Boshqarishga tiziralashtirilgan qarash
M enejmentga birinchi qiziqish 1911-yilda kuzatilgan. Xuddi
o'sha paytda Frederik U. Teylor, an'anaviy ravishda, menejmentni
ilm va tadqiqotning mustaqil sohasi deb tan olinishning boshlanishi
deb hisoblangan «Ilmiy boshqaruvning tamoyillari» degan kitobini
nashr etdi. Albatta, tashkilot maqsadlariga unumli ravishda erishish
uchun uni tizimlashtirilgan holda boshqarish tushunchasi darhol
paydo bo'lmagan. Bu konsepsiya uzoq muddat mobaynida, X IX asr-
ning o'rtalaridan boshlab asrimizning 20-yillarigacha rivojlanib kel-
gan. Menejmentga dastlabki qiziqishning asosiy kuchi Angliyada
boshlangan sanoat inqilobi bo'lgan. Ammo, menejmentning o ‘zi
tashkilotning rivojlanishiga va muvaffaqiyatiga jiddiy hissa qo'shadi
degan g'oya ilk bor Amerikada paydo bo'ldi.
Bir necha omillar zamonaviy m enejm entning vatani nega
aynan Amerika bo'lganini tushunishga yordam beradi. Qo'shma
Shtatlar X X asr boshlarida inson o'zining kelib chiqishi, millati
bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklarni o'zining omilkorligini namoyon
qilib yengib chiqishini yaqqol namoyon etgan yagona mamlakat
edi. O 'z taqdirini yaxshilashga intilgan millionlab yevropaliklar
X IX asrda Amerikaga ko'chib kelishdi, bu esa mehnatsevar in-
sonlardan iborat bo'lgan g'oyat katta ish kuchi bozorini tashkil
etdi. Qo'shma Shtatlar paydo bo'lganidan boshlab ta’lim olishni
xohlagan barcha insonlar uchun ta ’lim g'oyasini jiddiy ravishda
qo'llab kelgan. Ta’lim biznesda har xil rollarni, shu jum ladan,
menejmentni intellektuallik bilan bajarishga qobiliyatli insonlar
sonining o'sishiga yordam berdi. Qurilishi X IX asr oxirida tugal-
langan transkontinental temir yo'llar Amerikani dunyodagi eng
yirik yagona bozorga aylantirdi. Q iziq, o'sha paytda biznesda
davlat menejmenti deyarli mavjud emas edi. Aralashmaslik o ‘z
biznesi rivojining boshlarida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor-
larga monopolistlarga aylanishga imkon berar edi. Bu va boshqa
omillar yirik tarmoqlar, yirik korxonalaming tashkil topishini tezlash-
tirdi. Bularning hammasi menejmentning rasmiyatchilik usullari-
ni talab qilardi.
Menejmentning fan, ilmiy tadqiqot sohasi sifatida paydo bo'lishi
va shakllanishi, qisman katta biznes ehtiyojlariga javob, qisman
sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foy-
dalanishga urinish, qisman ishni bajarishning eng samarali usul-
larini topish ishtiyoqida bo'lgan bir nechtagina qiziquvchan inson-
larning yutug'i edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |