasi  deb  hisoblash  mumkin.
Agar  tashkilot  muvaffaqiyatga  erishmoqchi  bo'lsa,  menejment 
funksiyalari  bajarilishi  shart.  Menejment  amaliyoti  tashkilotlarga 
o‘xshash  eski,  bu  uning  haqiqatan  ham  qadimiyligini  anglatadi. 
Sanasi  eramizdan  avvalgi  uch  minginchi  yillarni  ko'rsatuvchi  loy- 
dan  qilingan  taxtachalarda  qadimgi  Shumerning  savdo-sotiqqa  oid 
bitimlari  va  qonunlari  to‘g‘risida  ma'lumotlar  yozilgan,  bu  u  yerda 
m enejm ent  am aliyoti  mavjud  b o 'lg a n lig in in g   aniq  isbotidir. 
Arxeologik  qazilmalarga  qarab  bundan  ham  qadimiyroq  tashkilot- 
lar  mavjud  bo'lganligini,  hatto  qadimda  insonlar  tashkillangan  gu- 
ruhlar  bo'lib  yashaganligini  bilsa  bo'ladi.


Ammo,  qadimda  menejmenti  mavjud  bo'lgan  tashkilotlar  maz- 
kur  kitobda  yoritilganlardan  katta  farq  qiladi.  Menejment  faoliyat- 
ning  mustaqil  sohasi  sifatida  faqatgina  yigirmanchi  asrda  tan  olin- 
gan.  Keyinroq,  biz  qisman  bo'lsa-da,  buning  sabablarini  yoritishga 
harakat  qilamiz.  Hozir  esa,  tashkilotlarning  rivojlanishi  va  ularni 
boshqarish  tarixi  haqida,  ular  qadimda  qanday  bo‘lganliklarini 
ko'rsatish  uchun  qisqacha  to'xtalib  o'tamiz.
Qadimda  yirik  tashkilotlarning  vujudga  kelishi  ular  menejment 
darajalarini  ajrata  olish  m um kin  bo‘lgan  rasmiy  tuzilm aga  ega 
bo'lganliklarini  aniq  ko'rsatadi.  Bobil  osma  bog'lari,  M achu  Pik- 
chu  ink  shahri  va  Misr  piramidalari  faqat  muvofiqlashtirilgan,  tash- 
killangan  boshqarish  natijasida  paydo  bo'lgan.
Iso  tug'ilishidan  ancha  oldin  yirik  siyosiy  tashkilotlar  ham 
mavjud  bo'lgan.  Buyuk  Iskandar  davrida  ular  Makedoniya,  Fors, 
keyinroq  Rimdan  Osiyo  va  Yevropagacha  yoyilgan.  Bu  tashkilot­
lar  rahbarlari  -  qirollar  va  generallar  edi.  Albatta,  mavjud  bo'lgan 
tashkilotlar  faoliyatini  ta ’minlashga  yordam  bergan  leytenantlar, 
g'alla omborlari  asrovchilari,  podachilar va ish  nazoratchilari,  hudud- 
lar  gubernatorlari  va  g'aznachilar  ham  bo'lgan.
Yillar  o'tdi,  ba’zi  bir  tashkilotlarni  boshqarish  ancha  aniqlasha 
boshladi  va  murakkablashdi,  tashkilotlarning  o'zi  esa,  borgan  sari 
kuchli  va  borgan  sari  barqaror  bo'la  boshladi.  Bunga  yuzlab  yillar 
mavjud  bo'lgan  Rim  imperiyasi  yaxshi  misol  bo'ladi.  General  va 
ofitserlardan  iborat  aniq  boshqaruv  tuzilmasiga,  armiyalarining  di- 
viziyalarga  bo'linishiga,  rejalashtirishga  va  intizomga  ega  bo'lgan 
Rim  legionlari,  yomon  tashkillangan  Yevropa  mamlakatlari,  0 ‘rta 
Sharq  davlatlari  ustidan  g'alabali  yurish  bilan  o'tdi.  Bosib  olingan 
hududlar  Rimga  bo'ysingan  generallar  boshqaruviga  berilgan,  Rim 
bilan  aloqani  tezlashtirish  uchun  yo'llar  qurilgan.  Aloqa  (biz  buni 
keyinroq  batafsil  ko'rib  chiqamiz)  bu  tashkilot  muvaffaqiyatining 
eng  muhim  tarkibiy  qismidir.  Hozir  ham  ayrim  joylarda  ishlatila- 
yotgan  mashhur  yo'llar  imperator  foydasiga  soliq  va  to'lovlar 
yig'ishga  yordam  bergan.  Undan  ham  muhimi,  agar  mahalliy  aholi 
yoki  mahalliy  m a’muriyat  rim  boshqaruviga  qarshi  bosh  ko'tarsa, 
yaxshi  yo'llar  mamlakat  ichida  joylashgan  legionlarga  chetda  joy- 
lashgan  provinsiyalar  bilan  tezda  bog'lanishga  imkon  bergan.


Zamonaviy  menejment  ko'rinishlarining  deyarli  hamma  turlari, 
shakllarini  ular  bilan  shug'ullangan  qadimgi  yirik  tashkilotlarda 
ko'rishimiz  mumkin,  ammo,  umuman  olganda,  u  vaqtdagi  menej­
mentning  xarakteri  va  tuzilmasi  bugungidan  farqlanadi.  Masalan, 
rahbarlar  va  norahbarlar  orasidagi  mutanosiblik,  o‘rta  bo‘g‘indagi 
rahbarlar  kamroq  bo'lgan.  Oldingi  tashkilotlar  muhim  qarorlaming 
deyarli  barchasini  o'zlari  qabul  qiladigan  yuqori  bo‘g ‘indagi  rah- 
barlarning  kam  sonli  guruhlariga  ega  bo'lishiga  intilganlar.  Rah- 
barlik,  ko'pincha,  bir  odam  tomonidan  amalga  oshirilar  edi,  bu  bir 
aktyor  teatriga  o'xshar  edi.  Agar  menejmentning  yuqori  darajasi- 
dagi  shaxs  (bu,  deyarli  hamma  vaqtda,  erkak  kishi  bo'lgan)  Yuliy 
Sezar  yoki  Adrian  kabi  yaxshi  lider  va  hukmdor  bo'lsa,  unda  ham­
ma  narsa  birmuncha  silliq  o‘tar  edi.  Hokimiyatga  Neronga  o‘xshash 
noshud  rahbar  kelganda,  hayot  zim-ziyoga  aylanishi  mumkin  edi.
Eski va  zamonaviy tashkilotlarni taqqoslash
Eski tashkilot
Zamonaviy tashkilot
Yirik  tashkilotlarning  kam  soni, 
gigant tashkilotlarning yo‘qligi
Favqulodda  tijorat  va  notijorat 
qudratli tashkilotlarning ko'p sonliligi
R a h b a rla rn in g   n is b a ta n   k o ‘ p 
bo'lmagan  soni,  o'rta  bo'g'in  rah- 
barlarining amalda yo'qligi
Rahbarlarning,  o'rta  bo'g'in  rah- 
barlarining ko'p sonliligi
B oshqaruv  ishi  no m enejm ent 
faoliyatidan ko'pincha ajralmagan va 
bo'linmagan
Menejment  guruhlari  aniq  tavsif- 
langan. Menejment ishi nomenejment 
ishidan  aniq  idrok  qilinadi  va  ajra- 
tiladi
Tashkilotda rahbar lavozimini egal- 
lash ko'pincha tug'ilish huquqi bo'yicha 
yoki  kuch  ishlatish  yo'li  bilan  amal­
ga oshirilgan
Tashkilot  uchun  muhim  qarorlarni 
qabul  qilish  qobiliyatiga ega  bo'lgan 
ko'p  sonli  kishilar
Buyruq  va  intuitsiyaga  e’tibor 
berish
Jamoa ishiga va oqilonalikka e’tibor 
berish
Tarixda  bizning  vaqtimizda  boshqarilayotgan  tashkilotlar  kabi 
boshqarilgan  tashkilotlar  mavjud  bo'lgan.  Bunga  Rim  katolik  cherkovi 
yorqin  misol  bo‘ladi.  Oddiy  tuzilma:  Papa,  kardinal,  arxiyepiskop, 
yepiskop  va  prixodskoy  svyashennik.  Bu  xristianlik  asoschilari


tomonidan  belgilab  berilgan  tuzilma  hozirgi  paytda  ham  muvaffa- 
qiyatli  ravishda  ishlab  turibdi  va  bugun  paydo  bo'lgan  ko‘p  tashki- 
lotlar  tuzilmasiga  qaraganda  ancha  «zamonaviydir».  Balki  bu  - 
ayrim  amaliy  tashkilotlar  ham,  butun  xalqlar  ham  paydo  bo'lib 
yo‘q  bo'layotgan  bir  paytda  Rim  katolik  cherkovining  ko‘p  asrlar 
davomida  gullaganining  muhim  sababi  bo'lsa  kerak.  Zamonaviy 
harbiy  tashkilotlar  ham  ko'p  tomonlama  qadimgi  Rim  tashkilotlari- 
ga  juda  o'xshaydi.  Ammo,  qadimdagi  boshqaruv  va  tashkilotlar 
zamonaviylaridan  sezilarli  darajada  farq  qiladi.
Garchi  tashkilotlar,  dunyo  qancha  mavjud  bo'lsa,  deyarli  shun- 
cha  mavjud  bo‘lsa-da,  xali  hech  kim  X X   asrgacha  tashkilotlarni 
qanday  qilib  tartibli  ravishda  boshqarish  ustida  o'ylab  ko'rmaganga 
o'xshaydi.  Insonlarni  tashkilotlarni  boshqarish  emas,  balki  ulardan 
foydalanib,  ko'proq  mablag'  orttirish,  kuchli  siyosiy  hukmronlikka 
ega  bo'Iish  qiziqtirgan.  Hatto  tashkilotni  samarali  boshqarishdan 
kelib  chiqadigan  pragmatik  ko'rinishdagi  manfaat  ham  menejment 
usullariga  va  vositalariga  astoydil  qiziqish  uyg'ota  olmagan.
X X   asr  boshlarida  Robert  Ouen  ko'p  vaqtini  boshqa  insonlar 
yordamida tashkilot  maqsadlariga erishish  muammolariga bag'ishladi. 
U  ishchilarga  durust  uy-joy  berdi,  ishchilarni  ochiq-oydin  va  adolatli 
baholash  tizimini  ishlab  chiqdi  va  yaxshi  ishi  uchun  qo'shimcha 
ish haqi bilan moddiy rag'batlantirishni rivojlantirdi.  0 ‘z vaqti  uchun 
nihoyatda  zo'r  bo'lgan  ushbu  novatorlik  islohotlari  rahbarlik  roli 
va  voqelikning  inson  idrokiga  noyob  ravishda  shiddat  bilan  kirib 
kelishi  bo'ldi.  Insonlar  «bu  ajoyib  ijtimoiy  tajriba»ni  o'z  ko'zlari 
bilan  ko'rish  uchun  uning  Shotlandiyaning  Nyu  Lanark  shahridagi 
fabrikasiga  kelishar  edi.  Ammo,  fabrika  g'oyat  katta  daromad  kelti- 
rishiga  qaramay,  boshqa  ishbilarmonlar  Ouenning  islohotlarida  aqli 
rasolik ko'rishmagan.  Bilishimizcha,  ularning hech  biri  undan o'rnak 
olmagan.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish